Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

ODOB-AXLOQ KODEKSI

 

Shahrisabz davlat pedagogika inistitutining 

ODOB-AXLOQ KODEKSI

1-BOB UMUMIY QOIDALAR

Turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga  yot boʻlgan gʻoya va

qarashlar, ekstremizm, separatizm. fundamentalizm va “ommaviy madaniyat”ning ta’sir hamda xurujlarni targʻibot-tashviqot qilinishiga oid harakatlarni oldini olish; mazkur nomaqbul  xatti- harakatlar  sodir etilishining sabab va shart-

sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish; xodim, talaba va doktorantlarda yuksak huquqiy ongni shakllantirish orqali Oʻzbekiston Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash; xodim, talaba va doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish koʻnikmalarini shakllantirish va yuksaltirish;

xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;

                 Institutda     sogʻlom     ijtimoiy-psixologik     muhitni     shakllantirish     va

rivojlantirish;

xodim, talaba va doktorantlarda tashqi koʻrinishga oid madaniyatni

shakllantirish  uchun sharoitlar yaratish;

Institutning davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzi, obroʻ-e’tiborini asrab-avaylash va yanada oshirish.

3-modda.  Kodeksning amal qilish doirasi

Ushbu Kodeks Institutning barcha xodim, talaba va doktorantlariga nisbatan tatbiq etiladi.

2-bob. Kodeksning prinsiplari

 

4-modda. Institut xodim, talaba va doktorantlari xulq-atvorining  asosiy prinsiplari

Mazkur Kodeks qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik, xizmat va oʻqish burchiga sodiqlik, adolat, halollik va xolislik, samaradorlik va tejamkorlik prinsiplariga asoslanadi.

5-modda. Qonuniylik prinsipi

Institut       xodim,        talaba          va      doktorantlari         Oʻzbekiston          Respublikasi qonunchiligiga soʻzsiz rioya qiladilar hamda oʻz xizmat va oʻqish majburiyatlarini lavozim yoʻriqnomalari, mehnat shartnomalari, ushbu Kodeks qoidalari, Institut

Ichki tartib qoidalari hamda ta’limga oid boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq bajaradilar.

6-modda.Fuqarolarning         huquqlari, erkinliklari          va      qonuniy  manfaatlariningustuvorligi prinsipi

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari Institutning oliy qadriyati boʻlib hisoblanadi. Institutning  xodim, talaba va doktorantlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaydilar va bunday buzilishlar roʻy bergan hollarda ularni tiklashga koʻmaklashadilar.

7-modda. Vatanparvarlik, xizmat va oʻqish burchiga sodiqlik prinsipi

Institutning xodim, talaba va doktorantlari oʻqish va xizmat faoliyatlarini ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, xizmat va oʻqish burchiga sodiqlik asosida jamiyatning Institutga boʻlgan talabi va ishonchini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Xodim, talaba va doktorantlar oʻz oʻqish va xizmat burchlarini oʻzaro xayrixohlik, oʻz manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qat’iy nazar lozim darajada bajaradilar.

8-modda. Adоlat, halollik va xolislik prinsipi

Institut xodim, talaba va doktorantlari oʻz xizmat va oʻqish faoliyatlarini amalga oshirishda adolatli, halol va xolis boʻlishlari hamda Institutga, unga tegishli boʻlgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu prinsip talablari asosida munosabatda boʻlishlari shart.

9-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi

Institutning xodim, talaba va doktorantlari oʻz faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa yoʻllar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar.

Institutning xodim, talaba va doktorantlari, oʻz navbatida Institutning mulkiga, oʻzining va boshqa shaxslarning mulkiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.

 

3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish

 

10-moddа. Korrupsiyaning har qanday shakl va koʻrinishini  qabul qilmaslik

Institutning xodim, talaba va doktorantlari korrupsiyaning har qanday shakli va koʻrinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon boʻlishiga qarshi hamjihatlikda qonuniy choralarni koʻradilar.

Xodim, talaba va doktorantlar korrupsiyaga qarshi kurashishlari va uning profilaktikasiga faol koʻmaklashishlari, shuningdek, Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashishga oid hujjatlar talablarini soʻzsiz bajarishlari, oʻz faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan holda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etishlari shart.

 

4-bob  Xodim, talaba va doktorantlar yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablar

 

11-modda. Institutda kiyinish va tashqi koʻrinishga oid qoidalar

Institutning xodim, talaba va doktorantlari oʻz oʻqish va kasbiga mos boʻlgan zamonaviy kiyimda boʻlishlari lozim.

Institut xodimi, talabasi va doktoranti boʻlgan xotin-qizlar tanani shaffof koʻrsatib turadigan, yelka, koʻkrak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metal buyumlar bilan, tanasining koʻrinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada Institutga kelishlari mumkin emas.

Talaba-qizlar Institutga och rangli va yorqin rangda boʻlmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka, klassik turdagi shimlar yoki odmi kostyum va toʻq rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, oʻzlari bilan zaruriy oʻquv vositalarini olib kelishlari shart.

Institut xodimi, talabasi va doktoranti boʻlgan erkaklar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang koʻylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum va toʻq rangdagi poyabzalda, soqoli talab darajasida olingan va sochi tartibga solingan holda kelishlari lozim. Bunda, talabalar oʻzlari bilan zaruriy oʻquv vositalarini olib kelishlari shart.

Xodim, talaba va doktorantlarga professionallikka va tanlagan kasbiga xos tarzda kiyinish targʻib qilinadi.

Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka hamda bosh kiyim kabilar)da yurishlari taqiqlanadi.

Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza boʻlmogʻi lozim.

Shuningdek, xodim, talaba va doktorantlarning Institutga kelishi ruxsat

etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda milliylikka zid submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (kipa, kashaya, xoch, hijob, yuzning asosiy qismini toʻsib qoʻyuvchi jagʻ ostidan oʻralgan roʻmol va boshqalar) qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Dam olish kunlari (shanba va yakshanba) erkin ust-boshda (tanani shaffof koʻrsatib turadigan, yelka, koʻkrak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan, turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi kiyimda kelish bundan mustasno) kelishga ruxsat etiladi (rasmiy tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilinganlar belgilangan kiyinish tartibiga amal qilgan holda keladi).

12-modda.  Majlis va yigʻinlarda ishtirok etish

Institutning xodim, talaba va doktorantlari turli tadbirlar (majlislar, tantanali yigʻilishlar, uchrashuvlar, bayramlar)dagi ishtiroki jarayonida soʻzga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishlari, tadbir davomida tinchlik va osoyishtalikni saqlashlari shart boʻlib, raislik qiluvchi va moderatorning ruxsatisiz luqma tashlash va soʻzga chiqish mumkin emas. Zarurat tugʻilganda nutqlar oʻrtasida majlislar zalidan chiqib-kirish mumkin.

13-modda.  Binolarda yurish-turish qoidalariga amal qilish

Binolarga kirish va chiqish joylarida, shuningdek, yoʻlaklarda talabalar xodimlarni, erkaklar ayollarni, yoshlar esa kattalarni oʻzlaridan oldin oʻtkazib yuborlshlari lozim.

Binoga kirayotgan Institut xodim, talaba va doktorantlari binolarga kiribchiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (ruxsatnoma, talabalik guvohnomasi, pasport va h.k.) ochiq holda koʻrsatishlari yoki maxsus berilgan ID-karta va feys-kontrol orqali turniketlardan oʻtishlari shart.

Xodim, talaba va doktorantlar Institut hududida yoʻlning oʻng tomonidan yurishlari, shuningdek, yoʻlak va binolarda mobil aloqa vositalari orqali baland ovozda gaplashmasliklari kerak. Bir-birlariga duch kelganda salomlashishlari, bunda: talabalar xodimlarga, yoshlar kattalarga birinchi boʻlib salom berishlari tavsiya etiladi.

 

14-mоddа. Xodim, talaba va doktorantlarning rasmiy  muloqot me’yorlari

Institut xodim, talaba va doktorantlari tashkilot va muassasalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolar bilan oʻzaro munosabatga kirishganda quyidagi rasmiy muloqot me’yor va qoidalariga amal qilishlari kerak:

oʻz harakatlarini Institut manfaatlarini koʻzlab amalga oshirish, uning imijini saqlash va oshirish, Institut, uning xodimlari, talabalari va doktorantlari nomi va manfaatlariga ziyon yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik, shuningdek, ular biIan muloqot qilganda hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi yozishmalarida oʻzlarining na’munali xulq-atvori bilan Oliy Institut haqida yuksak ijobiy taassurot oʻygʻotish;

Institut, uning xodim, talaba va doktorantlari haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan yoki notoʻgʻri talqin qilingan, notoʻgʻri talqin qilish uchun imkon beradigan ma’lumotlarni tarqatmaslik, bunday ma’lumotlar tarqalishiga yol qoʻymaslik, shuningdek, jamoat oldida va ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzuda chiqishlar qilmaslik; xodim, talaba va doktorantlarning roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga oid

ma’lumotlarni oshkor qilmaslik; xodim, talaba va doktorantlar haqida ularning kasbiy va oʻquv faoliyatiga

oid boʻlmagan ma’lumotlarni aniqlashtirmaslik; xizmat axborotlarini taqdim etish qoidalariga amal qilish; soʻralgan axborotni yetarlilik (haddan tashqari qisqa shu bilan birga oʻta keragidan ortiq) va ishonchlilik (qayta tekshirishni talab qilmaydigan) talablariga muvofiq holda taqdim etish; oʻz xizmat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma'lumotlardan maqsadga muvofiq boʻlmagan tarzda foydalanmaslik, shuningdek, ularni Institut rahbariyati ruxsatisiz tarqatmaslik; xodim, talaba va doktorantlarning ta’lim jarayonidagi faoliyati va kasbiy harakatlarini asossiz tanqid qilmaslik, jamoat oldida chiqishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va turli xil ijtimoiy tarmoqlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va Institut faoliyati, uning xodimlari harakatlarini haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, asossiz va aniq dalillarga asoslanmagan holda muhokama qilmaslik va ular haqida baho berib, fikr-mulohazalar bildirmaslik.

 

15-modda. Ish va oʻqish vaqtiga rioya qilish

Xodim, talaba va doktorantlar dars mashgʻulotlari va ishga oʻz vaqtida kelishlari, mehnat hamda oʻqish intizomiga rioya qilishlari shart.

16-modda. Institutda gʻayriaxloqiy va nojoʻya xatti-harakatlarni sodir etishga yoʻl qoʻyilmasligi

Talaba va doktorantning oʻqishiga, xodimning esa Institutda mehnat faoliyatini yuritishiga toʻsqinlik qiladigan quyidagi gʻayriaxloqiy va nojoʻya xattiharakatlarni sodir etishi qat’iyan taqiqlanadi:

har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish, jumladan, tuhmat qilish,

haqoratlash; giyohvand moddalar, psixotrop, sintetik vositalar va ulaming analoglari, alkogol va tamaki mahsulotlari, vayp, chilim, elektron sigaretlar va sarxush

qiluvchi boshqa vosita hamda moddalarni iste’mol qilish va tarqatish; tinchlik yoki osoyishtalikka qarshi tajovuz qilish, janjallashish, qimor va

tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻynash;

Institutga moddiy va uning ishchanlik obroʻsiga salbiy ta’sir etuvchi ma’naviy zarar yetkazish;

xodim, talaba va doktorantlarga jismoniy, ma’naviy yoki moddiy zarar

yetkazish; xodim, talaba, doktorant yoki boshqa shaxslaming mulkiga, moddiy qimmatliklariga egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun turli koʻrinishda egallab olish, basharti ushbu holat tegishli asoslar bilan oʻz tasdigʻini topsa;

Institut atrof-muhitini har qanday koʻrinishda ifloslantirish;

Institut binolari va hovlisida, shuningdek, Institut binolariga tutashgan hududda spirtli ichimliklar ichish va tamaki yoxud boshqa turdagi mahsulotlar chekish hamda mast holda boʻlish tashqi koʻrinishga va ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga zid ravishda soch-soqoli oʻsgan, toʻzgʻigan, sochlarini noodatiy biг yoki bir necha ranglarga boʻyalgan va kiyinish talablariga rioya qilmagan holda kelish;

Institutga tegishli kompyuterlarda Institutga tegishli boʻlmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy ma’lumotlar, behayo surat va filmlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targʻib qiluvchi, ekstremistik, separatistik va fundamentalistik kayfiyatdagi har qanday materiallarni tayyorlash, koʻrish, saqlash, tarqatish va ularga da’vat etish; oʻquv mashgʻulotlari va ishga hamda xodim va talabalarning osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatt.-harakatlar sodir etish (radiouzatgich, televizor, multimedia va ovoz chiqaruvchi moslamalardan maqsadsiz foydalanish); xodimlar, talabalar va doktorantlar tamonidan soxta ma’lumot va hujjatlarni

taqdim etish; xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan Institut hujjatlariga qasddan oʻzgartirish kiritish yoki ularni yoʻq qilish (boʻyash, oʻchirish, qoʻshimcha yozuvlar kiritish yoki zarar yetkazish);

oʻquv jarayoniga oid qoida va talablar buzilishi bilan bogʻliq holatlar

akademik halollikka oid ichki me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi; umumbashariy va milliy qadriyatlarga xos boʻlmagan yoki Institut, uning xodimlari nufuziga putur yetkazadigan materiallarni Internet tarmogʻi va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish yoki ulardan turli nomuvofiq maqsadlarda foydalanish.

Xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan Institutning ishchanlik obroʻsi, qadr-qimmati va nufuzini tushiradigan, ta’lim jarayonining ma’naviy buzilishiga olib keladigan agressiya, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, zoʻrlash va vaxshiylik, vandalizm, millatlararo nizo qoʻzgʻatadigan, ta'qiqlangan diniy yoʻnalishdagi, terrorizim, ekstremizm, va fundamentalizm, shuningdek, behayo va ishqiy sahnalami namoyon qiladigan fotosuratlar, video va audioyozuvlardan foydalanish va ulaming tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, Institut faoliyati, uning xodimlari hamda talabalari sha’ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obroʻsiga salbiy ta’sir qiluvchi, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, asossiz va tekshirilgan dalillarga asoslanmagan turli xil koʻrinishdagi ma’lumot, fikr, mulohaza va munosabatlarni Internet, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa ommaviy axborot manbalarida, tarqatuvchilarda, tashuvchilarda paydo boʻlishi (oshkor etilishi) mazkur talaba va doktorantning oʻqishiga, xodimning esa Institutda mehnat faoliyatini yuritishiga toʻsqinlik qiladigan gʻayriaxloqiy va nojoʻya xatti-harakat hisoblanadi.

5-bob. bob. Institut rahbariyatining odob-axloqqa oid majburiyatlari va kasbiy faoliyatda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka oid tartiblar

17-modda. Rahbarning majburiyatlari 

Rahbariyat hamda tarkibiy boʻlinma rahbarlari (keyingi oʻrinlanda – rahbar) oʻziga boʻysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionallik, xolislik, soflik va adolatda oʻrnak boʻlishi Oliy ta’lim muasaasasi yoxud uning tarkibiy boʻlinmasida ijobiy, ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga koʻmaklashishi lozim. Rahbar boʻysunuvclii xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiquvchi topshiriqni bajarishini talab qilmasligi shuningdek, qonunga xilof xatti- harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.

Rahbar oʻz faoliyatida:

kadrlarni qarindoshlik, hamshaharlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari boʻyicha tanlash va joy-joyiga qoʻyish  va mehnat munosabatlarini kamsitish holatlariga yoʻl qoʻymasligi; guruhbozlik, mahalliychilik, lavozimga, shuningek, oʻz xizmat vazifalarini

bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning kelib chiqishiga yoʻl qoʻymasligi; qoʻpollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi,

ularga psixologik va jismoniy ta’sir koʻrsatmasligi:

manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan

oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrishi; korrupsiyaning oldini olish choralarini kо'rishi; xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet  tarmogʻi, kutubxona fondi va axborof resurslaridan erkin foydalanishlari, hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni ichki imkoniyatlardan kelib chiqib yaratib berishi; xodimlar faoliyatini samarali tashkil etib, oʻziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablagʻlarga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda boʻlishi shart.

Rahbar qoʻl ostidagi xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishlarini talab qilishi va uni ta'minlashga mas'uldir.

 

6-bob. Xodim, talaba va doktorantlarning oʻzaro munosabatlariga oid talablar

 

18-modda. Xodim , talaba va doktorantlarning oʻzaro munosabatlari 

Xodim, talaba va doktorantlarning oʻzaro munosabatlari milliy qadriyat va an'analar, yagona jamoaviy muhit, oʻzaro hurmat va e'tibor, doʻstlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga asoslanishi lozim.

Xodim, talaba ya doktorantlarning oʻzaro munosabatlarida inson qadrqimmatiga hurmatsizlik, shaxsiyatni kamsitish, oʻzganing intellektual mulkini oʻzlashtirib olish, qoʻpollik, behayo soʻzlar ishlatish, mushtlashish qat'iyan man etiladi. 

Pedagog xodimlar tomonidan talabalarga nisbatan oʻquv va tarbiya jarayonidagi yuqori talabchanlik ularning shaxsini hurmat qilish bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.

 

l9-modda. Pedagog xodim va talabalarning auditoriyadagi va undan  tashqaridagi oʻzaro munosabatlari

 Pedagog xodim auditoriyaga kirganida, barcha talabalar oʻrinlaridan turib hurmatlarini bildirgan holda kutib olishlari, soʻngra pedagog xodim salomlashib, oʻtirishga ruxsat bergach, oʻz joylarini egallashlari kerak. Pedagog xodim darsini tugatib, auditoriyadan chiqib ketayotganda ham talabalar oʻrinlaridan turib, kuzatib qoʻyishlari lozim. 

Pedagog xodimlar oʻquv jarayoni va boshqa holatlarda ham talabalarning shaxsini hurmat qilishi, ular bilan munosabatda ochiqlik ya xayrixohlik tamoyillariga amal qilish, talabalarga ta'lim berish jarayonida oʻz vazifalarini begʻaraz amalga oshirishi, talabaga munosabatda ularni kamsitish, qoʻpol soʻz ishlatish, oʻzini yuqori tutish va tanish-bilishchilik kabi yondashuv shakllarini mutlaqo qoʻllamaslik, ularga nisbatan doimo haqqoniy munosabatda va xolis boʻlishlari shart. 

Pedagog xodimlar talabalarga ularni qiziqtirgan fan yoki oʻquv kursiga oid masalalar yuzasidan dars jarayonidan tashqari vaqtlarda bergan savollariga ham axloq me'yorlariga amal qilgan holda javob qaytarishlari va ularni fanga boʻlgan qiziqish va ishtiyoqlarini oshirish choralarini koʻrishlari zarur.

 

20-modda. Akademik ta'qib va tazyiqqa yoʻl qoʻyilmasligi

Institut hayotida rahbariyat yoki pedagog xodim tomonidan talabalarni ularning roziligisiz muayyan ishlarga jalb etganlik, haq toʻlamasdan ularning mehnat kuchidan foydalanish (Institut va unga biriktirilgan boshqa hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga qat'iy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etilgan hollar bundan mustasno) maqsadida ularga murojaat etilganida, talabalar tomonidan bunday soʻrovga rad javobining berilishi pedagog xodim tomonidan kelgusida ularga dars mashgʻulotida past baho qoʻyish yoki boshqa turdagi tazyiq va ta'qib (academic harassment) qilish bilan bogʻliq munosabat koʻrsatilishiga imkon bermaydi va bunday ta’qib qattiq qoralanadi.

 

21-modda. Uyali aloqa vositalaridan foydalanish

Dars mashgʻulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun qat'iyan taqiqlanadi. Uyali aloqa vositalaridan foydalanishga zarur va uzrli holatlarda pedagog xodimning ruxsati bilangina ruxsat etilishi mumkin.

 

22-modda. Dars mashgʻulotida ishtirok etish

Talabalarning darsga kech qolib kelishlariga yoʻ1 qoʻyilmaydi. Lekin uzrli sababga koʻra darsga kech qolgan talaba uzr soʻrab, pedagog xodimning ijozati bilan auditoriyaga kirib oʻz joyini egallashi mumkin. 

Pedagog xodim dars mashgʻulotlariga oʻzining nojoʻya harakatlari bilan xalaqit berayotgan talabani yuzaga kelgan vaziyat haqida fakultet dekanini (u oʻz oʻrnida boʻlmaganda dekan oʻrinbosari yoki tyutor-guruh murabbiysini) xabardor qilgan holda darsdan chetlatishi mumkin.

 

23-modda. Dars mashgʻulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish

Talaba uchun pedagog xodim bilan dars mashgʻulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati boʻlsa, u holda muloqot: 

maslahat soatlari, mustaqil ish yoki oʻzaro kelishuv boʻyicha belgilangan

vaqtda amalga oshirilishi mumkin;  talaba oʻzi muloqot qilmoqchi boʻlgan pedagog xodimning lavozimi, ismi,

otasining ismi va familiyasini bilishi maqsadga muvofiq. 

Asoslangan jiddiy sabablar (qoʻpollik, tamagirlik, dars sifatining pastligi, pedagog xodimning aybi bilan mashgʻulotlar oʻtkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar va b.) hamda guruh (kurs)ning yakdil fikri mavjud boʻlgan holatlarda talabalar pedagog xodimni almashtirish haqida iltimos bilan fakultet dekaniga murojaat qilishlari mumkin. 

 

24-modda. Subordinatsiya

Rahbar xodimlarga xodim, talaba va dotorantlar tomonidan biron-bir masala yuzasidan vujudga kelgan holatlar boʻyicha murojaat qilinishi muayyan  tartib (subordinatsiya tamoyili), ya’ni munosabat bildirishdagi rahbariyat boʻgʻinlariga bosqichma-bosqich chiqish asosida tashkil etiladi. Institut rektoriga talabalarning toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish holatlari bundan mustasno.

 

25-modda. Tashabbus va faollik 

Xodim, talaba va doktorantlarning Institutda ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ta'lim sifatini oshirish, innovatsion gʻoyalardan samarali foydalanish, turli xil manfaatli tadbirlar uyushtirish boʻyicha tashabbus va gʻoyalari ragʻbatlantiriladi. 

 

7-bob. Xodim, talaba va doktorantlarning odob-axloqqa oid majburiyatlari

 

26-modda. Odob-axloqqa oid majburiyatlar

Institutga oʻqishga, ishga kirayotgan shaxslar mazkur Kodeks bilan yozma ravishda (imzo chektirib) tanishtiriladilar.

Xodim, talaba va doktorantlar:

qonun hujjatlari va mazkur Kodeks talablariga rioya etishga;  doimo yuksaklikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi

olijanob fazilatlarni chuqur anglashga;  odob-axloqqa oid milliy an'analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni hurmat

qilishga; 

oʻz ustilarida doimiy ravishda ishlash ya qabul qilinayotgan qonun

hujjatlarini muntazam ravishda oʻrganib borishga;  oʻz vazifalarini vijdonan, professional darajada amalga oshirishga; 

Institut obroʻ-e'tibori va nufuziga dogʻ tushiradigan har qanday harakatlarni sodir etishdan oʻzini tiyishga;

 Institut toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va ishchanlik obroʻsiga ziyon yetkazish maqsadida foydalanmaslikka; 

Institut mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish (koʻchar va koʻchmas mulk, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga va b.), shu jumladan, xizmat vazifasini bajarish uchun berilgan moddiy texnika vositalaridan toʻgʻri va tejamkorona foydalanishga;  elektr energiyasi va suvni tejamkorona ishlatishga;  biron-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, u haqda zudlik bilan Institut

rahbariyatiga xabar berishga;  belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya qilish, oʻz vazifalarini ogʻishmay

bajarishga, xodim, talaba va doktorantlarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilmaslikka, hech bir shaxs haqida jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va lavozimi haqida hamda boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar notoʻgʻri fikr yuritmaslikka va uni kamsitmaslikka;  xodim, talaba va doktorantlar, shuningdek, boshqa shaxslar haqida turli

igʻvo, fitna, gʻiybat va boʻhtonlar uyushtirmaslikka va tarqatmaslikka; 

Institut ishchanlik obroʻsi yoki nufuziga putur yetkazadigan nizoli vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslikka;  xodim, talaba va doktorantning mehnat va oʻquv jarayonidagi sa’y-

harakatlariga qasddan ziyon yetkazmaslikka; xotin-qizlarning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar sodir etmaslikka, shilqimlik qilmaslikka, oʻzaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini mensimaslikda ifodalanuvchi behayo soʻzlardan foydalanmaslikka;   davlat organlari va mansabdor shaxslarning, shuningdek, Institut rahbariyatining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) oʻz vaqtida va sifatli bajarishga; 

shaxsiy foydasi hamda oʻzgalar manfaatini koʻzlab oʻz mavqeini suiste’mol

qilmaslikka;  haqiqatni gapirishga rahbarlar va boshqa xodimlarni chalgʻitmaslikka;  mutasaddi xodimlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini oʻrnatmaslikka; kasbiy faoliyati davomida oʻzlariga ma’lum boʻlgan, ularning oshkor

etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladigan axborotning saqlanishi va maxfiyligini ta'minlash yuzasidan barcha choralarni koʻrishga;  sogʻlom turmush tarzini yuritish va atrofdagilarning sogʻligʻini saqlashga

gʻamxoʻrlik qilish, estetik va ekologik madaniyatning oshishiga koʻmaklashishga; tanqidiy mulohazalarni bildirishga va obyektiv qaror qabul qilishga, oʻz xato

va kamchiliklarini anglash v a bartaraf etishga;  moddiy jihatdan yaxshi ta'minlanganligini turli yoʻllar bilan ataylab koʻz-

koʻz qilmaslikka; 

Axborot-resurs matkazi xodimlari bilan xushmuomala boʻlishga, kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga, u yerda uyali aloqa vositalarini oʻchirib qoʻyish yoki ovozsiz rejimga qoʻyishga, baland ovozda soʻzlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslikka, oziq-ovqat ist’emol qilmaslik, qogʻoz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslikka, kitoblarni olish va topshirish tartibqoidalariga rioya qilishga;  sport majmuasiga sport kiyimi va poyabzalida kirishga;  sport inventarlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga;  mashgʻulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta

topshirishga;  sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilishga; 

Institut auditoriyalari, binolari va binolarga tutashgan hududda tozalikni  saqlashga;  hududni ifloslantirmaslik, chiqindilarni joylarda qoʻyilgan maxsus qutilarga

tashlashga;  shaxsiy avtomobilni taqiqlangan joyda qoldirmaslik, yoʻl harakati qoidalarini buzmaslik va mensimaslikka (beparvo boʻlish), shuningdek, transport vositalaridan foydalanishda xavf-xatar yaratmaslikka ;  ish (oʻqish)dan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslikka majbur. 

 

27-modda. Odob-axloqqa oid qoʻshimcha talablar  a) talabalar:

nutq madaniyatini doimiy takomillashtirib borishga;  talabalarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimini faol qoʻllab-quwatlash va

mustahkamlash, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ya jamoaviy madaniyatni oʻstirishga;  pedagog xodim bilan boshqa talabalarning bahosini muhokama qilmaslikka; yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir tartib-qoidani

bajarish vaqtida chetdan yordam olmaslik, oʻzgalarga yordam koʻrsatmaslikka;  boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni

oʻz nomidan topshirmaslikka;  mashgʻulotlarni sababsiz oʻtkazib yubormaslikka va darslarga sababsiz

kechikib kelmaslikka;  oʻquv mashgʻulotlari vaqtida Institut hududida behuda yurmaslikka; dars mashgʻulotlari oʻtilayotgan vaqtda fakultet dekanlari, magistratura

boʻlimi boshligʻining ruxsatisiz Institut hududidan ketib qolmaslikka;

Institut xodimlari va oʻqituvchilariga qoʻpollik qilmaslikka, ular bilan tortishmaslikka, agarda ular nohaq boʻlsa tegishli shaxslarga xabar berishga, oʻqituvchilarning shaxsiy hayotiga oid nooʻrin savollar bilan murojaat qilmaslikka, ularga nisbatan adovat saqlamaslikka;  xodim, talaba yoki doktorant bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganda oʻz hissiyotlarini jilovlashga va mazkur vaziyatni koʻrib chiqish boʻyicha tegishli boʻlinma va xodimlarga (murabbiy (tyutor) dekan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Talabalar Kengashi) murojaat qilishga;  oʻquv jarayonida faol, e'tiborli boʻlishga va pedagog xodimning

koʻrsatmalariga qat'iy rioya qilishga;  dars vaqtida gaplashmaslik hamda dars mashgʻulotiga taalluqli boʻlmagan

ishlar bilan shugʻullanmaslikka;  jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, stol va stullargayozmaslikka;  qogʻoz, saqich va boshqa keraksiz narsalarni auditoriyada qoldirib

ketmaslikka;  mashgʻulotlar      davomida    ovqatlanmaslik,    saqich         chaynamaslikka,

shuningdek, shaxsiy kompyuter va boshqa kommunikatsiya vositalaridan faqat pedagog xodim ruxsati bilan foydalanishga; pedagog xodimga mashgʻulotlar vaqtida savol yoki iltimos bilan qoʻl koʻtargan holda va ruxsat berilganidan soʻng murojaat qilishga;  umumiy ovqatlanish joylarida taomlarga buyurtma berish va olishda navbat

tartibiga hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishga; 

Talabalar turar joyi Ichki tartib qoidasiga qat'iy rioya qilishga; jamoat xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, imkon darajasida Institutga

jamoat transportida kelishga;

                b)    xodimlar: 

oʻz xizmat joyidagi tartib-intizomga va Institut ichki tartib qoidalariga rioya

qilishga;  ta'tildan oldin yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganda oʻz xizmat joyini talabga javob beradigan holatda qoldirishga, oʻz zimmasidagi orgtexnika vositalari va boshqa materiallarni, oʻziga topshirilgan, lekin hali yakunlanmagan vazifalarni boshqa shaxsga topshirmaslikka;  telefon orqali muloqot qilishda muomala madaniyati va axborot taqdim etish qoidasiga rioya qilishga (jumladan, suhbatni eng avval rasmiy tarzda salomlashishdan boshlab, soʻng oʻz xizmat muassasasi, lavozimi hamda familiyasi, ismi, sharifini aytib, maqsadga oʻtish lozim, taqdim etilayotgan axborot maksimal qisqa, loʻnda va aniq boʻlishi kerak, soʻralayotgan ma'lumot suhbat jarayonida izlanishi tufayli telefon tarmogʻini band qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, zarurat boʻlsa, qayta qoʻngʻiroqni amalga oshirish mumkin);  yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga;  yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot boʻlgan ekstremistik ta'sirlardan, "ommaviy madaniyat" xurujlaridan ogoh etib borishga;  ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda va ma’rifiy ishlarning

samarali shakl hamda uslublarini ishlab chiqishga koʻmaklashishga;  oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga shubha tugʻdiradigan xatti-

harakatlarni qilmaslikka, talabalar bilan oʻz hamkasblarini kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilmaslikka;  dars mashgʻulotlariga kechikib kelgan yoki boshqa sabablarga koʻra talabalarni oʻquv mashgʻulotlaridan chiqarib yubormaslikka, shuningdek, talabaga Institut talabalar safidan chetlashtirish (kursdan kursga qoldirish) yoki talabaning majburan oʻqishdan voz kechishiga undash bilan qoʻrqitmaslikka, uning asossiz talabalat safidan chetlashtirilishiga (kursdan-kursga qoldirilishiga) olib kelmaslikka;  ta'lim oluvchilarga nisbatan tazyiq oʻtkazish, tegajogʻlik va zoʻravonlik

qilish kabi sha'n va qadr-qimmatini kamsitadigan nojoʻya xatti- harakatlarni sodir etmaslikka; talabaga nisbatan adovatga bormaslikka;  akademik guruhda (kursda) talabalar xulqining umumiy madaniy holati

haqida fakultet dekanlariga kerak boʻlgan hollarda ta'sir choralari koʻrish lozimligi yuzasidan yozma ma'lumot taqdim etish kabi talablarni bajaradilar. 

 

8-bob. Ragʻbatlantirish va chora koʻrish tartibi

 

28-modda. Xodim va talabalarni ragʻbatlantirish 

Oʻquv yili davomida mazkur Kodeksga toʻla rioya qilgan, Institutda yuksak ma'naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishi ya mustahkamlanishiga oʻz hissasini qoʻshgan xodim va talabalar rahbariyat, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqa tarkibiy boʻlinma rahbarlari tavsiyasiga binoan belgilangan tartibda moddiy yoki ma'naviy ragʻbatlantirilishlari mumkin. 

 

29-modda. Kodeksga rioya qilishning attestatsiya va boshqa   jarayonlar uchun ahamiyati

Xodimlar tomonidan mazkur kodeksga rioya etilishi attestatsiyalar oʻtkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash (karyeraviy oʻsish) uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi. 

 

30-modda. Kodeks qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik 

Institut xodim, talaba va doktoranti tomonidan mazkur Kodeks qoidalarining buzilishi uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos boʻlib xizmat qiladi. 

 

31-modda. Kodeks va ichki tartib-qoidalarnin g oʻzaro munosabati

 Xodim, talaba va doktorantlar mazkur Kodeks qoidalarini buzganida, ularga nisbatan Institut Ichki tartib qoidalarining VII bobida (Mehnat va oʻqish intizomini buzganlik uchun javobgarlik) qayd etilgan choralar qoʻllaniladi. 

 

9-bob. Odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil etish

 

32-modda. Odob-axloq komissiyasi 

Mazkur Kodeks normalarining xodim, talaba va doktorantlar tomonidan buzilishiga oid masalalar, qoida tariqasida, Odob-axloq komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin. 

Shuningdek, odob-axloq komissiyasi, qoida tariqasida, Institut rektorining koʻsatmasi boʻyicha;  xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra;  oʻz tashabbusi bilan; 

Institut xodim, talaba va doktorantlaridan, shuningdek, Institutga aloqa kanallari orqali kelib tushgan axborot asosida ham ushbu turdagi masalalarni koʻrib chiqishi mumkin. 

Odob-axloq komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Odobaxloq komissiyasining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va uning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar Institut rektori tomonidan tasdiqlangan Odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi. 

 

33-modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi 

Odob-axloq kodeksining buzilishi holatlarini Odob-axloq komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Ayni vaqtda Institut rektoriga koʻrib chiqishi uchun qoidabuzar xodim, talaba va doktorantni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taklif kiritiladi. Yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishining xususiyatini hisobga olgan holda Odob-axloq komissiyasi xodim, talaba va doktorantga nisbatan Odob-axloq kodeksining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin. 

Odob-axloq kodeksiga rioya etmagan xodim, talaba va doktorantni intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha buyruq loyihasi fakultet dekanlari va magistratura boʻlimi (talabalarga nisbatan), kadrlar boʻlimi (xodimlar ya doktorantlarga nisbatan) tomonidan tayyorlanadi. Xodim, talaba va doktorantlar oʻzlari yoʻl qoʻygan qoida buzilishi, qoida buzilishining koʻrib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va oʻzini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek, Institut qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar. 

 

34-modda. Jamoatchilik nazorati

Xodim, talaba yoki doktorant xulq-atvori ustidan jamoatchilik nazotatini ta'minlash maqsadida, mazkur Kodeksga rioya etmaganlik holatlari Kasaba uyushmasi qoʻmitasi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotida ham muhokama qilinishi amaliyoti joriy etilishi mumkin. 

10-bob. yakuniy qoida

 

35-modda. Kodeksning kuchga kirishi hamda unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

 Mazkur Kodeks Institut Kengashi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng kuchga kiradi va unga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish Institut Kengashi qaroriga binoan amalga oshiriladi. 

Izoh: 

“Ta'lim toʻgʻrisida”gi Qonunning: 

46-moddasida ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi pedagogog xodimning majburiyatlaridan biri ekanligi; 

48-moddasida ustav (ta'sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga va ta'lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etish ta’lim oluvchilarning majburiyatlaridan biri ekanligi nazarda tutilgan. 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining:

                 22-moddasida     ichki     mehnat     tartibiga     rioya     etish     xodimning

majburiyatlaridan biri ekanligi; 

296-moddasida mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek, mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa masalalar ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilanishi nazarda tutilgan.

Yangiliklar

PSIXOLOG FAOLIYATI
2024-05-03
  • 0
  • PSIXOLOG FAOLIYATI

    Foydali sahifalar

    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    Ta'lim portali
    Ta'lim portali
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali