Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Sharaf kodeksi

O' ZBEKI STON RE SPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

Shahrisabz davlat pedagogika institutining
SHARAF KODEKSI
l-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks O'zbelciston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni,
boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib,
Shahrisabz davlat pedagogika instituti (keyingi o'rinlarda - institut) rahbarlar,
professor-o'qituvchilar, boshqa toifadagi xodimlar hamda talaba va
doktorantlar (keyingi o'rinlarda - xodim, talaba va doktorant) sharaf kodeksi
xushmuonralalik, .jasorat, samimiylik, halollik, kamtarlik, o'zini tuta bilish,
do'stlikl<a sadoqat, boshqalarga hurmat kabi fazilatlarni hamda ta'lim jarayoni
va xizmatdagi xulq atvorining asosiy qoidalari bilan bog'liq munosabatlarni
o'z ichiga oladi va tartibga soladi.
2-modda. Sharaf kodeksining maqsad va vazifalari:
Xodim, talaba va dol<torantlarda umumiy ma'naviyatini hamda madaniyatni
rivojlantirish;
Institut xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini
shakllantirish; xodim, talaba va doktorantlarni institut va uning qadriyatlariga
hurmat ruhida tarbiyalash; ta'lim muassasasida "Sharaf' tushunchasini
takomillashtirish va institutda tashqi ko'rinish va o'zini tuta bilish, do'stlikka
sadoqat, boshqalarga hurmat kabi fazilatlarga bo'lgan talablarga oid yagona
yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir.
Slraraf kodeksining vazifalari quyidagilardan iborat:
Umumiy f,arovonlik, maksimal natija inson atrofidagilar bilan va o'zi bilan
shug'ullanadigan har qanday faoliyatda mumkin bo'lgan eng yuqori natijalarga
erishish uchun tinchlik va hamjihatlikda yashashga intilishi kerakligini
ko'rsatadi. Bu xodimlar va atrofdagi dunyo bilan uyg'unlikda yashashning
yagona yo'li bo'lib xizmat qiladi.
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim, talaba va
doktorantlar orasida sharaf qoidalarini buzish bilan bog'liq bo'lgan nomaqbul
xatti-harakat, jumladan, zo'ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ'ib va
tashviq qilish, shunirrgdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot
bo'lgan g'oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va
"ommaviy madaniyat"ning ta' sir
nomaqbul xatti-harakatlar sodir
aniqlash va ularni barlaraf etish;
Xodim, talaba va doktorantlarni yuksak axloqiy ong,yuksak fazilatli,
komil inson kabi fazilatlar hamda O'zbekiston Respublikasining
Korrstitusiyasi, qorrunIari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat'iy rioya
qil ish ruhida tarbiyalash;
Xodim, talaba va doktorantlarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va
manfaatlarini doinro hurmat qilish va himoya qilish ko'nikmasini shakllantirish
va yuksaltirish;
Xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma'naviyaxloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat
qilish, xushmuomalalik, jasorat, samimiylik, halollik, kamtarlik, o'zini tuta
bilish, do'stlikka sadoqat, boshqalarga hurmat bilan hamda xotin-qizlar sha'ni
va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlarga
yo'l qo'ymaslik ruhida tarbiyalash;
Institutda sog'lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivoj lantirish;
Institut xodim, talaba va doktorantlarida tashqi ko'rinishi va xulqatvori ga oid rnadaniyatni shakl lantirish uchun sharoitlar yaratish;
Instittrtning davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta'lim tizimidagi nufuzi,
obro'-e'tibori va sha'nini asrab-avaylash va yanada oshirish.
3-modda. Kodeksning amal qilish doirasi
Ushbu Kodeks lnstitutning barcha xodim, talaba va doktorantlariga
nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Kodeksning prinsiplari
4-modda. Institut xodim, talaba va doktorantlari xulq-atvorining
asosiy prinsiplari
Mazkur Kodeks qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik, xizmat va o'qish burchiga
sodiqlik, adolat, halollik va xolislik, insonning sha'ni va or-nomusi,
daxlsizligi, insonni kamsitish, obro'sizlantirish, haqorat qilish, tahqirlash
hamda qonunga zid xatti-harakatlarni oldini olish prinsiplariga asoslanadi.
5-modda. Qonuniylik prinsipi
lnstitut xodim, talaba va doktorantlari O'zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga so'zsiz rioya qiladilar hamda o'z xizmat va o'qish
majburiyatlarini lavozim yo'riqnomalari, mehnat shartnomalari, ushbu Kodeks
qoidalari, Institut ichki mehnat tartib intizomi qoidalari, odob-axloq qoidalari
hamda ta'limga oid boshqa meyoriy hujjatlarga rnuvofiq bajaradilar.
6-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatla rinin g ustuvorligi prinsipi
hamda xuru.jlaridan himoya qilish; Mazkur
etilishining sabab va shart-sharoitlarini
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qorruniy manfaatlari va sha'ni qadr
qimmati, or-nomusi institutining oliy qadriyati bo'lib hisoblanadi. Institut
xodim, talaba va doktorantlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy
manfaatlari va sha'ni qadr qimmati, or-nomusi buzilishiga yo'l qo'ymaydilar
va bunday buzilishlar ro'y bergan hollarda ularni tiklashga ko'maklashadilar.
7-m od da. Vata n pa rva rlik, xizmat va o' q ish bu rchiga sodiqlik p rinsipi
Institut xodim, talaba va doktorantlari o'z o'qish va xizmat faoliyatlarini
ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, xizmat va o'qish burchiga
sodiqf ik xizmat vazifalarini bajarish vaqtida jismorriy va yuridik shaxslar bilan
muomala qilish madaniyati asosida janriyatning institutga bo'lgan talabi va
ishonchini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Xodim, talaba va doktorantlar
o'z o'qish va xizmat burchlarini o'zaro xayrixohlik, o'z manfaatlari va
mafkuraviy qarashlaridan qat'iy nazar lozim darajada bajaradilar.
8-modda. Adolat, halollik va xolislik prinsipi
Institut xodim, talaba va doktorantlari o'zxizmat va o'qish faoliyatlarini
amalga oshirishda adolatli, halol, vijdonli, xolis, o'zini boshqara bilish,
do'stlikka sodiqlik, boshqalarni hurmat qilish hamda institutda, unga tegishli
bo'lgarr saytlar va ijtirnoiy tarmoqlarga murojaat qilgan barcha yuridik va
jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu prinsip talablari asosida munosabatda
bo'lishlari shart.
3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish
9-modda. Korrupsiyaning har qanday shakl va ko'rinishini qabulqilmaslik
Institut xodim, talaba va doktorantlari korrupsiyaning har qanday shakli
va ko'rinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzdanamoyon bo'lishiga
qarshi hamjihatlik, to'g'ri so'zlik asosida qonuniy choralarni ko'radilar.
Xodim, talaba va doktorantlar k6rrupsiyaga qarshi kurashishlari va
uning profilaktikasiga faol ko'maklashishlari, shuningdek, institut
korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va institut xodim, talabava doktorantlari
tonronidan korrupsiyaviy huquqbuz.arliklar sodir etishga og'dirish maqsadida
murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to'g'risida nizom talablarini
so'zsiz bajarishlari, o'z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari,
yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan holda qonun
ustuvorligiga qat'iy rioya etishlari shart.
4-bob. Xodim, talaba va doktorantlar yurish-turish va rasmiy muloqotiga
oid talablar
l0-modda. Institutda kiyinish va tashqi ko'rinishga oid qoidalar
Institut xodim, talaba va doktorantlari o'z o'qish va kasbiga mos bo'lgan
zamonaviy kiyimda bo'lishlari lozim.
lnstitutning xodirn, talaba va doktorantlarining kiyinish madaniyati
bo'yicha dress-kod qoidalariga amal qilishlari lozim
I l-modda. Majlis va yig'inlarda ishtirok etish
Institut xodim talaba va doktorantlari tr-rrli tadbirlar (majlislar, tantanali
yig'ilishlar, uchrashuvlar, bayramlar)dagi ishtiroki jarayonida so'zga
chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan rnunosabatda bo'lishlari, tadbir
davomida tinchlik va osoyishtalikni saqlashlari shart bo'lib, raislik qiluvchi va
moderatorning ruxsatisiz luqma tashlash, so'zgachiquvchini kamsitish, sha'ni
va or-nomusiga putur yetkazadigan xatti-harakat qilish mumkin emas.
l2-modda. Binolarda yurish-turish qoidalariga amal qilish
Binolarga kirigh va chiqish joylarida, shuningdek, yo' laklarda talabalar
xodimlarni, erkaklar ayollarni, yoshlar esa kattalarni o'zlaridan oldin o'tkazib
yuborishlari lozim.
Xodim, talaba va doktorantlar institut hududida yo'lning o'ng tomonidan
yurishlari, shuningdek, yo'lak va xollarda mobil aloqa vositalari orqali baland
ovozda gaplashmasliklari kerak. Bir-birlariga duch kelganda galomlashishlari,
bunda talabalar xodimlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo'lib galom berishlari
tavsiya etiladi.
l3-modda. Xodim, talaba va doktorantlarning rasmiy muloqot
me'yorlari
Institut xodim, talaba va doktorantlari tashkilot va muassasalar, ommaviy
axborot vositalari hamda fuqarolar bilan dzaro munosabatga kirishganda
quyidagi rasmiy muloqot me'yori va qoidalariga amal qilishlari kerak:
O'z harakatlarini institut manfaatlarini ko'zlab amalga oshirish, uning
imijini saqlash va oshirish, institut, uning xodirnlari, talabalari va doktorantlari
nomi va manfaatlariga ziyon yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik,
shuningdek, ular bilan muloqot qilganda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi
yozishmalarida o'zlarining namunali xulq-atvori bilan institut haqida yuksak
ijobiy taassurot uyg'otish; xotin-qizlar bilan munosabatlar amaldagi
qonunchilik hujjatlari talablari, milliy an'analar va o'zaro hurmat tamoyillariga
asoslanishi shart;
Institut, uning xodim, talaba va doktorantlari haqida haqiqatga to'g'ri
kelrnaydigan yoki noto'g'ri talqin qilingan, noto'g'ri talqin qilish uchun imkon
beradigan ma'lumotlarni tarqatmaslik, bunday ma'lumotlar tarqalishiga yo'l
qo'ymaslik, shuningdek, janroat oldida va ijtinroiy tarmoqlarda bu mavzuda
chiqishlar qihnaslik; xodim, talaba va doktorantlarning roziligisiz ularning
shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni oshkor qilnraslik;
Xodirn, talaba va doktorantlar haqida ularning kasbiy va o'quv
faoliyatiga oid bo'lmagan ma'lumotlarni aniqlashtirmaslik; xizmat
axborotlarini taqdim etish qoidalariga amal qilish;
So'ralgan axborotni yetarlilil< (haddan tashqari qisqa shu bilan birga o'ta
keragidan orliq) va ishonchlilik (qayta tekshirishni talab qilmaydigan)
talablariga muvofiq holda taqdim etish;
O'z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma'lumotlardan
maqsadga muvofiq bo'lmagan tarzda foydalanmaslik, shuningdek, ularni
institut rahbariyati ruxsatisiz tarqatnaslik, xodim, talaba va doktorantlarning
ta'lim jarayonidagi faoliyati va kasbiy harakatlarini asossiz tanqid qilmaslik,
jamoat oldida chiqishlar, shunindek, ommaviy axborot vositalari va turli xil
ijtimoiy tarmoqlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va institut
faoliyati, uning xodimlari harakatlarini haqiqatga to'g'ri kelmaydigan, asossiz
va aniq dalillarga asoslanmagan holda muhokama qilmaslik va ular haqida
baho beri b, fi kr-mulohazalar bi ldirrnasl i k.
Har bir xodim xizmat burchini bajarishda, eng avvalo o'ziningoliy ta'lim
vakili ekanligini, odamlar uning xulqatvori, xatti-harakati, so'z ohangi va
tashqi qiyofasiga qarab butun bu sohaga balro berishlarini, uning sha'ni va
obro'si davlat obro'si ekanligini unutmasligi kerak.
l4-modda. institutda g'ayriaxloqiy va nojo'ya xatti-harakatlarni
sodir etishga yo'l qo'yilmasligi
Talaba va doktorantning o'qishiga, xodimning esa institutda mehnat
faoliyatini yuritishiga to'sqinlik qiladigan quyidagi g'ayriaxloqiy va nojo'ya
xatti-harakatlarrri sodir etishi qat'iyan taqiqlanadi :
Har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish, jumladan, tuhmat
qilish, haqoratlash; giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va ularning
analoglari, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish va tarqatish;
tinchlik yoki osoyishtalikka qarshi tajovuz qilish, janjallashish, qimor va
tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlar o'ynash;
Xodim, talaba va doktorantlar sha'niga, ishchanlik obro'siga salbiy ta'sir
etuvchi moddiy ma'naviy zarar yetkazish;
Institut binolari va hovlisida, shuningdek, institut binolariga tutashgan
hududda spirtli ichimliklar ichish va tamaki yoxud boshqa turdagi
mahsulotlarni chekish hamda mast holda bo'lish, tashqi ko'rinishga va ushbu
Kodeksda belgilangan qoidalarga.zid ravishda soch-soqoli o'sgan, to'zg'iganva
kiyinish talablariga rioya qihnagdn holda kelish;
Institutga tegishli kompyr-rterlarda institutga tegishli bo'lmagan
ma'lurnotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy ma'lumotlar, behayo
surat va filmlar, rnilliy, irqiy, etnil<, diniy adovatni targ'ib qiluvchi,
ekstrenristik, separatistik va fundamentalistik kayfiyatdagi har qanday
materiallarni tayyorlash, ko'rish, saqlash, tarqatish va ularga da'vat etish; o'quv
mashg'ulotlari va ishga hamda xodim va talabalarning osoyishtaligiga xalaqit
beradigan xatti-harakatlar sodir etish (radiouzatgich, televizor, multimedia va
ovoz chiqaruvchi moslamalardan maqsadsiz fbydalanish); umumbashariy va
milliy qadriyatlarga xos bo'lmagan yoki institut, uning xodimlari nufuziga
putur yetkazadigan materiallarni internet tarmog'i va boshqa rltimoiy I
tarmoqlarga joylashtirish yoki ulardan turli nomuvofiq maqsadlarda 
I
foydalanish. I
Xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan Institutning ishchanlik I
obro'si, qadr-qimmati va nufuzini tushiradigan, ta'lim jarayonining ma'naviy I
buzilishiga olib keladigan agressiya, odamlaming sha'ni va qadr-qimmatini I
kamsitadigan, zo'rlash va vahshiylik, vandalizm, millatlararo nizo I
qo'zg'atadigan, diniy yo'nalishdagi, terrorizm, ekstremizm, va 
I
fundamentalizm, shuningdek, behayo va ishqiy sahnalami namoyon qiladigan I
fotosuratlar, video va audioyozuvlardan foydalanish va ularning tarqatilishiga I
yo'l qo'yihnaydi l
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va institut 
I
faoliyati, uning xodinrlari hamda talabalari slta'ni va qadr qimmati hamda 
I
ishchanlik obro'siga salbiy ta'sir qiluvchi haqiqatga to'g'ri kelmaydigan, asossiz 
I
va tekshirilgan dalillarga asoslanmagan turli xil ko'rinishdagi ma'lumot, fikr, 
I
mulohaza va munosabatlarni internet, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa 
I
ommaviy axborot manbalarida, tarqatuvchilarda, tashuvchilarda paydo bo'lishi 
I
(oshkor etilishi) hamda shunday ma'lumotlarga ijobiy munosabat bildirish 
I
("layk" bosish, repost qilish) mazkur talaba va doktorantning o'qishiga, 
I
xodimning esa institutda mehnat laoliyatini yuritishiga to'sqinlik qiladigan 
I
g'ayriaxloqiy va nojo'ya xatti-harakat hisoblanadi.
S-bob. Institut rahbariyatining odob-axloqqa oid majburiyatlari va
kasbiy faoliyatda manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslikka oiq
tartiblar
I 5-modda. Rahbarning majburiyatlari
Rahbariyat hamda tarkibiy bo'linma rahbarlari (keyingi o'rinlarda
rahbar) o'ziga bo'ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionallik,
xolislik, soflik va adolatda o'rnak bo'ljshi, institut yoxud uning tarkibiy
bo'linmasida ijobiy, ma'naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko'maklashishi
lozim. Rahbar bo'ysunuvchi xodimlardan ulaming xizmatvazifalari doirasidan
chiquvchi topshiriqlami bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga
xilof xatti-harakatlarni sodir etish$a undamasligi kerak.
Rahbar o'z faoliyatida:
I(adrlarni qarindoshlik, hamshaharlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari
bo'yicha tanlash va joy-joyiga qo'yish va mehnat munosabatlarida kamsitish
holatlariga yo'l qo'ymasligi ;
Guruhbozlik, mahalliychilik, favoritizrTgz, shuningdek, o'z xizmat
vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning kelib chiqishiga yo'l
qo'ymasligi;
Qo'pollik qilnrasligi, odamlarning sha'ni va qadr-qimmatini
kamsitmasl igi, ularga psixologik va j isrnoniy ta'sir ko'rsatmasligi ;
r
Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish I
yuzasidano'zvaqtidachora-tadbirlarko'rishit 
mulkka va moliyaviy mablag'larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan 
I
munosabatda bo'lishi shart, I
Rahbar qo'l ostidagi xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishlarini 
I
talab qilishi va uni ta'minlashga mas'uldir' 
]
6-bob. Xodim, talaba va doktorantlarning o'zaro munosabatlariga oid
talablar
l6,modda. Xodim, talaba va doktorantlarning o'zaro munosabatlari
Xodim, talaba va doktorantlarning o'zaro munosabatlari milliy
qadriyat va an'an alar, yagona jamoaviy rnuhit, o'zaro hurmat va e'tibor,
do'stiil<, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga asoslanishi lozim.
Xodim, talaba va doktorantlarnin g o'zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik, shaxsiyatni kamsitish, o'zganing intellektual mulkini
o'zlashtirib olish, qo'pollik, behayo so'zlar ishlatish, mushtlashish qat'iyan
man etiladi.
pedagog xodimlar tomonidan talabalarga nisbatan o'quv va tarbiya
jarayonidagi yuqori talabchanlik ularning shaxsini hurmat qilish bilan
birgalikda amalga oshirilishi kerak.
l7-modda. Pedagog xodim va talabalarning auditoriya va undan
tashqaridagi o'zaro munosabatlari '
Pedagog xodimlar o'quv jarayoni va boshqa holatlarda ham
talabalarning shaxsini hurmat qilishi, ular bilan munosabatda ochiqlik va
xayrixohlik tamoyillariga amal qili.sh, talabalarga ta'lim berish jarayonida o'z
vaz\falarini beg'ai az amnlga oshirishi, talabaga munosabatda ularni kamsitish,
qo'pol so'z ishlatish, o'zini yuqori tutish va tanish-bilishchilik kabi yondashuv
shakllarini mutlaqo qo'llamaslik, ularga nisbatan doimo haqqoniy
munosabatda va xolis bo'lishlari shart.
pedagog xodirnlar talabalarga ularni qiziqtirgan fan yoki o'quv kursiga
oid prasalalar yuzasidan dars jarayonidan tashqari vaqtlarda bergan
savollariga ham axloq meyorlariga amal qilgan holda javob qaytarishlari va
ularni {anga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqlarini oshirish choralarini ko'rishlari
zarur.
l8-modda. Akademik ta'qib va tazyiqqa yo'l qo'yilmasligi
Institut hayotida rahbariyat yoki pedagog xodim tomonidan talabalarni
ularning roziligisiz muayyan ishlarga jalb etganlik, haq to'lamasdan ularning
mehnat kuchidan foydalanish (institut va unga biriktirilgan boshqa hududda
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Yaz.irlar Mahkamasining tegishli
qarori bilan xavfsizlik standartlariga qat'iy rioya qilingan holda ixtiyoriy
shanbalik va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etilgan hollar bundan mustasno)
maqsadida ularga murojaat etilganida, talabalar tomonidan bunday so'rovga
rad javobining berilishi pedagog xodim tomonidan kelgusida ularga dars
mashg'ulotida past baho qo'yish yoki boshqa turdagi tazyiq va ta'qib
(academic harassrnent) qilish bilan bog'liq munosabat ko'rsatilishiga imkon
bermaydi va bunday ta'qib qattiq qoralanadi.
I 9-modda. Subordinatsiya
Rahbar xodimlarga xodim, talaba va doktorantlar tomonidan biron-bir
masala yuzasidan vuiudga kelgan holatlar bo'yicha murojaat qilinishi
muayyan tarlib (subordinatsiya tarno;zili), ya'ni munosabat bildirishdagi
rahbariyat bo'g'inlariga bosqichma-bosqich chiqish asosida tashkil etiladi.
Institut rektoriga talabalarning to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish holatlari
bundan mustasno.
Jismoniy va yuridik shaxslarga murojaat qilganda salomlashish odobiga
to'liq rioya qilishlari , o'zini to'liq tanishtirishi, so'ngra murojaat qilish
sababini va maqsadini tushuntirib, diqqat va sabr-toqat bilan ularni eshitishi
kerak.
Beri I gan barcha savol larga, muroj aatchilarga xushmuomalal ik bilan j avo6
berishi, ularga yotig'i bilan tushuntirishi, iloji boricha yordamlashishi,
imkoniyat bo'lmaganda esa tegishli maslahatlar berishi zarur.
20-modda. Odob-axloqqa oid majburiyatlar
Institutga Xodim, talaba va doktorantlar, ishga kirayotgan shaxslar
mazkur Kodeks bilan yoznla ravishda (inrzo chektirib) tanishtiriladilar.
Xodirn. talaba va doktorantlar:
Qonun hujjatlari va mazkur Kodeks talablariga rioya etishga;
Doirlo yuksaklikka intilish,,fralollik va adolat bilan hayot kechirish kabi
ol ij anob fazilatlarni chuqur anglashga;
Odob-axloqqa oid milliy an'analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni
hurmat qilishga;
O'z ustilarida doimiy ravishda ishlash va qabul qilinayotgan qonun
hujjatlarini muntazam ravishda o'rganib borishga;
O' z v azifal ari n i vij donan, professi onal daraj ada amal ga oshiri shga;
Institut obro'-c'tibori va nufuziga dog' tushiradigan har qanday
harakatlarni sodir etishdan o'zini tiyishga;
Institut to'g'risidagi axborotlardan uning manfaatlari va ishchanlik
obro'siga ziyon yetkazish maqsadida foydalanmaslikka;
Belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya qilish, o'z vazifalarini
og'ishmay Ua;arishga, xodim, talaba va doktorantlarning shaxsiy va oilaviy
muammolarini muhokarna qilmaslikka, hech bir shaxs haqida jinsi, irqi,
millati, tili, diniy e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va lavozimi haqida hamda
boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar noto'g'ri fikr yuritmaslikka va uni
kamsitmaslikka;
Xodim, talaba va doktorantlar, shr-rningdek, boshqa shaxslar haqida turli
ig'vo, fitna, g'iybat va bo'htonlar uyushtirrnaslikka va tarqatmaslikka;
Institut isSchanlik obro'si yoki nufuziga putur yetkazadigan nizoli
v aziy atlarga yo' I qo'Ymasl ikka;
Xodim, talaba va doktorantning mehnat va o'quv jarayonidagi sa'yharakatlari ga qasddan ziyon y etkazmasl ikka;
Xotin-q izl arni ng sha'n i va qadr-q i mmati ni kamsitadi gan harakatl ar sodir
etmaslikka, shilqimlik qilmaslikka, o'zaro munosabatlarda umume'tirof etilgan
axloq qoidalarini mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so'zlardan
foydalanmaslikka;
Davlat org,anlari va mansabdor shaxslarning, shuningdek, institut
rahbariyatining o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini
(topshiiiqlarini) o'z vaqtida va sifatli bajarishga; shaxsiy foydasi hamda
o'zgalar manfaatini ko'zlab o'z mavqeini suiste'mol qilmaslikka;
Haqiqatni gapirishga, rahbarlar va boshqa xodimlarni chalg'itmaslikka;
Mutasaddi xodimlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini
o'rnatmaslikka;
Kasbiy f,aoliyati davomida o'zlariga ma'lum bo'lgan, ularning oshkor
etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladigan
axborotrring saqlanishi va maxfiyligini ta'minlash yuzasidan barcha choralarni
ko'rishga;
Sog'lom turmush tarzini
g'amxo'rlik qilish, estetik
ko'maklashishga;
yuritish va atroldagilarning sog'lig'ini saqlashga
va ekologik madaniyatning o'sishiga
'tanqidiy mulohazalarni bildirishga va obyektiv qaror qabul qilishga,
xato va kamchiliklarini anglash va bartaraf etishga;
dimog'dorlik, manmanlik, qo'pollik qilishi;
kinoyali, dag'al tarzdatanbeh berishi;
gapirganda inson qadr-qimmatini tahqirlovchi piching va kinoyali
so'zlarni ishlatishi;
o'z
jismoniy va yuridik shaxslarga asoslanmagan ayblar qo'yishi yoki tahdid
soluvchi hamda ularning qadr-qimmati, shaxsini tahqirlovchi boshqa xattiharakatlarga yo'l qo'yish qat'iyan taqiqlanadi
7-bob. Yakuniy qoida
2t-modda. Kodeksning
qo'shimchala r kiritish
kuchga kirishi hamda unga o'zgartish va
Mazkur kodeks institut kengashi tomonidan tasdiqlanganidan so'ng
kuchga kiradi va unga o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritish Institut
Kengashi qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Yangiliklar

PSIXOLOG FAOLIYATI
2024-05-03
  • 0
  • PSIXOLOG FAOLIYATI

    Foydali sahifalar

    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    Ta'lim portali
    Ta'lim portali
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali