Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Xorijiy fuqarolar uchun qabul 2023

Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi to’g’risida

Xorijiy fuqarolarni Shahrisabz davlat pedagogika institutiga qabul qilish tartibi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti O'zbekistonda pedagogika sohasida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha bazaviy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institut professor-o’qituvchilari talabaning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun bor kuch-qudratlarini sarflashni o’zlarining oliy maqsadlari, deb hisoblaydilar.

Xorijiy fuqarolarni o’qitish tartibi:


Xorijiy fuqarolarni o’qitish fakultetlarda, magistraturada o’zbek talabalari tahsil oladigan barcha yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha tashkil etiladi.
Xorijiy fuqarolarni Shahrisabz davlat pedagogika institutiga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 169-sonli Qarori asosida amalga oshiriladi.


Akademik o’quv yili ikki semestrdan iborat, ular har yili sentabr va fevral oylarida boshlanadi. Xorijiy fuqarolar o’zbek talabalari bilan birga umumiy guruhlarda o'qitiladi.

Ta’lim olish davomiyligi tanlangan yo’nalishga bog’liq:

Bakalavr  – 4 yil;
Magistratura – 2 yil;

Institutni muvaffaqiyatli tugatgan xorijiy talabalar davlat namunasidagi bakalavr yoki magistr diplomi oladi va mazkur diplom asosida xorijiy talaba o’qishini keyingi bosqichda davom ettirishi mumkin.

Ta’lim narxi tanlangan mutaxassislik yoki ta’lim yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Har bir xorijiy fuqaro bilan individual shartnoma tuziladi va mazkur shartnoma butun o’qish davomida amal qiladi.

Xorijiy fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish tartibi.

Hujjatlarni qabul qilish tartibi:

2023 yil 1 iyul – 2023 yil 1 avgust.
Hujjatlar qabul qilish quyidagi elektron manzillar orqali yoki Institutga kelib, yuzma yuz uchrashuv orqali amalga oshiriladi:
E-mail: info@shdpi.uz, shahloganieva95@gmail.com
Tel.: +998 97 799 95 01 ((Telegram, Whatsapp)

Xorijiy fuqarolar tomonidan taqdim qilinishi talab etiladigan hujjatlar to’plami:

     1.  Milliy pasport nusxasi, rus yoki o’zbek tiliga o’girilgan va notarial tasdiqlangan (zarurat tug’ilganda),

  1. Chet el fuqarolarininig O’zbekistonda yashash guvohnomasi nusxasi (mavjud bo’lsa);
  2. Davlat namunasidagi to’liq o’rta ta’lim to’g’risidagi hujjat nusxasi (magistraturaga kirish uchun oliy ta’lim to’g’risidagi hujjat) va baholar ko’rsatilgan ilova, rus yoki o’zbek tiliga o’girilgan va notarial tasdiqlangan;
  3. Foto – 3,5х4,5 sm.

Barcha hujjatlarning asl nusxasi, shuningdek, salomatlik to’g’risidagi ma’lumotnoma o’qishga qabul qilingandan so’ng qabul komissiyasiga topshiriladi.

O’qishga qabul qilish tartibi

Institutga o’qishga qabul qilish oflayn, yuzma yuz suhbat tarzida amalga oshiriladi.
Suhbat 2023-yil 02-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Suhbat o’tkazish muddati institut veb-saytida e’lon qilinadi.
Abiturient tomonidan to’plangan ballar suhbat o’tkazilgan kun e’lon qilinadi.
Institut Xalqaro hamkorlik bo’limi talabani o’qishga qabul qilish bo’yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirish, talabani institut, fakultet va o’zi qabul qilingan guruh bilan tanishtirish, yotoqxonaga joylashtirish bilan shug’ullanadi.

Yashash sharoitlari - Yotoqxona

Shahrisabz DPIning ikkita yotoqxonasi mavjud bo’lib, xorijiy talabalar har ikkisida ham yashashlari mumkin. Yotoqxonalar joylashgan manzillar rivojlangan infrastrukturaga ega, atrofda oziq-ovqat va sanoat mollari do’konlari, savdo markazlari, sport komplekslari, bozor, o’zbek va boshqa millatlar taomlari tayyorlanadigan kafe va restoranlar joylashgan. Yotoqxonada mebellar to’plami bilan jixozlangan.Yotoqxonalarda kir yuvish xonalari mavjud.Internet tarmog’i va TV uchun kabellar o’tkazilgan. Yotoqxonalarda kuzatuv kameralari o’rnatilgan va kunu-tun kuzatuv olib boriladi. Yotoqxonaga kiritish o’rnatilgan tartibda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. 

 

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali