Xorijiy talabalarning o'qish jarayoni
O‘qish jarayoni
Shahrisabz davlat pedagogika institutida o‘quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib, kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi (02.09.2023-30.06.2024). O‘quv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda tahsil olininshiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Bakalavriatura bosqichi - 4 yil, Magistratura bosqichi – 2 yil, Doktorantura bosqichi – 3 yoki 4 yil davom etadi (bu bosqichda yo‘nalishdan kelib chiqib o‘quv jarayoni davomiyligi belgilanadi).
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun, institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling (e-mail: ursubox@gmail.com, tel: +99862 224 66 11).
O‘qishga kirish
SHDPI da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi № PQ-3775-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan meʼyoriy xujjatlar asosida chet el fuqarolarini suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qiladi.
Chet el fuqarolari institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Insitutda o‘qish uchun ariza;
· Erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringiz so‘raladi:
· Bakalavriatura bosqichiga: o‘rta yoki o‘rta maxsus taʼlim diplomi/shahodatnomasi (sertifikat)
· Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan xujjat
· Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki o‘zbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;
· Skaner shaklidagi fuqarolik pasporti yoki Oʼzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqini beruvchi pasport.
Turar joy uchun ro‘yhatdan o‘tish hamda viza olish jarayoni
Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik ro‘yhatdan o‘tkazish oliy taʼlim muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan o‘zaro kelishuvi asosida O‘zbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning o‘z davlatida joylashgan Oʼzbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan taqdim qilinishi mumkin.
XORIJIY FUQАROLАRDАN QАBUL QILINАDIGАN HUJJАTLАR
1. Pasport va xalqaro pasport;
2. O‘zbekistonda yashash guvohnomasi nusxasi (vid na jitelstvo) - agar mavjud bo‘lsa;
3.Xorijiy fuqaroning o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar maʼlumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/ sertifikatning oʼzbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan hujjat;
4. Tibbiy maʼlumotnoma (086 shakli)
5. Fotosurat (3,5-4,5); (alohida elektron shakli) Talab etiladigan hujjatlarning elektron shakli(PDF shaklida, koʼrsatilgan hujjatlar tartibi raqami saqlangan 1 fayl boʼlgan holda) universitetning xalqaro aloqalar boʼlimining international.project@urdu.uz elektoron manziliga yuborilishi kerak.
Аbiturientning yashash manzili, telefon raqami, elektoron manzili aniq koʼrsatilish kerak.
Qoʼshimcha maʼlumot sifatida: abiturientning Oʼzbekisitonda yashaydigan yaqin qarindoshlarining maʼlumotlarini (manzili, telefon raqami, elektoron manzili) kiritishi tavsiya etiladi.
Suhbat vaqtida kelgan xorijiy abiturientning elektron shaklda yuborilgan hujjatlarining asl nusxasi talab etiladi.
Аgarda sizda Urganch davlat universitetiga hujjat topshirish uchun qoʼshimcha maʼlumotlar kerak boʼlsa, universitetining XАLQАRO АLOQАLАR BOʼLIMIGА MUROJААT ETISHINGIZ MUMKUN.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti chet el fuqarolarini online suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qiladi.
XАLQАRO АLOQАLАR BO‘LIMI
TEL: +998 (62)2246611
2023/2024 o‘quv yili uchun qabul taʼlim yo‘nalishlari (kunduzgi taʼlim )
Kunduzgi ta’lim shakli uchun ariza
2023/2024 o‘quv yili uchun qabul taʼlim yo‘nalishlari (sirtqi taʼlim )
Sirtqi ta’lim shakli uchun ariza
2023/2024 o‘quv yili uchun qabul taʼlim yo‘nalishlari (masofaviy ta’lim )
Masofaviy ta’lim shakli uchun ariza
Yangiliklar
Foydali sahifalar