Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

INSTITUT KENGASHI

 

Institut kengash kotibi

PULATOVA DILDORA DILMURADOVNA

Telefon raqam: +998979046020

E-mail: info@shdpi.uz 

Qabul kunlari: Dushanba-shanba 09:00 - 17:00

INSTITUT KENGASHI

Institut kengashi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3 dekabrdagn 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 181-son qarori 2-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28-fevraldagi 181-son qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 214-son va 2019-yil 1-apreldagi “Vazirlikning ayrim buyruqlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 296-son buyruqlariga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq tayyorlangan nizom asosida tashkil etiladi.

Kengash tarkibiga Institut rektori, prorektorlar, kengash kotibi, fakultetlar dekanlari, mutaxassis chiqaruvchi  kafedralar mudirlari, Institutning ayrim bo‘lim boshliqlari, jamoat tashkiloti rahbarlari, Institut yuriskonsulti o‘z xizmat lavozimlari bo‘yicha kiritiladi. Institut kengashining vakolat muddati 5 yil. Kengashning maqsadi Institut jamoasining intellektual salohiyati, ilmiy, pedagogik va boshqa imkoniyatlarini Ozbekiston RespublikasiningTalim togrisidagi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining oliy talim tizimini rivojlantirish haqidagi Qarorlari, farmonlari, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Ozbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari va korsatmalarida belgilangan vazifalarning bajarilishini taminlash, oliy talimning davlat talim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, konikmalarga ega bolgan professional mutaxassislar tayyorlashga yonaltirishdan iborat. Kengash majlislari reja asosida o‘tkaziladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar kengash raisi va kengash kotibi tomonidan imzolanadi. Kengash qarorlari Institut rektori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.

Institut Kengashining 2023-yil

28-dekabrdagi 5-son yigʻilishi

1-sonli qarori

 

SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHI

TARKIBI

 

Familiyasi, ismi va sharifi

Lavozimi

1.      

Shonazarov Jamshid Shuhratovich

Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori v.v.b.

2.      

Xudayqulov Tulqin Dustboboyevich

Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor

3.      

Marasulova Umida Norqoʻziyevna

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

4.      

Achilov Ilmurad Neymatovich

Ishlar boshqarmasi boshligʻi

5.      

Vasiyev Ravshan Usmonovich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi

6.      

Sultаnov Anvarjon Shaymanovich

Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlim boshligʻi

7.      

Berdiyev Abduvali Abdugʻaniyevich

Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi

8.      

Berdiyev Azamat Axmatovich

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi

9.      

Ruziyev Shuxrat Islamovich

Xodimlar boʻlimi boshligʻi

10.  

Gʻaniyeva Shahlo Abduqahhor qizi

Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi

11.  

Muhammadiyev Axadjon Maxmudovich

Tillar fakulteti dekani

12.  

Tilayev Ermat Raxmatovich

Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani

13.  

Imomov Musurmon Pirnazarovich

Pedagogika fakulteti dekani

14.  

Mamatov Maxmud

Sirtqi boʻlim boshligʻi

15.  

Xusanova Gavhar Xasanovna

Kasaba uyushmasi raisi

16.  

Ajabov Abdurazzoq Qayumovich

Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri

17.  

Babajanov Sharipbay Xudashukirovich

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

18.  

Xudoyberdiyeva Asila Xomidovna

Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

19.  

Ismoilova Maxbuba Elamonovna

San’atshunoshlik kafedrasi mudiri

20.  

Xomudjonova Feruza Komiljon qizi

Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri

21.  

Omonov Bahodir Nurillayevich

Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri

22.  

Fayzullayev Maqsud Abdullayevich

Geografiya kafedrasi mudiri

23.  

Sohibov Akrom Rustamovich

Pedagogika kafedrasi mudiri

24.  

Hamroyev Shuhrat Eliyevich

Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri

25.  

Boqiyev Xushrud Xushvaqovich

Matematika va uni o‘qitish metodikasi  kafedrasi mudiri

26.  

Allayarova Zebiniso Boymuratovna

Xorijiy til nazariyasi kafedrasi mudiri

27.  

Bozorov Orif Chamanovich

Xorijiy til amaliyoti kafedrasi mudiri

28.  

Arzikulova Surayyo Fayzullayevna

Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri v.b.

29.  

Ro‘ziyev Rustam Po‘lotovich

Akademik litsey direktori

30.  

Gʻayratov Boburmirzo Alisher oʻgʻli

Yuriskonsult

31.  

Pulatova Dildora Dilmuradovna

Kengash kotibi

 

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Kengashi to‘g‘risida
NIZOM

Mazkur Nizom 2011-yil 3-dekabrdagi 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining Kengashi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, institut Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Shahrisabz davlat pedagogika instituti faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida institut kengashi tashkil etiladi.

I. Umumiy qoidalar

1. Nizom bo‘yicha Kengash tarkibiga quyidagilar kiradi: rektor (rais), prorektorlar, fakultet dekanlari, institutga biriktirilgan akademik litsey rahbarlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlari, shuningdek, talabalar va xodimlar kasaba uyushmalarining vakillari. Kengashning boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisi yoki Kengashda  yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga oliy ta’lim muassasasining muayyan yo‘nalishi muammolari bo‘yicha ishlovchi, yirik olim va mutaxassislar, viloyat xalq ta’limi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari rahbarlari kiritilishi mumkin. Vakolat muddati 5 yil.

2. Kengash tarkibi oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida, har xil sabablarga ko‘ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga yangi a’zolar saylanadi va Nizom bo‘yicha kiritiladi.

II. Kengashning maqsad va vazifalari

3.  Kengashning maqsadi – oliy ta’lim muassasasi jamoasining sa’y-harakatlarini quyidagi masalalarni bajarishga qaratilgan faoliyatini birlashtirish hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli bakalavr va magistrlar tayyorlashni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat. Yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik, o‘z vatani bilan faxrlanish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy xususiyatlarni shakllantirish.

4. Institut Kengashi:

- Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini ko‘rib chiqadi hamda ustuvor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi.

- fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini, shuningdek, institutga biriktirilgan akademik litsey faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi, qabul natijalari to‘g‘risida qabul komissiyasining, xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmalar bilan aloqalar to‘g‘risida marketing xizmatlaridan hisobotlarni eshitiladi;

- ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibini malaka oshirish  va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi;

- xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

- fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek, marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlar va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

- darslik, o‘quv qo‘llanma va ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish masalarini ko‘rib chiqadi;

- “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risi”gi Nizomga muvofiq, professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

- professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy unvonga taqdim etadi;

- fakultet dekanlarini tasdiqlaydi (tanlov asosida);

- kafedra mudirlarini tasdiqlaydi (tanlov asosida);

- ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda professor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;

- ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlash masalalarini muhokama qiladi;

- stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutlariga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi;

- iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;

- oliy ta’lim muassasasi iqtidorli talabalari va magistrantlari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

- ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi;

- asosiy buyurmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

- oliy ta’lim muassasasi talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi;

- oliy ta’lim muassasasi rivojlanishining yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi.

III. Kengash faoliyatini tashkil etish

5. Kengash o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.

6. Oliy ta’lim muassasasining o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalari bo‘yicha Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor, dotsent ilmiy unvonlarini berish, kafedra mudirlarini tasdiqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

7. Kengash qarorlari oliy ta’lim muassasasining rektori tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.

8. Kengashning majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi.

9. Kengash raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.

Yangiliklar

PSIXOLOG FAOLIYATI
2024-05-03
  • 0
  • PSIXOLOG FAOLIYATI

    Foydali sahifalar

    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
    Ta'lim portali
    Ta'lim portali
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
    O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali