Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Yo‘riqnoma

TALABALAR O`QISHINI KO`CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O`QISHDAN CHETLASHTIRISH

   

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida "NIZOM" ga muvofiq amalga oshiriladi.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashning umumiy qoidalari.

   Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (keyingi o‘rinlarda Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash deb ataladi)da oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarini) belgilash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
ta’lim yo‘nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi;

   Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash uchun o‘qishga kirishda sinov o‘tkaziladigan fanlari tarkibi va ta’lim sohasi hamda o‘qish muddati bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) turdosh deb hisoblanadi.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash quyidagilarning:

oliy ta’lim muassasalari;

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar;

   O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi. Uning tarkibiga tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari kiritiladi.

   Idoralararo komissiyaning raisi va mas’ul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi.Idoralararo komissiya “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi to‘g‘risida nizom” asosida faoliyat yuritadi.
   Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (qayta tiklash — talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha bo‘lgan muddatda) shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

   Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;
oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat o‘tganda.
Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;

talabalar safidan chetlashtirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga (mutaxassisliklariga).
Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobini berilishiga asos bo‘ladi:

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;

respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga;

oliy ta’lim muassasalarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;

birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan istisno);

oliy ta’lim muassasasida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;

Yangiliklar

Foydali sahifalar