Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Institut tarixi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti qadimgi Kesh va zamonaviy turizm markazi hisoblangan Shahrisabz shahridagi oliy ta’lim muassasasi sifatida xalqimiz ma’naviy merosining qimmatli obyektiga aylanib ulgurdi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, tuman va qishloqlardagi ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli malakali pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyun 488- son qarori asosida Shahrisabz shahrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali tashkil etildi. Ilk bor Filialda 2019-2020-o‘quv yilida Respublika Oliy ta’limga o‘qishga qabul qilish kvotasiga asosan 150 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan. Filialda oʻquv jarayoni 1 ta fakultet, 2ta kafedra, 4 ta ta’lim yo‘nalishi bilan ish boshlangan.

Ta’lim yoʻnalishlari:

- Boshlangich ta’lim va sport tarbiya ishi;

- maktabgacha ta’lim;

- xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili);

- chet tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarga rus tili va adabiyoti).

38 nafar professor -o‘qituvchilardan iborat

2 ta: - Gumanitar fanlar hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedralari faoliyat olib bordi.

 

Mamlakatimizda ta’lim sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish, sohada ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash zarurligi, tarbiya va o‘qitish usullari, AKT va xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan professional pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27-fevral 2020-yildagi “Pedagogika sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16-mart 2021-yildagi 141-sonli qaroriga muvofiq Qarshi davlat universitetining bakalavr va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi. Pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va boshqalar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi. Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlandi.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2022-yil 24-iyun kuni imzolagan “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mustaqil Institut sifatida tashkil etildi.

Shahrisabz davlat pedagogika institutida o‘quv jarayoni o‘quv reja va dasturlar takomillashtirilgan holda ta’limning kredit-modul tizimi asosida tashkil etildi. Institutda talabalar ta’lim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratishga ham alohida e’tibor qaratildi, jumladan, o‘quv xonalari zamonaviy texnik qurilma va anjomlar bilan jihozlanib, sifatli ta’limni shakllantirish maqsadida kerakli imkoniyatlar yaratildi. O‘quv xonalari ma’ruza, amaliy seminar yoki laboratoriya shaklida dars o‘tilish holati hamda kichik guruhlarga bo‘lingan holda dars o‘tiladigan ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallanganligiga qarab zaruriy jihozlar bilan ta’minlandi.

Institutda 16 ta bakalavr, 8 ta sirtqi, 8 ta ikkinchi oliy ta’lim yo‘nalishi va 12 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalar, 5 ta ilmiy mutaxassislik bo‘yicha doktorantlar tayyorlanadi, ular zamonaviy oliy ta’limning deyarli barcha spektrini qamrab oladi. Hozirda Institutda 17 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’limda 8531 talabalar tahsil olmoqdalar. Professor - o‘qituvchilar soni va ilmiy salohiyatining salmog‘i ancha oshirildi.

So‘nggi yilda Institutda bir qator yangi dasturlar amalga oshirildi, 5 ta yangi kafedra ochildi, oxirgi bir yilda 22 ta o‘quv laboratoriya tashkil etildi. Nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog‘lash uchun Institutning 2 ta dala - amaliyot maydoni, 3 ta o‘quv laboratoriyasi, va 1 ta noyob obyektning moddiy - texnik bazasi takomillashtirilmoqda.

 

 

Foydali sahifalar