Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C

27-IYUN - MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI KUNI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI

Hurmatli jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Barchangizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. 
Jamiyatimizdagi muhim islohotlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini xalqimizga tezkor, xolis yetkazayotgan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib borayotgan Siz fidoyi hamyurtlarimizga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sharafli, mas'uliyatli kasbning xalqparvarlari, qalamingiz yanada o‘tkirlashsin..!

Sizlarga, avvalo, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar tilab qolaman!!!

Bayramingiz muborak bo’lsin!

Nematov Sherzod Qalandarovich
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori

Foydali sahifalar