Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Institut tarixi

 

Institutini tashkil etish

 

            Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutini tashkil etish uchun jarayonlar 2019- yildan boshlandi. Shahrisabz akademik litsey direktori dots. A. G‘aniyev taklif va tashabbuslari bilan astoydil akademik litsey faollari, pedagog xodimlari bilan tashviqot ishlari olib borildi. Shahrisabz ahlining qo‘llab-quvvatlashi va jamoaning birdamligi, ahilligi bilan ushbu ulkan yutuqqa erishildi.

            Aholi o‘rtasida so‘rovromalar olib borildi.  So‘rovnomada ko‘plab odamlar taklifni yoqlab ovoz berishdi. Mening fikrim veb portaliga “Qarshi davlat universiteti Pedagogika Institutini tashkil etish haqida”gi  petitsiya joylashtirildi.

             Petitsiyada Shahrisabz shahrida oliy ta’lim muassasasining mavjud emasligi hudud yoshlariga noqulaylik keltirib chiqarayotganligi, Qashqadaryo viloyati yoshlarining oliy o‘quv muassasalariga kirish reytingi qoniqarli emasligi va bu holat kelgusida viloyatda oliy ma’lumotli mutaxassislarning yetishmovchiligiga olib kelishi qayd etildi.

              Respublikamizning ko‘plab viloyatlarida aholi ehtiyojini qondira oladigan oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari tashkil etilgan. Shahrisabzga shahar maqomi berilganligi, unda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligi va viloyatning istiqbolini e’tiborga olib, Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutini tashkil qilishni taklif qilindi. Shahrisabz akademik litseyining 720 o‘rinli o‘quv binosi va 100 o‘rinli yotoqxonasi QarDUPI moddiy texnika bazasining asosi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Qashqadaryo viloyati aholisining qariyb yarmi Shahrisabz shahri, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi va Qamashi tumanlarida istiqomat qilishadi.  Mazkur hududda aholi zich, yoshlar ko‘p, ishsizlik ko‘rsatkichi yuqori va ishlab chiqarish korxonalari kam. Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari ham shu tumanlarda ko‘p.  Ochilishi taklif qilinayotgan QarDUPI esa keltirilgan noqulayliklarning ma’lum miqdorda yechilishi, Shahrisabzda ilm-fanning rivojlanishiga turtki bo‘ladi va o‘z navbatida Shahrisabz va qo‘shni tumanlarda ishlab chiqarish madaniyatining o‘sishi, yangi texnalogiyalar asosida faoliyat yuritadigan korxonalarning vujudga kelishi, qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga yordam beradi. Shuningdek, juda ko‘p yoshlarga oilalari bag‘rida oliy ta’limda tahsil olishlariga imkoniyat yaratishi aytildi. Mazkur murojaat  mening fikrim veb portaliga uch oy muddatda ko‘rib chiqish uchun qo‘yildi va shu muddatda murojaat o‘n mingdan ortiq ovoz to‘pladi.

               QarDUPIni tashkil etish uchun asosiy qadam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2018-yilning 13-14- dekabrida Qashqadaryo viloyatga tashrifidan so‘ng qo’yildi. Prezidentimiz uchrashuv mobaynida viloyat aholisining “Mening fikrim” veb portaliga Shahrisabz shahrida oliy o‘quv yurtining filialini ochish bo‘yicha yuborgan taklifi yuzasidan mutasaddilarga Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallarini tashkil etish topshirig‘ini berdi. Bu taklif butun Qashqadaryo aholisining orzu qilgan ilm maskanini yaratilishiga turtki bo‘ldi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda “Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlarining loyihalari tayyorlandi.

              Tashkil etish ko‘zda tutiliyotgan filiallarga bazaviy oliy ta’lim muassasalaridan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilib, o‘quv jarayoni 2019-2020 o‘quv yilidan boshlanishi belgilandi. Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Institutida maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

              2019- yil 4- sentabrdan maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlari, xorijiy tillar (ingliz tili) va ona tili adabiyoti rus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda yo’nalishlarida filial o‘z faoliyatini boshladi.  

             Shu bilan birga bir qancha xodimlar o‘z mas’uliyatlaridan kelib chiqib haqiqiy ishbilarmon, yangi g‘oyalar, yangiliklar bilan ishlaydigan, yuragi qaynoq xodimlar, pedagoglar ilk qaldirg‘ochlarni o‘qitish ularga ta’lim tarbiya berishni boshlashdi. Bizga Prezidentimiz tomonidan berilgan ishonch va bildirilgan vazifalarni oqlashga va’da berib yaxshi kadrlarga ta’lim-tarbiya berishga astoydil harakat qilamiz.

            O‘zbekiston respublikasi prezidentining pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan, PQ-289-son qarori bilan Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

            Bugungi kunda Shahrisabz davlat pedagogika institutida 3 ta fakultet, 11 ta kafedra  faoliyat yuritib kelmoqda. Institutda umumiy 8856 nafar talabar tahsil olib, ularga 248 ta yuqori ma'lakali professor-o'qituvchilar ta'lim berib kelmoqda (6 ta fan doktori, 30 ta PhD darajasida). So'nggi yillarda professor-o'qituvchilar tomonidan 325 ta darslik va o'quv qo'llanmalar va 36 tamonografiyalar nashr ettirildi. Ta'lim yunalishlarining soni Bakalavr kunduzgi 16 ta, sirtqi 11 ta, ikkinchi oliy 11 ta va magistratura bosqichida 12 ta yunalish faoliyat olib bormoqda.

Yangiliklar

PSIXOLOG FAOLIYATI
2024-05-03
  • 0
  • PSIXOLOG FAOLIYATI

    Foydali sahifalar

    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    Ta'lim portali
    Ta'lim portali
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali