Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

INSTITUT USTAVI

 

SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING

USTAVI

 

  1. Umumiy qoidalar
  2. Shahrisabz davlat pedagogika instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi “Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 141-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori bilan Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti tashkil etildi.
  3. Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi. Oliy ta’limning asosiy va qoʻshma ta’lim dasturlarini bajarish boʻyicha ta’lim faoliyati bilan shugʻullanadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻquv, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini koʻrsatadi.
  4. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
  5. Institut bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, Institut shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishni tashkil etadi.
  6. Institutda ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki).

Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq muassasada ta’lim olishning boshqa shakllari ham joriy etilishi mumkin.

  1. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida mol-mulkka egalik qiladi, ushbu mol-mulk boʻyicha oʻz majburiyatlariga muvofiq javob beradi, oʻz nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da'vogar va javobgar boʻlishi mumkin.

Institut mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi yoki uning tegishli boshqarmalarida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, bank muassasalarida valyuta boʻyicha hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

Institutning rasmiy nomi:

davlat tilida: Shahrisabz davlat pedagogika instituti - ShahDPI;

rus tilida: Шахрисабзский государственный педагогический институт - ШахГПИ;

ingliz tilida: Shahrisabz state pedagogical institute - ShahSPI;

Institutning joylashgan manzili: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri Shahrisabz koʻchasi 10-uy.

  1. Institut oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

 

  1. Institutning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari
  2. Har tomonlama rivojlangan, Vatanini qadrlovchi, davlat va jamiyat oldidagi oʻz mas’uliyatini his qiluvchi, mamlakat kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, qonunlarga soʻzsiz itoat etuvchi hamda, xalqaro ta’lim maydonida raqobatbardosh, yuqori malakali, zamonaviy iqtisodiyotning tegishli sohalari boʻyicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy maqsadi hisoblanadi.
  3. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • zamonaviy talablar, ilgʻor xalqaro tajriba va mehnat bozori yehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • iqtisodiyotning tegishli sohalari boʻyicha talabalarning fundamental, bazaviy, shuningdek, amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan oʻquv reja va dasturlar asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash;
  • ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, talabalarda tahliliy fikrlash va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish koʻnikmasini shakllantirishni ta’minlaydigan oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash;
  • fanlarni tanlash imkoniyatini ta’minlagan holda Yevropa kredit tizimini (Yeuropean Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish, shu jumladan talabalar oʻquv yuklamasi hajmini aniqlashning xalqaro shartli birliklarini (kreditlar) oʻtkazish va jamlash tizimini qoʻllagan holda oʻquv jarayonini tashkil etish;
  • institutning professor-oʻqituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash;
  • rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qoʻshma huquqiy tadqiqotlarni, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻzaro almashinuvini faollashtirish;
  • davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, iqtisodiyotning tegishli sohalari hamda boshqa tashkilotlarda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish, ularning malakasini oshirishda samarali tizimni yaratish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim, tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini oʻquv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish jarayonlariga jalb qilish;
  • tegishli ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv majmualarini, qoʻllanmalarni yaratish va ularni oʻquv jarayonlariga tatbiq etish;
  • xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, oʻquv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
  • milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari boʻyicha ustuvorlikka ega boʻlgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tatbiq qilish;
  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish;
  • “HEMIS” platformasini yoki oliy ta’lim tizimini avtomatik boshqarishga qaratilgan boshqa tizimlarni joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiste’molchiliklardan xoli boʻlgan ta’lim muhitini yaratish;

-         talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish boʻyicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, korrupsiyaga murosasizlik tuygʻusini shakllantirish hamda rivojlantirish.

  1. Institut oʻz vazifalarini amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • davlat ta’lim standartlari asosida mamlakatda oʻtkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, iqtisodiyotning tegishli sohalari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etadi;
  • huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga, kasbiy va pedagogik mahoratga ega yuqori malakali kadrlarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish boʻyicha choralarni koʻradi, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
  • oʻquv jarayonini ta’lim berishning kredit-modul tizimi va innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllagan holda umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda iqtisodiyotning tegishli sohalari boʻyicha tizimli tahlil qilish qobiliyati va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari asosida olib boradi;
  • talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, tahliliy fikrlash va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan, oʻquv reja va dasturlar hamda oʻquv-metodik materiallarni oʻquv jarayonida qoʻllaydi;
  • oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash, talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi;
  • professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirishni faqat oʻquv tusdagi tadbirlarga asoslangan holda mustaqil amalga oshiradi hamda pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini ragʻbatlantiradi;
  • institut tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqotlar natijalarini oʻquv rejalari va ta’lim dasturlariga joriy etish uchun fanlarni oʻqitish sifati va darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan ilmiy va oʻquv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
  • tizimli asosda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash boʻyicha yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi;
  • ijobiy xalqaro tajribani kengroq qoʻllash, shu jumladan, talabalar oʻquv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni oʻtkazish va jamlash tizimini qoʻllaydi;
  • davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish orqali fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlaydi;
  • oʻqitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirib, oʻquv jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllaydi hamda oʻquv bazasini takomillashtirib boradi;
  • rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, Qoʻshma huquqiy tadqiqotlarni, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻzaro almashinuvini doimiy amalga oshirib boradi;
  • xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlarini (double degree) mustaqil amalga oshiradi, oʻquv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qiladi;
  • falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlarini zamonaviy talablar, iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini ta’minlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • oʻz oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida zamonaviy oʻquv va moddiy-texnik bazani yaratadi, oʻquv, ilmiy-tadqiqot boʻlinmalarni, kafedralarni oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot kommunikatsiya tizimlari va dasturiy majmualari bilan ta’minlaydi;

-     Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga
qodir mutaxassislarni tayyorlashda yuksak iste'dod sohiblariga bilimning tegishli
sohalari va fanning aniq yoʻnalishlari boʻyicha oʻz qobiliyatlarini namoyon etish
hamda rivojlantirish, oʻzlaridagi noyob iste'dodni roʻyobga chiqarish uchun
imkoniyatlar yaratadi;

-     talabalarni jamiyatning toʻlaqonli a’zosi, vatanparvar, vijdonan va halol
mehnat qiluvchi, oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun kompleks
chora tadbirlarni amalga oshiradi;

- talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga
koʻmaklashish, ularda milliy gʻurur, vatanparvarlik va fidoiylik tuygʻularini
shakllantirish choralarini koʻradi;

-     ma’naviy, madaniy, milliy qadriyatlarni keng targʻib qilish, kitobxonlikni rivojlantirish, talabalarni milliy va jahon adabiyoti durdonalariga qiziqishini oshirish hamda dunyoqarashini shakllantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi;

-     institut xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytiradi;

- Axborot-resurs markazini huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy mazmundagi bosma va kitob mahsulotlari hamda oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, jumladan xorijiy adabiyotlar fondi, oʻqitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borishni ta’minlaydi.

 

  • Institutning talabalari, tinglovchilari va izlanuvchilari
  1. a) Talabalar
  2. Institutga talabalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.

Institutga qabul barcha uchun (grant, toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari ketma-ketligi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida oʻqishga qabul qilish oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish amaldagi qonunchilikka binoan amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaxslar Institutda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun toʻlov-kontrakt (shartnoma) asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun abituriyentlar qabulini Institut qabul komissiyasi amalga oshiradi.

Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kirish sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida toʻlov-kontrakt shartlarini bajargan abiturientlar oʻqishga qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Institut rektorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilingan shaxs Institutning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.

  1. Talabalar quyidagi huquqlarga ega:
  • fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti va yutuqlariga mos bilim olish;
  • institut axborot resurs markazida mavjud boʻlgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
  • bepul maslahatlar va tavsiyalar olish;
  • auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid vositalardan oʻrnatilgan tartibda bepul foydalanish;
  • ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan oʻz taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda Institut, fakultet va kafedra rahbariyatiga bildirishga va ularni koʻrib chiqilishini talab qilish;
  • institut va fakultet miqyosida oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
  • ilmiy tadqiqot ishlarining barcha turlarida, ilmiy konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish;
  • Institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo boʻlish va ular ishida qatnashish;
  • oʻqishdan tashqari vaqtlarda ma’naviy-ma’rifiy, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va boshqa qonunchilikka zid boʻlmagan jamoat ishlarida ishtirok etish;
  • oʻqishdan boʻsh vaqtlarida Institutning oʻzida, shuningdek, boshqa joylarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlash;
  • yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida akademik almashinuvda ishtirok etish.

Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi boʻyicha yuqori malakali mutaxassis boʻlib yetishish uchun zarur boʻlgan qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa huquqlardan foydalanishi mumkin.

Talaba oʻz huquqlarini suiste'mol qilmasligi, bu huquqlardan oʻzga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

  1. Talabalarining majburiyatlari quyidagilar:
  • oʻquv reja va dasturlar talablarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni egallash;
  • mazkur Ustav, Institut ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, Talabalar turar joyi qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga rioya etish;
  • Institut binolari va uning boshqa mol-mulkini asrab-avaylash, toʻlov-kontrakt boʻyicha majburiyatlarini oʻ z vaqtida bajarish;
  • Vatanga va xalqiga halol xizmat qilishga tayyor, yuqori bilimli mutaxassis boʻlib yetishish uchun puxta bilim olish, oʻz kasbiy salohiyatini rivojlantirish;
  • ta’lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy tamoyillariga, ma’naviy qadriyatlariga, qonun talablariga, oʻzaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalarga qat'iy amal qilish;
  • tanlagan ixtisosligi boʻyicha chuqur nazariy bilim olish va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish;
  • oʻquv jarayoni talablariga boʻysunishi, oʻquv mashgʻulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik, dars mashgʻulotlari yakunlanmasdan avval ketib qolmaslik;
  • ta’lim jarayoni bilan bogʻliq vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, oʻqituvchilarning fanni oʻzlashtirish bilan bogʻliq topshiriqlarini oʻz vaqtida va talab darajasida bajarish, mashgʻulotlarga zarur oʻquv qurollari bilan kelish;
  • tegishli kafedra va fakultet bilan mustahkam aloqada boʻlish, fakultet rahbariyatining qonuniy topshiriqlarini oʻ z vaqtida bajarish;

bilimlarni egallashda tashabbus va gʻayrat koʻrsatish, loqaydlikka yoʻl qoʻymaslik;

  • barcha bilan xushmuomalada boʻlish;

Institut mol-mulkiga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda boʻlish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmaslik, ziyon yetkazilgan taqdirda moddiy zarar oʻrnini oʻrnatilgan tartibda qoplash, moddiy ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga ruxsatsiz olib chiqmaslik;

  • bino ichida, yoʻlaklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi, ifloslantirmasligi, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste'mol qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • kiyinish madaniyatiga rioya qilish, xususan, tashqi koʻrinishi va yomon xulq-atvori bilan boshqalardan ajralib turmasligi, axloq-odob normalariga soʻzsiz boʻysunishi;
  • oʻquv mashgʻulotiga kelmagan holatda (shu jumladan, kasalligi tufayli) uch kundan kechikmasdan bevosita oʻzi yoxud biriktirilgan tyutori orqali dekanatni tegishli ravishda, xususan, yozma tarzda xabardor qilish, qatnashmaslik sabablarini koʻrsatish;
  • xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilish, grant bilan bogʻliq holda chet yelga joʻnab ketishdan avval oʻrnatilgan tartibda ruxsat olish;
  • oʻz ilmiy, ma’naviy-axloqiy, gʻoyaviy-siyosiy saviyasini muntazam oshirib borishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor boʻlish;
  • oʻquv intizomiga, Institut kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qoʻyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, oʻzining majburiyatlariga rioya etish.

Talabalarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

  1. Institut hududida talabalarga quyidagilar taqiqlanadi:
  • alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste'mol qilish;
  • milliy, irqiy, diniy adovatni targʻib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targʻib qilish;
  • Institut binolari va hududidagi moddiy-texnik, boshqa mol-mulkka zarar yetkazish;
  • oʻqish vaqtida Institut ma'muriyati ruxsatisiz chet el davlatlariga borish.
  1. Oʻqish davrida oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan talabalar Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga hamda Institutning xorijiy hamkorlari bilan shartnomalari asosida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga talabalarning akademik almashinuvi doirasida oʻqishga yuborilishi mumkin.

Talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash boʻyicha yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Institutda xorijiy mamlakatlarning talabalari ham oʻz oʻqishini davom ettirishi mumkin.

  1. Davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning ishlab chiqarishdan ajralgan shaklida ta’lim olayotgan talabalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar (xorijiy talabalar bundan mustasno).

Talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va Institutning maxsus stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar.

  1. Harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish, oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga akademik ta’til berilishi mumkin. Ushbu ta’tilni berish tartib- qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kunduzgi oʻquv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga Institutda oʻqiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.
  3. Institutning Talabalar turar joyi sigʻimidan kelib chiqqan holda muhtoj talabalar Institut talabalar turar joylaridan sanitariya me'yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi.

Talabalar turar joyi uchun toʻlov talabalar turar joylarida kommunal-maishiy xizmatlar uchun toʻlovlarni inobatga olib, Institut Kengashi tomonidan belgilanadi.

Turar joyga muhtoj talabalar mavjud boʻlgan holda, Institutning talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.

  1. Institutdan chetlashtirilgan talaba Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta oʻqishga tiklanish huquqiga ega.

Institutning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga oʻqishlarini koʻchirish (oʻqishga qayta tiklanish) huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, boʻlimlar, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni Institutga oʻqishini koʻchirish (oʻqishga tiklash) taqiqlanadi.

Talabalar oʻqishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (bundan chet yel fuqarolarining oʻqishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan Institutga koʻchirish mustasno).

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni oʻqish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
  2. Talaba oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda unga nisbatan hayfsan va talabalar safidan chetlatish intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
  3. Talaba institutdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
  4. oʻz xohishiga binoan;
  5. oʻqishning boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
  6. oʻquv intizomini va Institutning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
  7. bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
  8. oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan sababli (toʻ lov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
  9. talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
  10. sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgani aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
  11. vafot yetgani sababli.
  12. Belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmagan (akademik qarzdor boʻlgan) talaba Institut rektori buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi. Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini quyi kursdagi oʻquv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Shuningdek, institutda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi
824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bobi qoidalari qoʻllaniladi.

  1. Institut ma'muriyati tashabbusi bilan ushbu Ustavning 23-bandi “e” kichik bandiga koʻra talabalarni oʻqishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi boʻlgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu Ustavning 23-bandi “c” kichik bandiga koʻra chetlashtirilayotgan holda, Institutning Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
  2. Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba oʻziga qoʻllanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan Institut rektoriga, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligiga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat etishi mumkin.

Talabaga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yigʻma jildida saqlanadi.

Talaba institutdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yigʻma jildda saqlanadi.

Intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki ta’tilda boʻlgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti - harakat aniqlangandan soʻng bir oydan va xatti-harakat sodir etilganidan soʻng olti oydan kechiktirilmay qoʻllaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tugʻish holati bilan bogʻliq boʻlgan ta’til paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini koʻrish taqiqlanadi.

Talabaning kasal boʻlganligi oʻzi yoki uning ota-onasi tomonidan yozma ariza bilan bevosita dekanatga, odatda, uch kundan kechiktirilmasdan ma’lum qilinadi va tibbiy ma’lumotnomaning aslini taqdim etadi.

  1. b) Tinglovchilar:
  2. Institut huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin. Unda oʻqiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi.

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni oʻqitish shartlari, ularning huquq va majburiyatlari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

  1. v) Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar:
  2. Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur oʻrganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish boʻyicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda oʻqiyotgan fuqaro tayanch doktorant va doktorant hisoblanadi.

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur oʻrganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar boʻyicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda oʻqiyotgan fuqaro mustaqil izlanuvchi hisoblanadi.

Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni oʻqitish shakllari va muddatlari, ularni qabul qilish hamda faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

  1. Oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar
  2. Institut mutaxassisligi boʻyicha quyidagi ta’lim turlari asosida oʻqitishni amalga oshiradi:
  • oliy ta’lim;
  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • Institut oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.

Institutda umumiy oʻrta (oʻnbir yillik ta’lim), oʻrta maxsus (toʻqqiz yillik tayanch oʻrta va ikki yillik oʻrta maxsus ta’lim), boshlangʻich professional ta’lim (toʻqqiz yillik tayanch oʻrta va ikki yillik boshlangʻich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-sonli Qonun kuchga kirguniga qadar oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi (toʻqqiz yillik umumiy oʻrta va uch yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot oladi.

Institut ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.

Bakalavriat oliy ta’lim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va koʻnikmalar beradigan, oʻqish davomiyligi kamida uch yil boʻlgan tayanch oliy ta’limdir.

Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha ta’lim yoʻnalishiga muvofiq bakalavr darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik boʻyicha oʻqish davomiyligi kamida bir yil boʻlgan oliy ta’limdir.

Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq boʻlgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining roʻyxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.

Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik boʻyicha “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish yoki tanlangan ta’lim yoʻnalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallagan mutaxassisligi boʻyicha ishlash huquqini beradi.

Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari boʻyicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.

  1. Institutda ta’lim jarayonini tashkil etish, Institut tomonidan ishlab chiqilgan va kasbiy standartlar asosida tasdiqlangan oʻquv rejalar, oʻquv dasturlari, malaka talablari, institut rektori (oʻquv ishlari boʻyicha prorektori) tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar oʻquv jadvali hamda mashgʻulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Ta’lim jarayonini maqsadli yoʻnaltirish yoʻli bilan tashkil etish, ya'ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yoʻli bilan institut talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini oʻzlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.

  1. Institutda oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma'ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, yakka mashgʻulot (amaliy ijrochilik bilan bogʻliq boʻlgan san'at yoʻnalishlarida), nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.

Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik (tanaffussiz qoʻshma ma'ruza) akademik soat belgilangan. Oʻquv mashgʻulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa boʻladi.

Institutda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni institutda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim muassasalarida amaliyot o’tash tartibida olib boriladi.

Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: oʻzbek, rus va ingliz tillari hisoblanadi.

  1. Institutda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda olib boriladi.

Institutning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan davlat ta’lim standarti qoʻllaniladi.

  1. Institutda oʻquv yili ikki semestrga boʻlinadi va uning har birida talabalarning oʻzlashtirishi kurslar kesimida kredit-modul tizimida olib boriladi.

Fanlarni oʻzlashtirgan talabalarni kursdan kursga oʻtkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli oʻtkazish mumkin emas.

Institutning ta’lim dasturlarini oʻzlashtirish, Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 3069, 2018-yil 26-sentabr) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3l-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomiga muvofiq tartibga solinadi.

Institutda bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Institutda ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qoʻllash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.
  2. Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari roʻyxati"ga muvofiq ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek, fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoya qilish uchun oliy ta’lim muassasasiga doktorant va mustaqil izlanuvchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi.
  3. Institutda Kengash tomonidan tasdiqlangan mavzular, rejalar boʻyicha bajariladigan ishlarning sifati hamda mehnat xavfsizligi ta’minlangan holda talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar keng jalb etilib, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlar olib boriladi.

 

  1. Institutning professor-oʻqituvchilari tarkibi, oʻquv-yordamchi va ma'muriy - xoʻjalik xodimlari (personali)
  2. Institutda professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, tyutorlar, muhandislik-texnika, ma'muriy-xoʻjalik, ishlab chiqarish, oʻquv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.

Professor-oʻqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi (assistent) va oʻqituvchi-stajor lavozimlari kiradi.

  1. Professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-3775-sonli qaroriga muvofiq tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi oʻtkazish natijalari boʻyicha ushbu majlisning tavsiyasiga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
  2. Institutning professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
  3. Professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
  • belgilangan tartibda oliy ta'1im muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;
  • Institutning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
  • Institutning axborot-resurs markazi, oʻquv va ilmiy boʻlinmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa boʻlimlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
  • oʻqitishning uslub va vositalarini tanlash, oʻquv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • Institut rahbariyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;
  • xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va oʻquv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
  • nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
  • talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari, xorijiy ilmiy loyihalar hamda xoʻjalik shartnomalarida ishtirok etish;
  • darslik va oʻquv qoʻllanmalar tayyorlash, monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent, YeHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;
  • tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy- tadqiqot ishlarining muhokamasida ishtirok etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy ishlar natijalarini nashr etishga tavsiya berish;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish;
  • xorijiy yetakchi olimlar, ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining ta'1im sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
  1. Professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
  • ta’lim toʻgʻrisidagi qonunchilik hrjjatlari, mehnat va texnologiya intizomi, institut Ustavi, Ichki mehnat-tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksiga va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga qat' iy rioya qilish;
  • oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va oʻqituvchilik sha'niga dogʻ tushirmaslik;
  • ish jarayonida muloqot qiladigan Institut xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushmuomalada boʻlish;
  • ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida oʻquv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, xususan:
  • oʻquv yuklamalari hajmini, oʻquv-uslubiy, ilmiy, oʻquv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
  • ilmiy-tadqiqot natijalari boʻyicha darslik, oʻquv qoʻllanma tayyorlash, oʻquv adabiyot, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’miniashda qatnashish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda oʻtkaziladigan tadbirlarda qatnashish;
  • Institut kengashi tomonidan tasdiqlangan kafedrada bajariladigan ilmiy mavzular doirasidagi tadqiqotlarda ishtirok etish;
  • oʻz malakasini uch yilda bir marta oshirish;
  • mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;
  • institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;

ish beruvchiga bevosita oʻzining aybi bilan yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;

  • jamoatchilik ishlarida qatnashish;
  • pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
  • zamonaviy globallashuv va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha yuksak kasbiy tayyorgarligini, mehnatga boʻlgan qobiliyatini shakllantirish;
  • chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish asosida kamida bir yoki ikkita xorijiy tilni bilishi;
  • ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
  • "Ustoz-shogird" tizimida ishtirok etib, oʻziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
  • oʻzining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan oʻrnak boʻlish;
  • kiyinish madaniyatiga rioya etish;
  • respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda roʻy berayotgan yangiliklardan xabardor boʻlish;
  • Institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
  • oʻzi oʻqitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
  • darslarni yuqori saviyada oʻtish;
  • fan yoʻnalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
  • har oʻquv yili boshlangunga qadar oʻzi oʻqitadigan fan(lar)ning ishchi oʻquv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlatish;
  • reyting tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish;
  • talabalar bilimini xolisona baholash;
  • yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qoʻllash;
  • ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
  • talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • oʻzining mutaxassisligi boʻyicha ishlab chiqarish korxonasi va muassasalarda mavjud muammolar haqida ma’lumot va tasavvurlarga ega boʻlishi hamda ishlab chiqarish jarayonida mavjud muammolarning yechimiga oid tadqiqot mavzusiga ega boʻlish;
  • olib borayotgan tadqiqot mavzusi asosida oʻz yoki hammualliflikdagi ishlanma va texnologiyalarga ega boʻlishi;
  • mutaxassisligi boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida tegishli muddatlarda malaka oshirib borishi yoki stajirovkadan oʻtishi;
  • oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
  1. Institut professor-oʻqituvchilar tarkibini uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi.
  2. Institutning ma'muriy-xoʻjalik, muhandislik-texnika, oʻquv-yordamchi va boshqa xodimlarining huquq va majburiyatlari institutning Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va lavozim yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.

 

  1. Institutning tarkibi
  2. Institutning tuzilmasiga Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga (roʻyxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) muvofiq belgilangan tartibda shakllantiriladigan boʻlimlar, fakultetlar, kafedralar, ilmiy va oʻquv laboratoriyalari, kiradi.
  3. Institut fakultetlarini rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi. Dekan lavozimida ishlovchi shaxs mustaqil shtat lavozimida ishlovchi shaxs hisoblanadi va uning oʻrindoshlik tartibida egallashga ruxsat etilmaydi.

Fakultet dekani oʻz faoliyatida mazkur Ustavga, "Oliy ta’lim muassasasining fakulteti toʻgʻrisidagi Nizom"ga amal qiladi.

"Oliy ta’lim muassasasining fakulteti toʻgʻrisidagi Nizom"ga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin. Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi "Oliy ta'Iim muassasasi fakultetining Kengashi toʻgʻrisida"gi Nizom bilan belgilanadi.

Kafedra faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida Institutning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.

Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan belgilanadi.

  1. Institut huzurida yuridik shaxs hisoblangan akademik litsey faoliyat yuritadi. Akademik litsey oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g'risida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq hamda oʻz Ustavi asosida amalga oshiradi.

 

VII. Institutni boshqarish

  1. Institutni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va Institutning Kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uygʻunlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.
  2. Institutni bevosita boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1l-iyuldagi PQ-4391 -son qaroriga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining tavsiyasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Institut rektori tomonidan amalga oshiriladi .

Rektor Institut faoliyatiga, shuningdek, Ish yuritish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma, Ichki tartib qoidalar, Odob-axloq kodeksi, Oliy ta’lim toʻgʻrisidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun toʻliq mas'uldir.

Rektor Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga koʻra, Institut nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, Institutning mol-mulkiga mas'ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida Institutning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablagʻlardan oʻrnatilgan tartibda foydalanish boʻyicha farmoyishlar beradi.

  1. Institut rektori vakolati doirasida:
  • Institutning professor-oʻqituvchilari, barcha xodimlari, tyutorlar, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
  • fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari, bosh hisobchini, oʻz nomenklaturasidagi boshqa xodimlarni lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi va ularning muayyan vazifalari, mas’uliyatlarini belgilaydi;
  • Institut prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;
  • Institut xodimlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi;
  • Institut tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va boʻlinmalarning vazifalarini belgilaydi, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
  • Institut xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar va qoʻshimchalarni oʻrnatilgan tartibda belgilaydi;
  • kasaba uyushma qoʻmitasi yoki Institutning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki tartib qoidalari va Odob-axloq kodekslarini tasdiqlaydi;
  • Institutda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablagʻlar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan Institut xodimlarining soni va lavozim maoshlari, ta'rif setkasi doirasida Institut professor-oʻqituvchilari tarkibi va Institutning boshqa xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;
  • Institut Kengashining tavsiyasiga koʻra oʻrnatilgan tartibda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi. Oliy ta’lim muassasasi kafedrasi toʻgʻrisida namunaviy Nizom talablaridan kelib chiqqan holda Institut Kengashining tavsiyasiga koʻra, kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi hamda ta’lim jarayonini boshqarish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq va vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlaydi.

Institut rektoriga oʻzi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasi va undan tashqarida haq toʻlanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy - metodik
rahbarlikdan tashqari) oʻrindoshlik boʻyicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor oʻz vazifalarini oʻrindoshlik boʻyicha bajarishi mumkin emas.

  1. Oliy ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq Institut faoliyatining asosiy masalalarini koʻrish uchun Kengash tashkil etiladi.

Kengash tarkibiga rektor, prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda kafedralar mudirlari, boʻlim boshliqlari, Institut xodimlari, kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Rektor Kengash raisi hisoblanadi. Kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda (konferensiyada) yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.

Professor-oʻqituvchilar tarkibidan Kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrugʻi bilan belgilanadi.

Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasining Kengashi toʻgʻrisida namunaviy Nizom bilan belgilanadi.

  1. Institutda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati tashkil etilishi mumkin.

 

VIII. Jamoat tashkilotlari

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qaroriga muvofiq muassasada samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining muassasadagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-oʻqituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari;

  • ta’lim sifati, professor-oʻqituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish;
  • Institutga professor-oʻqituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar boʻyicha tavsiyalar berish;
  • talabalarning murojaatlarini koʻrib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini toʻliq oʻrganish maqsadida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
  • Institutdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va institutning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.
  1. Institutda kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.

Professor-oʻqituvchilar va xodimlarning mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning muassasada saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida oʻz ish faoliyatini olib boradi.

 

  1. Moliya-xoʻjalik faoliyati va moddiy-texnik bazasi
  2. Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta'sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, Institutning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste'mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur boʻlgan mulklar biriktirilgan.

Institut Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob'ektlar qatoriga kiritilgan. Institutga ajratilgan yer uchastkalari unga operativ boshqarish (ijara, tekin foydalanish) huquqi asosida biriktirilgan.

  1. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
  • talabalarni to’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushadigan (xorijiy valyuta) mablag‘lari;
  • budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
  • davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida o’tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo’yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
  • xo’jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko’rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
  • xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarining grantlari;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
  • Institut faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy, o’quv va boshqa innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek, Institut mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
  1. Institutning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan budjet mablagʻlari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablagʻlar, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni oʻqitish uchun belgilangan tartibda olingan toʻlov-shartnoma asosidagi mablagʻlar va tadbirkorlik tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.
  2. Institut asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim hamda boshqa sohalarda pullik ta’lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin.

Institut shugʻullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.

Institut oʻz mulki bilan xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar, jamiyatlar va shirkatlarning ustav jamgʻarmasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy toʻlovlardan soʻng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Institut pullik ta’lim xizmatlari koʻrsatishni budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning oʻrniga amalga oshirishi mumkin emas.

Institut Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid boʻlmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash boʻyicha masalalarni mustaqil hal qiladi.

  1. Institutda lavozim maoshlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi "Respublika oliy talim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-926-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil l-avgustdagi "Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 164-son qarori va Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Institut xodimiga lavozim maoshi (stavka) oʻz funksional vazifalarini hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun toʻlanadi.

Qoʻshimcha maosh, ustama va boshqa moddiy ragʻbatlantirish tadbirlarining hajmini Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2l-avgustdagi "Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 517-son qaroriga muvofiq Institut mustaqil, moddiy ragʻbatlantirish fondi doirasida amalga oshiradi.

Institutning moddiy ragʻbatlantirish fondidan foydalanish "Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisida"gi (roʻyxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  1. Institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur boʻlgan xonalar ajratiladi.

Institut qoshidagi tibbiyot xonasiga, shuningdek, oʻrnatilgan tartibda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish tuzilmasiga (oshxona, bufet) isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan ta’minlangan xonalar ajratiladi.

Institutning tegishli binolarini ta'mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

  1. Xalqaro hamkorlik
  2. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-2909-son qarori va 2019-yil 8-oktabrdagi (Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur Ustavga muvofiq, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamgʻarmalar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish huquqiga ega.

Institutda chet el fuqarolarini oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasi ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning ta’limini boshqarish boʻyicha tegishli organlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek, Institutning xorijiy davlatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamgʻarmalar va boshqa tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari (bitim, memorandumlari), chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

  1. Xalqaro faoliyatni amalga oshirishda Institut quyidagi huquqlarga ega:

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ta’lim sohasidagi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga a’zo boʻlish;

  • xorijiy davlatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar (bitim, memorandumlar) tuzish;
  • xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va olimlarni dars mashgʻulotlariga, hamkorlikda oʻquv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga jalb etish;
  • xorijiy hamkorlik ishtirokida Institut tarkibiy boʻlinmalari (qoʻshma fakultetlar, qoʻshma ta’lim dasturlari, markazlar va boshqa boʻlinmalar)ni qonunchilikda koʻzda tutilgan tartibda tashkil etish;
  • Institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari, doktorantlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, falsafa doktori (PhD) va magistratura dasturlari boʻyicha ta’lim olishlarini ta’minlash;
  • Institut talabalarini xorijiy mamlakatlarga stajirovka, amaliyot oʻtash, konferensiya va tanlovlarga yuborishni ta’minlash;
  • Institut va xorijiy oliy oʻquv yurtlari talabalari, tayanch doktorantlari va doktorantlar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlari bilan ikki tomonlama oʻzaro almashinuv dasturlarini tashkil etish;
  • xorijiy fuqarolarni belgilangan tartibda Institutga oʻqishga qabul qilish va ularning oʻqishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

Institut qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning institutlari va tashkilotlari bilan boshqa yoʻnalishlarda ham oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish huquqiga ega.

  1. Institut professor-oʻqituvchilari va xodimlari hamda talabalarining chet el xizmat safarlari amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining tegishli idoraviy normativ- huquqiy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PF-5847-son Farmonining 5-bandiga muvofiq, ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Institut rektor va prorektolarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. Bunda Institut rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safari oldidan asosiy ma’lumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa Institut kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobot Institut veb-saytiga joylashtiriladi.

  1. Xorijiy safarlarga yuborilgan rahbar xodimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar (bakalavr va magistr) bajarish lozim boʻlgan reja ishlarini bajarmagan va oʻz xatti-harakatlari bilan Institut sha'niga putur yetkazgan hollarda ularga nisbatan qonunchilik asosida tegishli choralar koʻriladi.
  2. Institut tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlar qonunchilikka binoan mazkur Ustavda belgilangan Institut faoliyatini moddiy ta’minlash uchun ishlatiladi.
  3. Yakuniy qoidalar
  4. Institut Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:

Ta’lim jarayonida oʻquv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini toʻliq bajarmaganligi;

  • ta’lim jarayoni vaqtida Institutda ta’lim oluvchilar va xodimlarning hayoti va sogʻligʻi;
  • ta’lim oluvchilar va xodimlarning huquq va yerkinliklarining buzilganligi;

amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarmaganligi.

  1. Institut Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.
  2. Ustav Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻkazilgandan soʻng kuchga kiradi.

Institut Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.

Yangiliklar

PSIXOLOG FAOLIYATI
2024-05-03
  • 0
  • PSIXOLOG FAOLIYATI

    Foydali sahifalar

    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    Ta'lim portali
    Ta'lim portali
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali