Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"SPELLING BEE" MUSOBAQASI ORQALI TALABALARNING FONETIK BILIMI TEKSHIRUVDAN O‘TKAZILDI

Tillar fakulteti Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi tomonidan talabalarning ingliz tilidagi talaffuzi va fonetik ilmini oshirish maqsadida "Spelling bee" til savodxonligi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 50 nafardan ortiq talabalar ingliz tili so‘zlarini to‘g‘ri talaffuz qilish bo‘yicha bellashishdi.  Xorijiy tillar nazariyasi kafedrasi professor-o'qituvchilaridan tashkil topgan hakamlar tomonidan talabalarning bilim darajasi odillik bilan baholab borildi. 

Qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa so‘ngida 1-o‘rinni Bo‘riyeva Dilbar, 2-o‘rinni Islomova Nigora, 3-o‘rinni Xaqnazarova Nigina qo‘lga kiritib sertifikat bilan taqdirlanishdi. 

Tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan faqat ta’lim jarayonida emas, balki shunday turli xil musobaqa va o‘yinlar orqali talaba-yoshlarning ilmini oshirishga harakat qilinayotgani quvonarli holdir.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali