PSIXOLOG FAOLIYATI
Joriy yilning 2-may sanasida Shahrisabz davlat pedagogika instituti psixologi D.Ismoilova Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olib, ular bilan suhbat o'tkazdi. Muloqot davomida talabar turar joyini toza-ozoda saqlanishi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish kerakligi borasida tavsiyalar berildi.
Shu bilan birgalikda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazilishi uchun ular bilan "Mening hayotdagi maqsadim" va "Qadriyatlar mening nazdimda" deb nomlangan trening mashgʻulotlari oʻtildi. Treningdan so'ng talabalarning faoliyati davomida paydo boʻladigan psixologik muammolar bilan guruhiy hamda individual tarzda institut psixologiga murajaat qilishlari mumkinligi toʻgʻrisida tushuncha berildi.
Foydali sahifalar