Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

2-oliy taʼlimga oʻqishga qabul qilish tartibi

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish istagida bo‘lgan talabgorlarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 606-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) oliy ta’lim muassasasining xususiyatidan kelib chiqishi va oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan.

2024-2025 o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar https://my.edu.uz sayti orqali 10-iyuldan 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

  1. Boshlang‘ich ta’lim (kunduzgi)

  2. Texnologik ta’lim (kunduzgi)

  3. Tarix (sirtqi)

  4. Pedagogika (sirtqi)

  5. Maktabgacha ta’lim (sirtqi)

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni tizimga kiritishlari talab etiladi:

1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta

2. Bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom ma'lumotlari

3. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi Nizomga asosan Shahrisabz davlat pedagogika institutida ikkinchi va undan keying oliy ta’lim olish istagini bildirgan talabgorlar suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi. Suhbat o‘tkazish sanasi va vaqti hujjat topshirish tugagandan so‘ng bir hafta muddatda institutning rasmiy sayti orqali ma’lum qilinadi.

Suhbat jarayonida savollarga beriladigan javoblar quyidagi mezonlar asosida baholanadi.

Suhbat jarayonida talabgorlarga

beriladigan savollar mavzulari

Maksimal ball

1

Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish

15

2

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish)

15

3

Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari)

30

4

Tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi

40

 

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball

100

     
     
     
     
     
     

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari har yili 30-avgustga qadar Institut tomonidan e’lon qilinadi. Talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi. Talabalarni o‘qishga qabul qilish shartnomada belgilangan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, 2-kursdan boshlanadi.

O‘qishga qabul qilinganlar avvalgi bitirgan oliy ta’lim muassasasining birinchi kursidan o‘tilgan fanlar o‘rtasida fanlar farqi bo‘lgan taqdirda ushbu fanlardan akademik qarzdor sifatida talaba tomonidan qayta topshirish jarayoni amalga oshiriladi. Qayta topshirish jarayoni esa kredit-modul tizimi bo‘yicha belgilangan tartib asosida tegishli to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Foydali sahifalar