Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

O‘qishini ko‘chirishga ruxsat etilgan talabalarga eslatma

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 12.02.2024 yildagi 02/10-443-sonli modemnomasiga asosan Shahrisabz davlat pedagogika institutiga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etilgan talabalar ro‘yxati e’lon qilinmoqda.

 

Ushbu ro‘yxatdagi talabalarga amaldagi tartibga ko‘ra qo‘yidagi hollarda o‘qishlarini ko‘chirishlari uchun ruxsat beriladi:

1)      Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga (transkript, nikoh guvohnomasi va turmush o‘rtog‘ining pasport nusxasi talab etiladi);

2)      Davlat organlari xodimlarining ish joyi o‘zgargan taqdirda, ushbu xodimning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandiga (transkript, davlat organi xodimining ish joyi o‘zgarganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma va pasport nusxasi talab etiladi).

 

Qo‘yidagi hollarda talabaga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi:

1)      1-kursning 1-semestriga (1-semestr tugallanmagan holatda);

2)      Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarga;

3)      Talabalar safidan chetlashtirilganlarga;

4)      Maqsadli qabul kvotasi doirasida o‘qishga qabul qilingan talabalarga.

ESLATMA:

Vazirlikning ushbu modemnomasi bilan yuqorida qayd etilgan talablarga javob bermaydigan hujjatlar aniqlangan holatda Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektoriga talabalikka qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirmaslik huquqi berilgan.

 

Ushbu ro‘yxatdagi talabalar Shahrisabz davlat pedagogika instituti Qabul komissiyasiga joriy yilning 1-martiga qadar tegishli hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi. 

https://shdpi.uz/oz/malumotlar/2ybsokretr1707814725 

 

Talabalar institutning O'quv bo'limiga uchrashishlari so'raladi. (ARM ikkinchi qavat)

Yangiliklar

PSIXOLOG FAOLIYATI
2024-05-03
  • 0
  • PSIXOLOG FAOLIYATI

    Foydali sahifalar

    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    Ta'lim portali
    Ta'lim portali
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali