Rahbariyat
Nematov Sherzod Qalandarovich
Nematov Sherzod Qalandarovich 1977-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2001-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Issiqlik fizikasi instituti aspiranturasini va 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti doktoranturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Issiqlik fizikasi institutida muhandislikdan boshlab, 2011-yilgacha Issiqlik fizikasi institutida yetakchi mutaxassis, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi (doktoranti) lavozimlarida, shuningdek 2011-2012-yillarda Italiya tadqiqotlar kengashining Milan shaxridagi Biofizika (IBF-CNR) instituti stajyor-tadqiqotchisi, 2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchi (doktorant), katta ilmiy xodim va yetakchi ilmiy xodimi, 2016-2017-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Biotibbiyot muhandisligi” kafedrasi mudiri, 2017-2018-yillarda Magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019-yillarda Muhandislik texnologiyalari fakulteti dekani, 2019-2022-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan va 2022-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2024-yilning 11-iyunidan Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. 2008-yilda «Fotosintetik yorug‘lik energiyasi almashinuvi jarayonining fluoressent spektroskopiyasi» mazusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha nomzodlik va 2015-yilda «Fotosintetik tizimlarda xlorofill fluoressensiyasining spektral-kinetik xarakteristikalari» mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 2021-yilda professor ilmiy unvonini olgan.
U 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shundan 73 nafari xorijiy nashrlarda va 30 nafari Scopus (ID- 58072847200) bazasiga kirgan jurnallarda chop etilgan. H-indeksi 6 ga teng (https://orcid.org/0000-0001-5013-8997), ilmiy ishlariga 734 marta havolalar berilgan. 2016-yilda ingliz tilida yirik “Applied Photosynthesis: New Progress. – Amaliy fotosintez: yangi progress” nomli monografiya “Intech Open” nashiryoti (Yevropa Ittifoqi) da chop etilgan. 1 darslik, 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr qilingan.
Sherzod Nematov rahbarligida 10 ga yaqin ilmiy-tadqiqot loyihalar bajarilgan, shuningdek qator xorijiy grantlarning faol ishtirokchisi bo‘lgan, 2000-2001-yillarda CRDFning (AQSH) ZB2-2003 raqamli, 2002-2003-yillarda CRDFning ZB2-2450 raqamli, 2002-2004-yillarda Shveysariya Ilmiy Jamg‘armasi, SNFning 7UZPJ65658 raqamli va 2005-2008-yillarda Yevropa Ittifoqi INTAS jamg‘armasining O‘zbekiston-INTAS-2004 tanlovi doirasida №7192 raqamli, 2012-2013-yillarda O‘zRFA Genomika markazi olimlari bilan hamkorlikda Amerika fuqaro tadqiqotlari jamg‘armasining (CRDF, AQSH) UZB2-2992-TA-10 loyihalari muvaffaqiyatli bajarilgan.
Faoliyati davomida bir qator xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markazlarida stajirovka o‘tagan va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan hamda hamkorlikdagi ilmiy izlanishlar olib borgan, bulardan: 2007-yilda Hindistonning Xaydarobod shahrida (Ingliz va xorijiy tillar universiteti), 2008-yilda Janubiy Koreaning Seul shahrida (2008 KOSEF) va 2011-yillarda Janubiy Koreaning Seul shahrida tashkil etilgan Osiyo davlatlari yosh olimlarining nanotexnologiyalar bo‘yicha xalqaro konferensiyasida (ANC 2011) va 2012 va 2016-yillarda Italiyaning Milan shahridagi Italiya Milliy ilmiy kengashining Biofizika institutida stajirovka o‘tagan. 2019-yilda Yaponiya hamkorlik tashkiloti JICA tomonidan Yaponiyada tashkil etilgan malka oshirish dasturida, 2022-yilning may-iyun oylarida Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan Qozon federal universitetida (Rossiya federatsiyasi) tashkil etilagan stajirovka, 2022-yilning iyun oyda Germaniya hamkorlik tashkiloti GIZ tomonidan Germaniyada tashkil etilgan stajirovkalarda ishtirok etgan. Shuningdek Vengriya, Polsha, Xitoy, Gonkong, Turkiya, Rossiya va Yaponiya davlatlarida hamkorlik masalalarida uchrashuvlarda ishtirok etgan.
Olib borgan ilmiy faoliyati natijasi sifatida 2016-yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan SCOPUS tizimi orqali nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalarga yetakchi olimlar tomonidan beriladigan havolalar ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Markaziy Osiyo davlatlari orasida 15 nafar g‘oliblardan biri sifatida tanlab olingan va Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda qatnashib grant sohibi bo‘lgan. Elsevier kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda ikkinchi bor tashkil etilgan “Scopus Award-2019” g‘olibi.
Ilmiy rahbarligida 25 nafar bakalavr, 10 nafar magistr, 1 nafar falsafa doktori (PhD) va 1 nafar fan doktori (DSc) tayyorlangan, hozirda 3 nafar tayanch doktorantga rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda organik va perovskit asosli quyosh elimentlarini tadqiq etish va ular asosida samaradorligi yuqori bo‘lgan, yangi avlod quyosh elimentlarini yaratish ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Shuningdek, fotosintetik energiya almashinuv tizimlarini fluoressent-spektroskopiya usuli yordamida tadqiq etish va fluoressent monitoringi metodikasini yaratish hamda qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilish va Biotibbiyot muhandisligi sohalarida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Rektor
Oliy ta’lim muassasasi rektori lavozim vazifalari:
- O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
- Shahrisabz davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
- Shahrisabz davlat pedagogika instituti tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo’linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
- Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo’llash;
- Shahrisabz davlat pedagogika institutida daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro integratsiyasini ta’minlash;
- Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o’quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o’quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
- O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalarda milliy g’oyani shakllantirish;
- Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchilarni institutga qabul qilish, o’qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
- Professor-o’qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
- Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
- Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o’quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg’ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
- Shahrisabz davlat pedagogika institutida mutaxassislar tayyorlanadigan yo’nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo’naltirib borish;
- Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo’nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o’rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
- Shahrisabz davlat pedagogika institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, institut Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, institutning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish, tugatish, o’zgartirish;
- Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo’shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
- Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
- Ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
Shonazarov Jamshid Shuhratovich
Shonazarov Jamshid Shuhratovich f.f.n., dotsent 1981-yil 18-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2001-2005 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti talabasi, 2005-2007-yillarda mazkur universitetning magistratura bosqichida tahsil olishi bilan bir qatorda universitetning Marketing bo‘limi nazoratchisi sifatida ham faoliyat olib borgan. Magistratura bosqichini tugatib nomzodlik ishini himoya qilish maqsadida universitetning aspirantura bosqichiga hujjat topshirib o‘qishga qabul qilindi. U aspiranturada o‘qish bilan bir qatorda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat olib bordi va 2012-yilda nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2013-yildan Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida katta o‘qituvchi sifatida faoliyat olib bordi. 2015-yildan ushbu institutda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri sifatida ishladi. 2019-yildan 2021-yilgacha Qarshi davlat universitetining Yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori va 2021-yildan 2022-yilgacha Qarshi davlat universitetining Pedagogika institutida Yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2023-yil 21-yanvardan Shahrisabz davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.
Yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor
Prorektor lavozim vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviytarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
- Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv – tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha OTM Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
- Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
- Bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
- O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, OTMsi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
- O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini OTM xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda OTMning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
- Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
- Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
- Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchiizlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
- Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
- Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professoro‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- O‘rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
- Oliy ta’lim muassasasini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
- O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish, “HEMIS” platformasini yoki oliy ta’lim tizimini avtomatik boshqarishga qaratilgan boshqa tizimlarni joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiste’molchiliklardan holi boʻlgan ta’lim muhitini yaratish;
- Kredit-modul tizimi bo’yicha ta’lim tizimini tashkil qilish.
Xudayqulov Tulqin Do‘stboboyevich
Xudayqulov Tulqin Dustboboyevich t.f.d., professor 1978-yil 6-fevralda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. U 1996-2000 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi, 2002-yil O‘zbekiston Milliy universitetining arxeologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani bitirgan. 2002-yil mazkur universitetning magistratura bosqichida tahsil olishi bilan bir qatorda Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan. 2004 -yil – Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti “O‘zbekiston tarixi va huquq asoslari” kafedrasiga o‘qituvchisi, 2010- yil – Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti “O‘zbekiston tarixi va huquq asoslari” kafedrasiga katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tkazilgan. 2012- yil – Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti rektorining buyrug‘i bilan 2012- yil 27- sentabrda O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti lavozimiga o‘tkazilgan. 2013- yil – Qarshi DU qoshidagi Shahrisabz akademik litseyiga tarix fani o‘qituvchisi lavozimida ishga qabul qilingan. 04.09.2019- yil – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filialiga Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri lavozimiga ishga qabul qilingan. 2021- yil - Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti Ilmiy bo‘lim boshlig‘i. 2022-yil 18-martda Qarshi davlat universiteti huzuridagi tarix fanlari bo‘yicha PhD. 03/27.02.2021.Tar.70.05 raqamli ilmiy darajalar beruvchi asosidagi Bir martalik Ilmiy kengashda “Markaziy Osiyo davlatlarining boshqaruv tarixi (markaziy, mahalliy, harbiy, diniy hokimiyat. (XVIII-XX asr boshlari))” mavzusida 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAKning 2022-yil 30-aprel 315/1-son bayonnomasiga asosan tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berilgan. 2022 -yil - Qarshi dalat universitetining Pedagogika institutining O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari. 2022-y – h.v – Shahrisabz davlat pedagogika institutida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Vazifalar
- O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo’limlar, kafedra mudirlari va pedagog o’qituvchilarning to’liq bilishini ta’minlash;
- Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, o’quv-tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo’yicha universitet Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
- O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
- Bo’limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
- O’quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
- O’quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to’plamlarini universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
- Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
- Professor-o’qituvchilar va o’quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
- Bo’sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va magistrlarni ishga olib qolish bo’yicha takliflar tayyorlash, professor-o’qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- O’quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
- Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko’rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo’yicha takliflar tayyorlash;
- Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflar tayyorlash;
- Kafedralar, fakultet va bo’limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o’tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
- Oliy ta’lim muassasalari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- O’rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
Abduraxmanov Alijon Abduaxatovich
.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
Vazifalar
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
- Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy jarayonlarga oid masalalar bo‘yicha universitet ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
- O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- Ilmiy tadqiqotchilik jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy jamoalar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
- Bo‘limlar, fakultet va kafedralar, ilmiy laboratoriyalarning ilmiy tadqiqot sohasi bo‘yicha ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- Ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
- O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet ilmiy-texnik kengashi ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or ilmiy va uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
- Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini universitet xodimlari t omonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
- Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
- Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqot ishlariga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlar va ilmiy laboratoriyalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
- Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- Ilmiy laboratoriyalaridan unumli foydalanish, laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
- Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Ilmiy tadqiqot va ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
- Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- O‘rnatilgan tartibda universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
- Institutni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
Achilov Ilmurad Neymatovich
1987 yilda Rossiya federatsiyasida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
I.Achilov 2009-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Falsafa fakulteti, “Milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat va huquq asoslari” yo‘nalishini, 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasinining “Davlat boshqaruvi” yo‘nalishini, 2024-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Mintaqaviy iqtisodiyot” yo‘nalishlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2009-yilda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Zulayoho-J.A.” XICHK da huquqshunos vazifasidan boshlagan. 2012-2013-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zmaxsussuvqurilish IK” davlat korxonasida shartnoma va huquq bo‘limi boshlig‘i lavozimda, 2015-2017-yillarda Qashqadaryo viloyati Kitob iqtisodiyot kolleji direktori, 2017-2019-yillarda Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i, 2019-2022-yillarda TDPU Shahrisabz filiali Ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda 2022-yildan buyon Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
I.Achilov oilali, 5 nafar farzandi bor.
Moliya iqtisod ishlar bo'yicha prorektor
ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, moliyaviy-iqtisodiyot jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha Filial Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruq va farmoyishlarning bajarilishini tashkil qilish;
- Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- Moliyaviy jarayonni ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
- Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid yordamchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
- Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid bo‘sh lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
- Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Oliy ta’lim muassasalari bilan moliyaviy-iqtisodiyot yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- Institutni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
- Institut moliya-iqtisodiyot va xo‘jalik ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Reja-moliya bo‘limi, biznes maktablari, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
- Institutning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishni tashkil etish;
- Davlat budjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish hamda tegishli vazirliklardan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
- Institut xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
- Institutning o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
- Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Institutning moddiy texnika bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
- Institutda mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni sifatini nazorat qilish;
- Shtat, budjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
- Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
- Institutning professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
- SHDPIning professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
- Pulli kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;
- Qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish, qora va rangli metall chiqindilarini topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;
- Talaba va xodimlarni favqulodda holatlardagi hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
- Institut binolarini barqarorligini ta’minlash, yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
- Talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;
- Professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim oluvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalarini tashkil etish;
- O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Bilishi kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, Vazirlik buyruqlari, Ustavi, Ichki mehnat tartib qoidalari hamda moliyaviy va iqtisodiyot ishlariga oid boshqa normativ hujjatlarni;
- Zamonaviy axborot texnologiyalarini moliyaviy va iqtisodiyot jarayoniga tatbiq qilishni;
- Institutning moliyaviy tizimini boshqarish uslublari va nazariyasini.
Malaka talablari:
- Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik hamda ijodiy qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
- OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi zarur.
- Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida-kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Yangiliklar
Foydali sahifalar
Xarita
Bizning manzil