Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"YIGITLAR KLUBI" YIG'ILISHI

Joriy yilning 3-may kuni Tillar fakultetida “Yigitlar klubi” raisi, tyutorlar tomonidan fakultet yigitlari jamlangan “Yigitlar klubi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga Shahrisabz tibbiyot birlashmasi urologiya bo‘limi shifokori Ilhom Temirov hamda Institut profilaktika inspektori Ravshan Islomovlar mehmon sifatida taklif qilinib, davra suhbati tashkil qilindi.

Ochiq suhbat jarayonida shifokor Ilhom Temirov talabalarga erkaklar sog‘ligi, shaxsiy gigiyenasi, zarali odatlarning salbiy ta'siri, faxsh va buzuqlikdan yiroq yurish va shunga doir mazularda o‘zining taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi. So‘zining so‘ngida ishtirokchilar oliy ta’lim muassasalarida bunday uchrashuvlar tashkil qilinayotganligidan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, so‘zga chiqqan profilaktika inspektori R.Islomov hamda fakultet dekan o‘rinbosari M.Sanayev haqiqiy erkaklarga xos bo‘lgan odatlar va hozirgi kunda ro‘y berayotgan yomon illatlar haqida mavzudan kelib chiqib ma’lumot berdilar.
Davra suhbati so‘ngida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan futbol musobaqasida faol qatnashgan jamoalar taqdirlandi.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali