YOSHLAR TARBIYASI - USTUVOR VAZIFA
Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Yoshlar tarbiyasi - ustuvor vazifa” mavzusida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor J.Shonazarov, Rektor maslahatchisi M.To‘rayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Berdiyev, fakultet dekanlari va o‘rinbosarlari, tyutorlar, Xotin-qizlar maslahat kengashi, institut psixologi, institut profilaktika inspektorlari, pedagog-tarbiyachilar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida 2024-2025-o‘quv yili uchun kompleks chora-tadbirlar dasturi, talabalarni turli madaniy-ma’rifiy loyihalar, sport tadbirlariga keng jalb qilish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi, xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan o'tkazilayotgan tadbirlar, Yoshlar Kengashi faoliyati samaradorligini oshirish hamda talabalar turar joylarida amalga oshirilayotgan ishlar holati kabi qator masalalar muhokama qilindi.