Ilmiy faoliyat
Shahrisabz davlat pedagogika institutiga 2025-yil uchun davlat budjeti mablag‘laridan tayanch doktorantura va doktaranturaga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida
MA’LUMOT
Shahrisabz davlat pedagogika institutida bugunga qadar bir qator tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati yo‘lga qo‘yilgan jumladan:
07.00.01- O‘zbekiston tarixi
09.00.04- Ijtimoiy falsafa
10.00.01- O‘zbek tili
10.00.02- O‘zbek adabiyoti
13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(sohalari bo‘yicha) ta’lim sohalari mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 319-son buyrug’iga ko’ra Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2025-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga o’qishga quyidagicha kvotalar ajratilgan.
Ixtisoslik shifri va nomi |
Doktorantura (DSc) |
Tayanch doktorantura (PhD) |
1 |
3 |
|
07.00.01- O‘zbekiston tarixi |
|
3 |
10.00.01- O‘zbek tili |
|
3 |
10.00.02- O‘zbek adabiyoti |
|
3 |
13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(sohalari bo‘yicha) |
|
4 |
Yuqorida ko’rsatilgan kvotaga muvofiq o’qishga qabul qilish uchun hujjatlar 15-sentabrdan
15-oktabrgacha bo‘lgan davrda http://daraja.ilmiy.uz Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- Pasport nusxasi;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diploma, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
- Xorijiy tillarni bilish bo’yicha til sertifikati:
o 09.00.04- Ijtimoiy falsafa ixtisosligi uchun B2 daraja;
o 07.00.01- O‘zbekiston tarixi ixtisosligi uchun B1 daraja;
o 10.00.01- O‘zbek tili ixtisosligi uchun B1 daraja;
o 10.00.02- O‘zbek adabiyoti ixtisosligi uchun B1 daraja;
o 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(sohalari bo‘yicha) ixtisosligi uchun B1 daraja talab qilinadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Izoh: Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
- Xorijiy tillarni bilish bo’yicha til sertifikati):
o 09.00.04- Ijtimoiy falsafa ixtisosligi uchun B2 daraja;
- Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi).
Izoh: Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar uchun mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari, doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1 — 25-noyabr davrida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi 29-maydagi 3515-sonli Qarori.
Magistratura va Oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar Ro‘yxati
T/r |
Sertifikatlar nomi |
Muvofiqlik darajalari |
Sertifikatni tekshirish havoalsi |
|||
Common European Framework of Reference (CEFR) shkalasi bo‘yicha |
||||||
B1 |
B2 |
C1 |
C2 |
|||
Magistratura mutaxassisligi va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun |
||||||
INGLIZ TILI |
||||||
54. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
||
55. |
Test of English as a Foreign Language — TOEFL iBT |
42 — 71 |
72 — 94 |
95 — 113 |
114 — 120 |
|
56. |
Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) |
433 Listening 46 Written 43 Reading 41 Speaking 48 |
543 Listening 55 Written 53 Reading 55 Speaking 58 |
620 Listening 62 Written 64 Reading 60 Speaking 64 |
||
57. |
Cambridge Assessment English (FCE, CAE, CPE) |
PET 140 — 159 |
FCE 160 — 179 |
CAE 180 — 199 |
CPE 200 — 220 |
https://verificationservice.cambridgeenglish.org/results -verification-service/ |
58. |
International English Language Testing System — IELTS (Academic) |
4.0-5.0 |
5.5-6.5 |
7.0-8.0 |
8.5-9.0 |
|
59. |
International Test of English Proficiency iTEP Academic — Plus |
B1 |
B2 |
C1 |
C2 |
|
FRANSUZ TILI |
|
|||||
60. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
V1 |
B2 |
C1 |
||
61. |
Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF) |
V1 |
B2 |
Alliance française de Tachkent ga rasmiy soʻrov yuborish orqali tekshiriladi |
||
62. |
Diplôme Approfondi de Langue Française (DALF) |
S1 |
C2 |
Alliance française de Tachkent ga rasmiy soʻrov yuborish orqali tekshiriladi |
||
NEMIS TILI |
|
|||||
63. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
V1 |
B2 |
C1 |
||
64. |
Goethe-Zertifikat |
V1 |
B2 |
C1 |
C2 |
https://www.goethe.de/verify/index.html?saplanguage=DE&sap-ui-language=EN |
65. |
Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) |
TDN 3 (B2.1), TDN 4 (B2.2 — C1.1) |
TDN 5 (C1.2) |
https://www.gast.de/portal/certificate/verification-testdafform |
||
ISPAN TILI |
|
|||||
66. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
||
67. |
Diplomas de Español como Lengua Extranjera (DELE) |
DELE B1 |
DELE B2 |
DELE C1 |
DELE C2 |
|
68. |
Servicio Internacional de Evaluación de la Lengua Española (SIELE) |
B1 |
B2 |
C1 |
C2 |
|
ITAL’YaN TILI |
|
|||||
69. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
||
ARAB TILI |
|
|||||
70. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
||
71. |
AT Tanal Al Arabi |
B1 |
B2 |
C1 |
C2 |
QR код орқали текширилади |
XITOY TILI |
|
|||||
72. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
||
73. |
Nanyu Shuiping Kaoshi (NSK) |
NSK 3 |
NSK 4 |
NSK 5 |
NSK 6 |
|
YaPON TILI |
|
|||||
74. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
||
KOREYS TILI |
|
|||||
75. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
||
76. |
Test of Proficiency in Korean (TOPIK II) |
Level 3 120 — 149 |
Level 4 150 — 189 |
Level 5 190 — 229 |
Level 6 230 — 300 |
|
TURK TILI |
|
|||||
77. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
||
78. |
Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS) |
B2 |
C1 |
|||
PUShTU, DARIY, URDU, HINDIY, UYG‘�R, FORS TILLARI |
|
|||||
79. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat |
B1 |
B2 |
C1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
Izoh:Ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro‘yxatidan o‘tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Nome Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlar, shuningdek ETS EMELA tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra boshqa davlatlarda olingan TOEFL iTP sertifikatlari qabul qilinmaydi.
To‘liq ma’lumot bilan - O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qarori, 29.05.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan 3515-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/-6943986
Yangiliklar
Foydali sahifalar