Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Manfaatlar to'qnashuvini tartibga solish.

       



O‘zbekiston Respublikasi    Korrupsiyaga qarshi

kurashish agentligi

O‘zbekiston

Respublikasi

Huquqni muhofaza

qilish akademiyasi   

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

 

Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga oid muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar) hamda ularni bartaraf etish choralar bo‘yicha

USLUBIY TAVSIYALAR

 

 

TASHKENT–2024-yil 

Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga oid muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar) hamda ularni bartaraf etish choralar bo‘yicha

 

USLUBIY TAVSIYALAR

 

1.   Ushbu Qonunning 1-moddasida Qonun tadbiq etiladigan subyektlar doirasi belgilangan. Bunda, 1-moddaning 2-qismida, shuningdek 3-qism ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan qoidalar qaysi subyektlarga nisbatan qo‘llaniladi?

davlat organlari – davlat hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan tashkiliy jihatdan alohida tuzilma bo‘lib, tashkiliy huquqiy shakli ta’sis hujjatlarida yoki qonunchilik hujjatlarida davlat organi sifatida belgilangan yuridik shaxslar;

Misol uchun:

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi (Konstitutsiyaning 91-moddasi);

Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi (“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi);

mahalliy davlat hokimiyati organlari  Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir (Konstitutsiyaning
120-moddasi)
. Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi (Konstitutsiyaning 121-moddasi);

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradigan vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi (Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 sentabrdagi 558-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi to‘g‘risidagi nizom)

davlat muassasalari – qonunchilikka muvofiq, boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tashkil etilgan hamda to‘liq yoxud qisman u tomonidan moliyalashtiriladigan yuridik shaxslar;

Misol uchun:

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 11 iyuldagi 415-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti davlat muassasasi hisoblanadi;

Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2023 yil 29 dekabrdagi 699-sonli qaroriga muvofiq Zomin ilmiy-tajriba stansiyasi yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi hisoblanadi.

davlat unitar korxonalari – davlat mulki negizida tashkil etilgan va operativ boshqaruv huquqiga asoslangan tijorat tashkilotlari;

davlat maqsadli jamg‘armalari – mablag‘lari soliqlar, majburiy to‘lovlar va jarimalar, homiylik mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan boshqa daromadlardan, shuningdek budjet transfertlari va subsidiyalaridan shakllantiriladigan, davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan, shu jumladan vazirliklar va idoralar huzurida tashkil etiladigan jamg‘armalar;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, ya’ni ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkilotlari nazarda tutiladi.

Bunda, ushbu Qonun o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga to‘liq tadbiq etiladi, o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) давлат органларининг ёки бошқа ташкилотларнинг улуши жами 50 фоиз миқдорда ва ундан ортиқ бўлган юридик шахслар (таъсисчилигида ташкил этилган) улуши жами 50 фоиз миқдорда ва ундан ортиқ бўлган юридик шахсларга нисбатан фақат уларнинг давлат харидлари соҳасидаги муносабатларига татбиқ этилади.

Маълумот учун:

1.   Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодекси

2.   Ўзбекистон Республикаси Президентининг 05.06.2024 йилдаги ПҚ–210-сон қарори 3-бандига мувофиқ, Республика идоралараро комиссияси (1-илова билан тасдиқланган) 2024 йил 1 июлга қадар Қонун татбиқ этиладиган давлат органлари ва ташкилотларининг аниқ рўйхати шакллантирилишини таъминлаш белгиланган.

3.   Ўзбекистон Республикаси Президентининг 25.01.2023 йилдаги “Республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини самарали йўлга қўйишга доир биринчи навбатдаги ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида” ги
ПФ–14-сон Фармони;

4.   Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 21.07.2023 йилдаги “Давлат муассасалари тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида” ги 302-сон қарори;

5.   “Давлат мулкини бошқариш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни (09.03.2023 йилдаги ЎРҚ-821-сон);

6.   Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 19.11.2019 йилдаги “Ўзбекистон республикасининг консолидациялашган бюджети таркибига киритиладиган давлат мақсадли жамғармаларининг рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида”ги 917-сон қарори;

7.   Ўзбекистон Республикасининг бюджет кодекси. 01.01.2014 йилда кучга кирган;

8.   Акциядорлик жамиятлари ва акциядорларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида Ўзбекистон Республикасининг Қонуни (06.05.2014 йилдаги ЎРҚ-370-сон).

Ushbu Qonunning 1-moddasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat ekanligi, jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yuritishni, shuningdek sud ishini yuritish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga oid boshqa qoidalar belgilanishi mumkin ekanligi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilishi belgilangan.

Bunda, manfaatlar to‘qnashuviga oid munosabatlarni yana qaysi normativ-huquqiy hujjatlardan topish mumkin?

Manfaatlar to‘qnashuviga oid normalar “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida (03.01.2017 yildagi O‘RQ-419-son), davlat fuqarolik xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi va uning oldini olishga oid qoidalar “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida (08.08.2022 yildagi O‘RQ-788-son), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022 yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida, davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi va uning oldini olishga oid qoidalar “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida (22.04.2021 yildagi O‘RQ-684-son) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ham o‘z aksini topgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yuritishni, shuningdek sud ishini yuritish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga oid boshqa qoidalar belgilanishi mumkin ekanligi ko‘rsatilgan.

Bunda, Jinoyat protsessual kodeksida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga oid boshqa qoidalar belgilanishi mumkin ekanligi nazarda tutilmoqda.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilishi ko‘rsatilgan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuni (06.02.2019 yildagi O‘RQ-518-son) 2-moddasi 3-qismiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomada O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llanilishi belgilangan.

2.   Ushbu Qonunning 3-moddasida belgilangan davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi deganda kimlar nazarda tutilmoqda?

davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi deganda, Qonunning 1-moddasida belgilangan davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida yoxud saylab qo‘yiladigan yoki tayinlanadigan lavozimlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan boshqaruv xodimlari tushuniladi, ya’ni mazkur Qonun talablari uning 1-moddasida belgilangan tashkilotlarning texnik va yordamchi xodimlariga nisbatan tadbiq etilmaydi.

3.   Ushbu Qonunning 3-moddasida belgilangan belgilangan ta’rifga ko‘ra, mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holati qanday ajratiladi?

manfaatlar to‘qnashuvi deganda, shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat bo‘lib, birinchi holatda ayni paytda real mavjud bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi, ikkinchi holatda kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan potensial, ya’ni ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuviga ajratiladi.

Bunda shaxsning shaxsiy manfaatdorligi boshqa fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyat yoki davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin.

Ushbu Qonunning 3-moddasida belgilangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma sifatida davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning 2 ta tarkibiy bo‘linmasi, ya’ni korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari (va) yoki kadrlar bo‘linmalari ko‘rsatilgan.

Bunda har ikkala tarkibiy bo‘linma faoliyat yuritadimi yoki ulardan birimi? Agar tashkilot tashkiliy tuzilmasida har ikkala tarkibiy tuzilma mavjud bo‘lsa, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalar ular o‘rtasida qanday taqsimlanadi?

manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma deganda, davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasida mavjud korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) bo‘linmalari (va) yoki xodimlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan kadrlar (ya’ni inson resurslarini boshqarish) bo‘linmalari nazarda tutilmoqda.

Bunda tashkilot rahbari tomonidan tashkilot xodimlari (boshqaruv) shtatlar tarkibidan va ish yuklamasi hajmidan kelib chiqib vazifalar yuklanadi. Agar tashkilotning boshqaruv xodimlari shtatlar soni ko‘p va ish yuklamasi hajmi yuqori bo‘lsa, shuningdek korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) bo‘linsi ham, xodimlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan kadrlar (ya’ni inson resurslarini boshqarish) bo‘linmasi ham mavjud bo‘lsi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalar korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) bo‘linmalari va kadrlar (inson resurslarini boshqarish) bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlanadi.

Agar tashkilotda yuqoridagi tarkibiy tuzilmalardan biri mavjud bo‘lmaganda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vazifa va funksiyalar tashkilotda mavjud bo‘lgan tarkibiy tuzilmaga (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) bo‘linmalari yoki kadrlar (inson resurslarini boshqarish) bo‘linmalariga yuklanadi.

4.   Ushbu Qonunning 3-moddasida belgilangan shaxsiy manfaatdorlik tushunchasini batafsil tushuntirib bering?

shaxsiy manfaatdorlik deganda, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) yoki bilvosita (boshqa shaxslar orqali) qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf yoki afzalliklar tushuniladi.

Shaxsning shaxsiy manfaatdorligi deganda, davlat xizmatchisining o‘z xizmat vazifalarini holis bajarishiga ta’sir qiladigan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, o‘zi, qarindoshlari yoki unga aloqador shaxslarning moddiy yoki nomoddiy shaklida asossiz boyish (daromad olish) imkoniyati tushuniladi.

Shuni yodda tutish kerakki, davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatdorligi boshqa shaxslar, masalan, davlat xizmatchisining do‘stlari, uning qarindoshlari foyda oladigan yoki olishlari mumkin bo‘lgan hollarda paydo bo‘lishi mumkin.

Shunga ko‘ra, ushbu sharhda "davlat xizmatchisining shaxsiy manfaati bilan bog‘liq bo‘lgan qarindoshlar va/yoki boshqa aloqador shaxslar" atamasi davlat xizmatchisining shaxsiy manfaati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash uchun ishlatiladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga davlat xizmatchisi o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida uchraydigan ko‘plab keys (vaziyat)lar mavjud. Davlat xizmatchilarining shaxsiy manfaatlari xilma-xilligini hisobga olgan holda, bunday vaziyatlarning to‘liq ro‘yxatini tuzish imkonsiz. Shunga qaramay, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi bir qator asosiy "tartibga solish sohalarini" aniqlash mumkin:

davlat xizmatchisining shaxsiy manfaatlari bog‘langan qarindoshlari va/yoki boshqa aloqador shaxslarga nisbatan davlat boshqaruvining muayyan funksiyalarini bajarish;

boshqa pullik ishlarni bajarish;

qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlariga egalik;

sovg‘alar va xizmatlarni qabul qilish;

mulk majburiyatlari va sud jarayoni;

sobiq ish beruvchi bilan o‘zaro munosabatlar va davlat xizmatidan bo‘shatilgandan keyin ish bilan ta’minlash;

belgilangan taqiqlarning aniq buzilishi (masalan, rasmiy ma’lumotlardan foydalanish, xorijiy mamlakatlardan mukofotlar, faxriy va maxsus unvonlarni olish (ilmiy unvonlardan tashqari) va boshqalar.).

Ushbu Qonunning 3-moddasida belgilangan yaqin qarindoshlar tushunchasini tushuntirib bering.

Bundan tashqari mazkur tushuncha Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi Qonun va boshqa NHHlarda ham mavjud bo‘lib, mazkur tushunchani birxillashtirish lozim.

yaqin qarindoshlarga Oila kodeksining 57-moddasi (Qarindoshchilik)da ko‘rsatilgan to‘g‘ri shajara birinchi darajadagi qarindoshlar - ota-onalar, o‘g‘illar, qizlar, yon shajara bo‘yicha qarindoshlikning ikkinchi darajasida turadigan aka-uka va opa-singillar, shuningdek, er-xotinlar, er-xotinlarning to‘g‘ri shajaradagi birinchi darajadagi qarindoshlari - ota-onalari, farzandlari yon shajara bo‘yicha qarindoshlikning ikkinchi darajasida turadigan aka-ukalari, opa-singillari qiradi.

Mehnat kodeksining 121-moddasi (Qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishini cheklash)ga ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi. Ushbu qoidadan istisnolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin ekanligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.1997 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 133-son qarori 3-ilovasida Davlat (aksionerlik) korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 79-moddasida (121-moddasida) nazarda tutilgan qarindosh-urug‘larning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita bo‘ysunishi yoki nazorati ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo‘lgan xodimlarning 16 ta toifasi belgilangan.

Ushbu Qonunning 4-moddasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari, ya’ni qonuniylik; fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning va davlatning qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; xolislik; korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kabi prinsiplar belgilangan.

Ammo, ushbu tushunchalarning mazmuni Qonunda yoritib berilmagan bo‘lib, ularni tavsiflab bering.

Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda amal qilinishi lozim bo‘lgan 5 ta asosiy prinsip belgilangan bo‘lib, xususan:

qonuniylik – manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning mas’ul rahbar va mutaxassis xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya qilishi va ularni bajarishi shart bo‘lib, qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning va davlatning qonuniy manfaatlari ustuvorligi – manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning rahbar va mas’ul xodimlari inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishlari shart bo‘lib, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning rahbar va mas’ul xodimlari ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni tiklash, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi shart.

ochiqlik va shaffoflik – manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq qoidalar va tartib-taomillar manfaatdor shaxslar uchun ochiq, shaffof va tushunarli bo‘lishi hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning rahbar va mas’ul xodimlari axborotdan erkin foydalanilishini ta’minlashi kerak.

xolislik – manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq qoidalar va tartib-taomillar amalga oshirishda obyektiv, ya’ni xolis yondashuv asosida bo‘lishi kerak.   

korrupsiyaga nisbatan murosasizlik – korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik, ya’ni har qanday shart-sharoit va holatga qaramasdan uni qabul qilmaslikda ifodalanadigan korrupsiyaga qarshi “0” munosabat.

5.   Qonunda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qabul qilingan qarorlar va tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi deb belgilangan. Ushbu norma hozirgacha qabul qilingan  qarorlar va tuzilgan bitimlarga ham tadbiq etiladimi?

Albatta. Ushbu qonun oldin manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qabul qilingan qarorlar va tuzilgan bitimlarga ham tadbiq etiladi.

6.   Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari muayyan bir rasmiy tadbirda o‘zining nazorat qiluvchi tashkilot xodimlaridan sovg‘alar yoki xizmatlar qabul qilishi kelajakda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Qonunchilikka ko‘ra sovg‘aning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 (to‘rt) baravariga teng yoki undan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ekanligi aniqlangan taqdirda, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi va u tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etiladi.

7.   Yaqin qarindosh bo‘lgan xodimlar bitta tashkilotda ishlashadi. Ayni paytda biri tashkilotdan xodimlarga sovg‘alar taqdim qilish, turli xil imtiyozlar belgilash, ta’tillar bilan bog‘liq munosabatlarni boshqaradi. Ushbu holatda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi mavjudmi?

Qonunning 1-moddasida belgilangan amal qilish sohasi doirasiga kirsa, manfaatlar to‘qnashuvi deb topiladi hamda qonunda belgilangan choralar ko‘rilishiga sabab bo‘ladi.

8.   Bank xodimining uning yaqin qarindoshlari ushbu bankning qimmatli qog‘ozlari, bank depozitlari yoki uning aksiyalariga egalik qilishi manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan amal qilish sohasi doirasiga kirsa, manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladi hamda bunday holatga yo‘l qo‘yilmaydi.

9.   Aylanma eshik (revolving door) amaliyoti – xodim yoki rahbar o‘zining ilgari ishlagan davlat organi yoki boshqa tashkilotga yoki uning rahbari, xodimiga nisbatan muayyan vakolat, funksiyalarni belgilashda ishtirok etadi. Ushbu amaliyot manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Ushbu amaliyot manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladi.

10.            Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda Odob-axloq komissiyalarining roli qanday?

Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi; manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan ko‘rilayotgan choralarning yetarliligi (to‘g‘riligi) haqidagi masalalarni ko‘rib chiqadi; mavjud manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq hollar ustidan kollegial nazoratni amalga oshiradi; ushbu Qonunda belgilangan talablarning davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimlari tomonidan buzilishlari mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra xulosa chiqaradi; manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar qilmagan, bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etgan yoxud bunday axborotni yashirgan xodimni javobgarlikka tortish haqida davlat organining yoki boshqa tashkilotning rahbariga taklif kiritadi.

11.            Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda maxsus bo‘linmaning roli nimalarda namoyon bo‘ladi?

davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi tomonidan aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi hollari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi;

davlat organining yoki boshqa tashkilotning ushbu Qonun talablarini buzgan xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazadi;

davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yuzasidan qonunchilikka muvofiq tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;

yehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni, shuningdek mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnomani ko‘rib chiqadi, ularning natijalariga ko‘ra odob-axloq komissiyasiga takliflar kiritadi;

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi xabarlari munosabati bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki mavjud  emasligi to‘g‘risida xulosa beradi;

davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi hollarini tahlil qiladi hamda ularni tartibga solish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ushbu Qonun talablariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi har yilgi hisobotlarni tayyorlaydi hamda hisobotlar uning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlaydi.

12.            Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari, shuningdek ularga aloqador shaxslarning o‘ziga nisbatan yoki boshqa xodimlarga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar bermasligi qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?

Qonunning amal qilish sohasida yuz bergan bo‘lsa, MJTKning 1934-modda. Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik sanksiyasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

13.            Bir shaxs turmush o‘rtog‘i tuman hokimi lavozimiga tayinlangandan so‘ng tuman tibbiy poliklinika rahbari lavozimga tayinlangan. Mazkur shaxs tibbiy poliklinika rahbari lavozimda ishlashga haqlimi?

Mehnat kodeksining 121-moddasida o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanishi belgilangan.

14.   Bir shaxs turmush o‘rtog‘i rahbar bo‘lib ishlayotgan tashkilot bo‘ysunuvidagi tashkilotning bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritadi. Mazkur shaxs bo‘ysunuv tashkilotda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlashga haqlimi?

Mehnat kodeksining 121-moddasida o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanishi belgilangan.

15.   Bir shaxs ukasi viloyat hokimligi kadrlar boshqarmasida bosh mutaxassis bo‘lib ishlayotgan bir paytda tuman hokimning yordamchisi vazifasida faoliyat yuritishi qonuniymi?

Mehnat kodeksining 121-moddasida o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanishi belgilangan.

16.   Bir shaxs viloyat hokimligining kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritishi bilan bir qatorda uning turmush o‘rtog‘i mazkur hokimlikni xo‘jalik boshqarmasining texnik vazifasida ishlashi qanchalik qonunga to‘g‘ri keladi?

Mehnat kodeksining 121-moddasida o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanishi belgilangan.

17.            Ijtimoiy masalalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari ishdan bo‘shatilgan keyin o‘zining nazorat obyekti hisoblangan tashkilotlarga yoki ijtimoiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassis yoxud yetakchi mutaxassis bo‘lib ishga kirishi taqiqlanganmi?

Yo‘q

18.   Er-xotinning bitta tashkilotda ishlashi mumkinmi?

Mehnat kodeksining 121-moddasida o‘zaro yaqin qarindosh aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lmasa.

19.   Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ishlovchi xodimga aloqador shaxs davlat organi nazoratida bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, ya’ni rahbar yoki ta’sischi hisoblanadi. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?

Mazkur holat ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi sifatida baholanadi va Qonunga muvofiq uni tartibga solish chorasini ko‘rish lozim bo‘ladi, ya’ni agarda Qonun bilan ta’sischilik ushbu xodimga taqiqlangan bo‘lsa, ushbu manfaatidan vos kechishi yohud DXMga ushbu faoliyatini to‘xtatishga ariza berishi lozim.

Rahbarlik lavozimida faoliyat yuritish Mehnat kodeksining 432-moddasiga muvofiq o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarish ekanligi belgilangan.

Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-son qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shu jumladan o‘rindoshlik asosida bir vaqtning o‘zida ikkita rahbarlik lavozimini egallashga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.

Davlat organi yoki tashkilotida ishlovchi xodim, uning yaqin qarindoshi yoki unga aloqador shaxs ushbu davlat organi yoxud tashkilotning soha jihatdan nazorat qilinadigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlimi.

Masalan: Qishloq xo‘jaligi vazirligida ishlovchi xodim, uning yaqin qarindoshi yoki unga aloqador shaxs fermer xo‘jaligi ta’sischisi yoki rahbari bo‘lib ishlashi qonunga to‘g‘ri keladimi?

Haqli agarda qonunchilik bilan ularga ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanmagan bo‘lsa.

Mazkur holatda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holati tartibga solinishi lozim bo‘ladi.

20.            O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar keltirilgan bo‘lib, unda faqat 3 toifadagi shaxslar  sanab o‘tilgan. Shu bilan birga, amaliyotda xodimga aloqasi bor, lekin Qonunda keltirilgan toifaga tushmagan shaxslar bilan manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelsa, uning huquqiy oqibati qanday bo‘ladi? (Masalan qo‘shnisi, do‘sti, sinfdoshi, kursdoshi va h.k.)

Mazkur holat odob-axloq qoidalari doirasida ko‘rib chiqilib, xizmat tekushiruvi natijalaridan kelib chiqib xulosa berish mumkin.

21.            O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida “yaqin qarindoshlar” tushunchasiga ta’rif berilgan. Ta’rifda onalik yoki otaliqqa hamda vasiylikka olingan shaxslar qamrab olinmagan. Ular ishtirokida manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelsa, uning huquqiy oqibati qanday bo‘ladi?

Oila kodeksiga muvofiq onalik yoki otaliqqa hamda vasiylikka olingan shaxslar sir saqlanishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, rasmiy ravishda farzandi hisoblansa, ushbu qonun doirasi bilan qamrab olinadi.

22.            O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qanday javobgarlikka tortilishi mumkin?

Ma’muriy javobgarlik kodeksining 1934-moddasiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.

Qonunchilik hujjatlarida boshqa cheklovlar bo‘yicha boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu jazo turlari bo‘yicha javobgarlikka toritiladilar.

23.            O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslarning moddiy javobgarligi qanday?

Aybor shaxsdan tashkilot yoki boshqa yuridik (jismoniy) shaxslar (asosiy va qo‘shmcha javobgar bo‘lmagan) ko‘rgan zarardan kelib chiqib regress tartibida undiriladi.

24.            Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar mukofotlanish tartibi qanday?

Tashkilotning ichki idoraviy hujjatlarda belgilangan shakllarda rag‘batlantiriladi.

25.            O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.1997 yildagi 133-son qarori 3-ilovasidagi ro‘yxatning 11-bandida ko‘rsatilgan “o‘rmon va suv xo‘jaligi mutaxassislari” jumlasi aynan qaysi lavozimlarga tegishli yoki o‘rmon va suv xo‘jaliklaridagi barcha lavozimlarga tegishlimi?

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020) davlat standartida:

4501-bandda suv xo‘jaligi avtomatlashtirilgan obyektlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha texnik (Texnik po ekspluatatsii avtomatizirovannix obyektov vodnogo xozyaystva) mutaxassis personal toifasiga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan;

4564-bandda o‘rmonlarning holati, ulardan foydalanish, ko‘paytirish, saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorat inspektori (Inspektor gosudarstvennogo kontrolya za sostoyaniyem, ispolzovaniyem, vosproizvodstvom, oxranoy i zashitoy lesov) mutaxassis personal toifasiga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi 2-xatboshisida “Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar mazkur xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda:

shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;

ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron yoki yozma shaklda to‘ldirishi, unga bila turib yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritmasligi shart”ligi qayd etilgan.

Savol: Aloqador shaxslar qayerdan (yozma) deklaratsiya oladi va kimga yoki qaysi organga (misol uchun, tizimosti korxonasi aloqador shaxsi yuqori turuvchi vazirlikka) deklaratsiyani topshiradi? Uni kim tekshiradi (tashkilot yoki yuqori turuvchi organ)? Natijasi qanday tartibda va muddatda murojaatchiga bildiriladi?

Xodim ishlayotgan tashkilotga davlat xizmatidan foydalanish yoki oddiy murojaat qilganida ham elektron shaklda (yoki yozma shaklda) murojaatiga qo‘shimcha deklaratsiya taqdim etadi. Bu qo‘shimcha hujjat hisoblanmaydi. Bu ko‘proq, murojaatlarda xolislikni ta’minlash uchun aniqlashtiriladigan aniq bir majburiyatlardan biri xisoblanadi.

26.            O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi 3-qismida “Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi bilan aloqador shaxslar tomonidan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyada bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi ushbu Qonunda belgilangan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin”ligi belgilangan.

Ushbu holatda davlat xizmatchisi va aloqador shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksida qanday javobgarlik nazarda tutilgan?

Mazkur holatdan kelib chiqib, faqatgian ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi 1-qismi 6-xatboshisida “o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilishga, shuningdek ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organi a’zosi bo‘lishga” cheklov mavjud.

Bu holatda tizimosti AJlari Kuzatuv kengashlari a’zoligiga ham cheklov o‘rnatiladimi? (Kuzatuv kengashi a’zosi ham AJning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 22 dekabrdagi “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–3366-son Farmonining 1-bandiga asosan tarkibiga kiruvchi korxonalarning xo‘jalik birlashmasiga tegishli bo‘lgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalarning xo‘jalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari xo‘jalik birlashmalari xo‘jalik boshqaruvi organi hisoblanishi belgilangan.

Biroq, davlat boshqaruvi, shu jumladan taqsimlash vazifalari, shuningdek ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga ma’muriy aralashuv xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatiga kirmaydi.

O‘z navbatida, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 74-moddasiga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida asosan davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan bir vaqtning o‘zida ham mulkdorning, ham tartibga soluvchining vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu holat mulkdorning vazifalarini davlat organidan Agentlikka o‘tkazish yoki mazkur korxonani tugatish yoxud tartibga soluvchining vazifalarini ushbu davlat organidan boshqa davlat organiga o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Manfaatlar to‘qnashuvi holati kelib chiqish holatlari mavjud bo‘lsa, albatta.

27.            Bir shaxs Respublika darajasidagi davlat idorasining tarkibiy tarmog‘ida faoliyat yuritadi, uning akasi esa ushbu davlat idorasining tarkibiy tarmog‘i tomonidan nazorat qilinadigan hududiy bo‘limida ishlaydi. Ushbu holatda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganmi?

Mazkur holatda agarda xodimlar bitta tashkilot tizimda ish faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, albatta bu holat yuzasidan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish choralari ko‘rilish lozim.

28.            Davlat idorasi xodimi tomonidan dehqon yoki fermer xo‘jaligi, savdo yo‘nalishidagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi qonunchilikka to‘g‘ri keladimi?

Agarda qonunchilik bilan mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish ushbu xodimga cheklanmagan bo‘lsa.

29.            Davlat idorasi xodimining yaqin qarindoshlari ushbu davlat idorasi tomonidan nazorat qilinadigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishida yoki tadbirkorlik subyekti xodimi bo‘lib ishlashida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudmi?

Albatta yo‘q.

30.            Davlat idorasi rahbari bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshlari ushbu idoraning mutaxassisi bo‘lib ishlashida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganmi?

Mehnat kodeksining 121-moddasida o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-bo‘limiga muvofiq “yaqin qarindoshlar bu – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari”.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra “yaqin qarindoshlar bu – ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari”.

Ish faoliyati davomida “yaqin qarindoshlar” tushunchasini qo‘llashda qaysi normativ-huquqiy hujjatdan foydalanish lozim bo‘ladi?

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida ushbu munosabatlarda yaqin qarindoshlar kimlar hisoblanishi belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi uchinchi xatboshisiga muvofiq davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va uning yaqin qarindoshlari yuridik shaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxs hisoblanishi belgilangan.

Ushbu holatda xodim va uning yaqin qarindoshlari yuridik shaxslarning nechchi foiz ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, aloqador shaxs hisoblanadi?

Nechi foizga egalik qilishidan qat’iy nazar ushbu tadbirkorlik subyekti xodimga aloqador shaxs hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 11 hamda 16-moddalari normalari o‘rtasida raqobat bordek ko‘rinadi.

Xususan, 11-moddaning 1-qismida davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan ushbu Qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu bilan birga, 16-moddaning 1-qismiga muvofiq davlat organining yoki boshqa tashkilotning rahbar xodimi hamda maxsus bo‘linmaning rahbari manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish uchun mas’ul hisoblanishi belgilangan.

Mazkur ikki norma o‘rtasida farqni tushuntirib bersangiz.

Ushbu moddalarda belgilangan talablar qanday yozilgan bo‘lsa, shunday tushuniladi. Bunda, 11-moddasida odob-axloq komissiyasining roli aniq belgilab berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi 1-qismiga muvofiq davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi shaxsga doir ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirishi va har yili 15 yanvardan kechiktirmay maxsus bo‘linmaga taqdim etishi kerakligi belgilangan.

Savol: mazkur deklaratsiya o‘tgan yil uchun to‘ldiriladimi yoki kelayotgan yil uchunmi?

To‘ldirilayotgan kun holati bo‘yicha to‘ldiriladi.

31.            Davlat organining mansabdor shaxsi va/yoki unga tenglashtirilgan shaxs (keyingi o‘rinlarda –mansabdor shaxs) davlat xaridlari jarayonida qaysi shaxslar ishtirok etgan hollarda qaror qabul qilishda qatnashadi?

Davlat organining mansabdor shaxsi va/yoki unga tenglashtirilgan shaxs (keyingi o‘rinlarda –mansabdor shaxs) davlat xaridlari jarayonida quyidagi shaxslar ishtirok etgan hollarda qaror qabul qilishda qatnashadi:

– mansabdor shaxsning turmush o‘rtog‘i, yaqin qarindoshi yoki turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor; – mansabdor shaxsning turmush o‘rtog‘i, yaqin qarindoshlari yoki turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari muassis (ishtirokchisi), rahbar, bosh buxgalter, kollegial organining a’zosi bo‘lgan tashkilot;

– mansabdor shaxsning turmush o‘rtog‘i, yaqin qarindoshlari yoki turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari oldida mulkiy majburiyatlari bo‘lgan tashkilotlar;

– mansabdor shaxsning turmush o‘rtog‘i, yaqin qarindoshlari yoki turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari mol-mulk (sovg‘alar) yoki xizmatlarni bepul olgan tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor.

Mansabdor shaxs ushbu xarid tartib-taomilida ishtirok etishdan o‘zini o‘zi rad qilishi zarur yoki u rahbar tomonidan chetlashtirilishi mumkin.

32.            Mansabdor shaxs 1-bandda keltirilgan tashkilot, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan talabnoma-da’vo ishlarini amalga oshiradimi (yoki bunday ishlarni amalga oshirishda qatnashadimi)?

Mansabdor shaxs 1-bandda keltirilgan tashkilot, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan talabnoma-da’vo ishlarini amalga oshiradi (yoki bunday ishlarni amalga oshirishda qatnashadi). Mansabdor shaxs ushbu xarid tartib-taomilida ishtirok etishdan o‘zini o‘zi rad qilishi zarur yoki u rahbar tomonidan chetlashtirilishi mumkin.

33.            Mansabdor shaxs 1-bandda sanab o‘tilgan tashkilotlar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha alohida (kollegial tuzilmalar doirasidan tashqarida) tegishli xulosa rasmiylashtiradimi?

Bunday holatlarda xodimni manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan qarorlarni qabul qilishdan chetlashtirish tavsiya etiladi.

34.            Moddiy resurslarni (tovarlar, ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar 1-bandda sanab o‘tilganlardan yetkazib beruvchilarni tanlaydimi?

Бундай ҳолатларда ходимни манфаатлар тўқнашуви предмети бўлган қарорларни қабул қилишдан четлаштириш тавсия этилади.

35.            Mansabdor shaxs attestatsiya komissiyasining a’zosi bo‘lib, u o‘zining qarindoshi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinmi?

Ushbu qarorni qabul qiladigan attestatsiya komissiyasining yig‘ilishida ishtirok etishdan chetlatish tavsiya etiladi.

36.            Mansabdor shaxs davlat xizmatiga kirgunga qadar uning xodimi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatining boshqaruv organlaridagi vakili hisoblanadimi?

Mansabdor shaxsning sobiq ish beruvchi bilan munosabatlari yuklangan funksiyalarning obektiv bajarilishiga ta’sir qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkinligini baholash tavsiya etiladi.

37.            Mansabdor shaxsga ulushlari (aksiyalari) belgilangan tartibda ishonchli boshqaruvga berilgan xo‘jalik jamiyatining ishtirokchisi bo‘lishi mumkinmi?

Bu vaziyatda xodim jamiyat to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishtirok etayotganda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida bevosita rahbarni xabardor qilishi kerak.

38.            Mansabdor shaxs mehnat (xizmat) vazifasini bajarayotganda ushbu mansabdor shaxsning shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan shaxs uchun uchun tijorat bitimlarini tuzishda naf yoki raqobat ustunliklariga ega bo‘lish imkonini beruvchi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi to‘g‘rimi?

Bunday holatda, mehnat (xizmat) vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish va shaxsiy maqsadlarda foydalanishni tartibga soluvchi qoidalarni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Agar intizomiy huquqbuzarlik belgilari, ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat belgilarini o‘z ichiga olgan qilmishni sodir etish fakti aniqlansa, bu ma’lumot xizmat tekshiruvi o‘tkazish va javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun rahbarga taqdim etiladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

       



     

 

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunini  qo‘llash  jarayonida  yuzaga  kelishi  mumkin
bo‘lgan  muammolarni bartaraf etish choralari

 

U S L U B I Y    Q O‘ L L A N M A

TASHKENT–2024 yil 

KIRISH SO‘ZI

 

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni 2024 yil 5 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi davlat tashkilotlari faoliyatida urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik kabi illatlariga chek qo‘yishga huquqiy asos bo‘ldi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi” xizmat burchi bilan shaxsining shaxsiy manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatni o‘z ichiga oladi. Agar manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanmasa va to‘g‘ri boshqarilmasa, ular tashkilotlarning yaxlitligiga jiddiy tahdid solishi,  davlat va xususiy sektorda korrupsiyaning avj olishiga olib kelishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvi butun dunyoda jamoatchilikni tashvishga soladigan asosiy muammoga aylandi. Bundan tashqari, biznes va notijorat sektorlari bilan tobora ko‘proq hamkorlik qilayotgan davlat sektori mansabdor shaxslarning shaxsiy manfaatlari va ularning xizmat (lavozim) majburiyatlari o‘rtasidagi ziddiyatning yangi shakllarini yuzaga keltirmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashishi mexanizmlari ishlamay, manfaatlar to‘qnashuvi korrupsiyaga aylansa, davlat hokimiyati institutlarining obro‘si sinovdan o‘tkaziladi va ularga nisbatan ishonchsizlik kuchayadi. Xususiy sektorda ham korporativ boshqaruvdagi kamchiliklarning asosiy sababi sifatida manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan.

Shundan kelib chiqib, manfaatlarni taqiqlab bo‘lmasada, ularni to‘g‘ri boshqarish kerakligi har bir insonning manfaatlari borligini tushunish va tan olish muhim hisoblanib, kuchli va konsolidatsiyalangan tizimida manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va ularni samarali boshqarish demokratik yutuqlarni himoya qilishning kaliti hisoblanadi.

Qabul qilingan Qonunda yuqoridagi maqsadlar mujassam bo‘lib, bu o‘z navbatida birinchi navbatda uning tushunchasida aks etganini ko‘rishimiz mumkin. YA’ni, Qonun bilan “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq tarif berilib, buning natijasida shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish bo‘yicha cheklovlar belgilandi.

Shuningdek, shaxsning shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi)
yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyatlarni tartibga solish qoidalari belgilab berildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 5 iyundagi
PQ–210-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirish belgilandi:

davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash mexanizmlarini samarali joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish;

davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘luvchi holatlarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka muvofiq bo‘lgan choralarning ko‘rilishida yagona amaliyotni shakllantirish;

davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari Qonun bilan belgilangan talablarga muvofiq takomillashtirilishini ta’minlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini rivojlantirish choralarini ko‘rish;

jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish.

Manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlari davlat organlari va tashkilotlarining ko‘plab munosabatlarida vujudga kelayotganligini inobatga olgan holda, ularni aniqlash va tartibga solish har bir davlat tashkiloti rahbarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

O‘z navbatida, ko‘plab manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlari qonunchilik hujjatlarida aniq tartibga solingan bo‘lsada, ayrim munosabatlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan mazkur vaziyatlarni tartibga solish uchun Qonunda belgilangan tartibga amal qilinishini taqozo etadi.

Mazkur qoidalarni amalga tatbiq etish uchun barcha davlat organlari va tashkilotlariga manfaatlar to‘qnashuviga oid qoidalarga rioya qilish majburiyati yuklanmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu o‘quv qo‘llanmada manfaatlar to‘qnashuviga oid qoidalarni qanday amal qilish va ular bo‘yicha uslubiy tavsiyalar manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha muammoli vaziyatlar va savollarga javoblar shaklida ko‘rsatib berilgan.

 

1-bob. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari

 

§1. Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi

 

Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasiga berilgan ta’rifda xodim tomonidan o‘z xizmat vazifasini bajarishda shaxsiy manfaatdorligini boshqa shaxslarning manfaatlaridan ustun qo‘ygan holda qaror qabul qilish yoki ushbu jarayonda ishtirok etish vaziyatlariga o‘rg‘u berilgan.

O‘z navbatida, Qonunda mazkur vaziyatlarning ikki turi (mavjud, va ehtimoliy) to‘g‘risida aniq qoida va talablar ko‘rsatib o‘tilgan.

Мavjud manfaatlar to‘qnashuvi bu xodimning o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida vujudga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lib, xodim ushbu mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida bevosita rahbariga xabar berishi lozim.

Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi bu xodimning o‘z xizmat vazifalarini bajarish jog‘ida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lib, xodim ushbu ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida ishga qabul qilinganda, har yil bir marotaba va boshqa lavozimga tayinlanganda maxsus bo‘linmaga xabar berishi kerak.

Shaxsiy manfaatdorlik davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita
yoki bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf
yoki afzallik deb tushuniladi.

 

 

§2. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning

amal qilish doirasi

 

Qonuning 1-moddasida ushbu Qonunning amal qilishi davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan bo‘lib, Qonunda belgilangan cheklov va qoidalar to‘liq qo‘llaniladi.

O‘z navbatida, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga hamda ushbu yuridik shaxslarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga tatbiq etiladi.

Mazkur tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuvininig oldini olish, tartibga solish hamda uning huquqiy oqibatlari bo‘yicha ishlarni tashkil etishda maxsus bo‘linma, ya’ni korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari, kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari hamda tashkilotning odob-axloq komissiyasi asosiy vazifalarni amalag oshiradi.

O‘z navbatida, tashkilot rahbari Qonunda tashkilot va maxsus bo‘linmaga yuklatilgan vazifalarni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida to‘g‘ri vazifalar taqsimotini belgilab berishi zarur.

 

 

Хodim manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega:

Ø maxsus bo‘linmaga maslahat so‘rab murojaat etish;

 

Eslatma!

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 12-bandiga muvofiq korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: tashkilot xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi.

Ø ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlarni elektron yoki yozma shaklda taqdim etish.

Bunda, xodim tomonidan o‘zi manfaatlar to‘qnashuvi sifatida baholaydigan boshqa vaziyatlarni ham ko‘rsatib o‘tishi mumkin. O‘z navbatida, bunday hatti-haraktlar bilan o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni yil yakuni bo‘yicha rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi mumkin.

Xodim manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish chog‘ida quyidagi majburiyatlarga ega:

Ø o‘z lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini vijdonan bajarishi va ularning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘z shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi;

Ø lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi;

Ø mavjud manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, o‘z ish yurituvidagi hujjatlar bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar o‘zining bevosita rahbarini (tashkilot rahbari — yuqori turuvchi rahbarni) yoki maxsus bo‘linmani xabardor qilishi;

Yodda tuting!

Har bir xodim mavjud manfaatlar to‘qnashuviga duch kelganida qaror qabul qilishda ishtirok etishmasdan turib manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatini tartibga solish bo‘yicha choralarini ko‘rilishi lozim.

 

Ø o‘zining bevosita bo‘ysunuvidagi xodimlarni yoki boshqa xodimlarni bevosita yoki bilvosita o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlarga        (harakatsizlikka) majburlamasligi;

Yodda tuting!

Har bir xodim mavjud manfaatlar to‘qnashuviga duch kelganida qaror qabul qilishda ishtirok etishmasdan turib manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatini tartibga solish bo‘yicha choralarini ko‘rilishi lozim.

Ø o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot nazorati ostidagi tashkilotdan yoki uning tarkibiy bo‘linmasidan ishga qabul qilish to‘g‘risida takliflar kelib tushganligi holati haqida bir ish kuni ichida xabar berishi;

Ø boshqa xodimlarga nisbatan o‘ziga ma’lum bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi hollari to‘g‘risida xabar berishi;

Ø ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish maqsadida maxsus bo‘linmaning so‘roviga ko‘ra ma’lumotlar taqdim etishi shart.

Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Хodimga aloqador shaxslar mazkur xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda:

Ø manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun maxsus bo‘linmadan bepul maslahat olish;

Ø davlat organining yoki boshqa tashkilotning manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

           Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar mazkur xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan munosabatlarga kirishganda:

Ø shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;

Ø ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron yoki yozma shaklda to‘ldirishi, unga bila turib yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritmasligi shart.

Yodda tuting!

Aloqador shaxslar tomonidan taqdim etiladigan deklaratsiyalar murojaat bilan birga tashkilot tomonidan kirim qilinada, tegishli tarkibiy bo‘linma xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlari vujudga kelish ehtimoliy mavjud bo‘lganida tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan tartibga solish chorasini ko‘radi va bu haqida maxsus bo‘linmani xabardor qiladi.

Xodimga aloqador shaxslar tomonidan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyada bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodim quyidagilarga haqli emas:

Ø     xizmat mavqeini suiiste’mol qilish orqali shaxsiy naf olishga;

Ø     manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi axborotni oshkor etish chog‘ida ma’lumotlarni yashirishga yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etishga;

Ø     biri boshqasiga bo‘ysunuvchi yoki biri boshqasining nazoratidagi tashkilotlarda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

Ø tijorat tashkilotlarining ta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) bo‘lishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalarining o‘n foizigacha egalik qilish hollari mustasno;

Yodda tuting!

Davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamg‘armalarining xodimlariga, davlat muassasalarining va davlat unitar korxonalarining, o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

(“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emas.)

Ø o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilishga, shuningdek ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organi a’zosi bo‘lishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan yoki bu faoliyat qonunchilikka muvofiq lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar mustasno.

Yodda tuting!

Davlat organi yoki boshqa tashkilot nazoratida bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan yoxud mazkur tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari a’zosi bo‘lgan shaxs mazkur davlat organida yoki boshqa tashkilotda xodim lavozimini egallagan hollarda, u qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu aksiyalarni yoki ulushlarni bir oy ichida realizatsiya qilishi, boshqaruv organlarining a’zoligidan chiqishi kerak.

Ø o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda o‘ziga taalluqli bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqishda yoki o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqishda vakil sifatida ishtirok etishga, agar u qonunchilikka muvofiq qonuniy vakil bo‘lmasa;

Ø xodim yoki unga aloqador shaxslar ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgayotgan tashkilotning mol-mulkini sotib olishda
yoki ijaraga olishda o‘zi ishtirok etishga haqli emas.

Xodim ikki yil ichida oxirgi ish joyida o‘zi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlar yoki ularning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishga ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘linmasi vazifasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xulosasiga asosan qabul qilinadi.

Eslatma!

Xodim tomonidan o‘zi yoki boshqa shaxslar orqali nazorat qilgan tashkilotga ishga o‘tishining sababi maxsus bo‘linma tomonidan o‘rganib chiqilishi (ya’ni, bunda nazoratni amalga oshirish jarayonida xodim o‘z manfaatlarini ko‘zlab tashkilotga noxolis tekshirish o‘tkazganlik holatlariga aniqlik kiritilishi lozim), shuningdek kelajakda taxminiy manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlarini tartibga solish bo‘yicha ish beruvchi tomonidan tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan xulosa maxsus bo‘linmaning mansabdor shaxsi tomonidan berilishi lozim.

Xodimi lavozim majburiyatlarining yoki xizmat vakolatlarining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan boshqa cheklovlar qo‘llanilishi mumkin.

Yodda tuting!

«Nazorat» deganda davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining tegishli tashkilot faoliyatini shaxsan yoki o‘zining bo‘ysunuvidagi shaxs orqali tekshirish yoxud unga nisbatan qonunchilikda belgilangan har qanday imtiyozlarni (preferensiyalarni) qo‘llash yoki uni har qanday javobgarlikka tortish (javobgarlikka tortish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish) yoxud unga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berish (xabarnomani qabul qilish) huquqi tushuniladi.

 

 

 

2-bob. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib qoidalari

 

§1. Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish

 

Qonun bilan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda quyidagi tashkilot va bo‘linmalar faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.