Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

“Kesh ziyosi” jurnali haqida

“Kesh ziyosi” jurnali haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori har tomonlama o‘rganib chiqildi. Ushbu qarorning birinchi “Umumiy qoidalar” nomli bobining ikkinchi bandida ommaviy axborot vositasi deyilganda ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari tushuniladi, deb ta’kidlanganligi bois Shahrisabz davlat pedagogika institutida  “Kesh ziyosi” nomli ilmiy jurnalini ta’sis etish bo‘yicha institut Kengash qarori qabul qilindi.

Mazkur jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining  №210378 raqamli guvohnomasi asosida ilmiy natijalarni chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashr hisoblanadi Uning tarkibiga 4 ta yo‘nalish kiritildi:

1.

Pedagogika fanlari

2.

Filologiya fanlari

3.

Ijtimoiy fanlar

4.

Tabiiy va aniq fanlar

Respublikamizning yetuk olimlari va amaliyotchilarining nufuzli ilmiy ishlari natijalari bilan yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va magistrlarni yaqindan tanishtirib borish hamda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida erishilayotgan innovatsion yutuqlarini ommaga tezkorlik bilan yetkazib berish ushbu ilmiy  jurnalning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Jurnal ijtimoiy yonalishdagi Ilmiy-uslubiy, manaviy-marifiy nashr bolib, A-4 bichimda 96 betdan 192 betgacha, yiliga 6 marta  ozbek, rus, ingliz tilida chop etiladi (jurnalning davriyligi, hajmi va sahifalari soniga keyinchalik amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq tegishli ozgartirishlar kiritilishi mumkin). Obuna narhi muassis bilan kelishuv asosida amalga oshiriladi va muassis hisob raqamiga yo‘naltiriladi.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali