Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Ilmiy faoliyat

Ilmiy bo‘lim- 2023

Shahrisabz davlat pedagogika institutida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha ishlar 2023-yil uchun Kengash tomonidan tasdiqlangan reja asosida tizimli bajarib kelinmoqda.

2023- yilning 9 oyida Institutning 9 nafar professor-o‘qituvchilari, shulardan 8 nafari PhD falsafa doktori, bir nafari DSc fan doktori himoyasini amalga oshirgan.

2023-yil uchun ikkita 10.00.01-O‘zbek tili va 10.00.02-O‘zbek adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturaga 2 nafar doktorant qabul qilindi.

07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi ixtisosligi hamda 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan  tayanch doktorantura ochish boʻyicha asosnoma va tegishli hujjatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborildi (9.10.2023; 02-07-1651/01).

Pedagogika sohasida 2024-yilning birinchi choragida tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik uchun asosnoma yuborish bo‘yicha rejagaga kiritildi.

Ilmiy bo‘limda  9 oylik faoliyat davomida 3 nafar talaba nomdor stipendiya soxibi bo‘ldilar: 1 nafar Islom Karimov nomli, 2 nafar Alisher Navoiy nomli  stipendiyasi;

U.Marasulova tashabbusi bilan institutda 2023-yilning 4-mart sanasida 39-I buyrug‘i asosida  Suyuma G‘aniyeva stipendiyasi joriy qilindi. 2023-yilda 2 nafar talaba stipendiya sohibi bo‘ldilar. “Ulug‘bek vorislari” respublika bosqichida                2022-yilda bir nafar talaba g‘olib bo‘lgan bo‘lsa (Ilmiy rahbar: U.Marasulova), 2023-yilda 24 nafar talaba tuman, viloyat, respublika tanlovlarida ishtirok etdilar. Bir nafar talaba (Ilmiy rahbar: A.Berdiyev) Respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi. 2023-yilda Qashqadaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan stipendiya tanloviga ham saralash bosqichiga 5 nafar talabgorlarning hujjatlari taqdim etildi. Ulardan 2 nafari Hokim stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan 2-startaplar tanlovida bir nafar o‘qituvchining startap loyihasi (Tursunov Xusniddin) moliyalashtirishga (25 mln.so‘m) tavsiya etildi va loyiha bajarildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan 3-startaplar tanlovida  institut beshta startap loyiha bilan ishtirok etdi. Ulardan 3 nafari (277 mln.so‘m, 130 mln.so‘m, 80 mln.so‘m) moliyalashtirishga tavsiya etildi.

2023-yilda institutda 1 ta xalqaro anjuman, 1 ta respublika anjumani tashkil etildi.

2023-yilda esa 11 ta kafedra qoshida 196 mln.so‘mlik shartnoma bajarish rejalashtirilgan va 18 ta xo‘jalik va tijoratlashtirish shartnomalar imzolangan.             20-oktabr holatida 70 mln so‘m hisobga tushirilgan.

U.Marasulova tomonidan “Olima ayollar” tanloviga taqdim etilgan 1 ta amaliy loyiha (700.000.000) so‘mlik dastlabki ekspertizalardan o‘tib, ilmiy-texnik kengashga tavsiya etilgan.

2023-yilning sentabrida Tabiiy fanlar kafedrasi qoshida “Astronomiya o‘quv-ilmiy markazi” tashkil etildi, institut kengashida Nizomi tasdiqlandi va o‘z faoliyatini boshladi. 2024-yilda astronomiya sohasida fundamental loyihalar bajarish rejalashtirildi.

Yangi ARM qoshida Akseleratsiya Markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 8 dona zamonaviy kompyuter joylashtirildi. Doktorantlar uchun xona va sharoit yaratib berildi.

2024-yilda tijoratlashtirishni keyingi bosqichlarini takomillashtirish rejalashtirilgan:

Xorijiy tillarni (turk, ingliz, arab tillari) markazini tashkil etish;

Axborot texnologiyalari va dasturlash, sun’iy intellekt kurslarini yo‘lga qo‘yish;

Multimedia markazini tashkil etib, ta’limga oid elektron ta’lim zaxiralarini zamonaviy ko‘rinishda yaratish;

Institutda doimiy ravishda himoya qilgan tadqiqotchilar institutning 18-U sonli buyrug‘i asosida rag‘batlantirib boriladi (Institutda o‘tkazilgan Kengash bayonnomalari va qarorlari mavjud). Tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar bilan har chorakda gaplashib, ularga amaliy yordam beriladi. Himoyasi belgilangan tadqiqotchilarga xalqaro va mahalliy taqrizlar olishlarida doim yordam berib kelinadi. OAK bilan tizimli faoliyat olib boriladi.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali