Institut kengashi
Kengash kotibiTelefon raqam: +998979046020 E-mail: info@shdpi.uz Qabul kunlari: Dushanba-shanba 09:00 - 17:00 |
INSTITUT KENGASHI
Institut kengashi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3 dekabrdagi 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 181-son qarori 2-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28-fevraldagi 181-son qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 214-son va 2019-yil 1-apreldagi “Vazirlikning ayrim buyruqlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 296-son buyruqlariga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq tayyorlangan nizom asosida tashkil etiladi.
Kengash tarkibiga Institut rektori, prorektorlar, kengash kotibi, fakultetlar dekanlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlari, Institutning ayrim bo‘lim boshliqlari, jamoat tashkiloti rahbarlari, Institut yuriskonsulti o‘z xizmat lavozimlari bo‘yicha kiritiladi. Institut kengashining vakolat muddati 5 yil. Kengashning maqsadi Institut jamoasining intellektual salohiyati, ilmiy, pedagogik va boshqa imkoniyatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini rivojlantirish haqidagi Qarorlari, farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat. Kengash majlislari reja asosida o‘tkaziladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar kengash raisi va kengash kotibi tomonidan imzolanadi. Kengash qarorlari Institut rektori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.
Yangiliklar
Foydali sahifalar