Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagok kadrlar tayyorlash bо‘limi

   

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagok kadrlar tayyorlash bо‘limi boshlig‘i

Xamrayeva Nargiza Shodiyevna

Telefon nomer : +998 909077956

E-mail : nargizhamrayeva2312@mail.ru

Qabul kunlari : Dushanba-Shanba (9:00-17:00)

ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOK KADRLAR TAYYORLASH BО‘LIMI HAQIDA MA’LUMOT

Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʼgʼrisida”gi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2789 sonli “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qaroriga muvofiq Samarqand davlat universitetida Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat qarorlari va buyruqlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi buyruqlari ijrosini taʼminlash bilan bir qatorda institutda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnika dasturlarini hamda fan va texnika sohasining ustuvor yoʼnalishlarini amalga oshirish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni muvofiqlashtirish, ustuvor, istiqbolli va ilgʼor ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha tadqiqotlarni tashkil qilish faoliyatini amalga oshiradi.
• Universitet fakulьtet va kafedralari, ilmiy laboratoriyalari va boʼlimlarida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ularni bajarilishini tashkillashtirish, tegishli amaliy-uslubiy yordamlar koʼrsatish, oʼrnatilgan tartiblar asosida hisobotlar tayyorlanishi nazorat qilish.
• Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilish, fakulьtet va kafedralarning ilmiy darajali kadrlar bilan taʼminlash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Universitet olimlarini chet el va davlat grantlari, xoʼjalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarga jalb etish, kafedralar yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni xalq xoʼjaligiga tadbiq etilishi, innovatsion hamkorlik ishlari va yarmarkalarga faol ishtirok etishini taʼminlash.
• Universitet bazasida professor-oʼqituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy konferentsiya va seminarlar oʼtkazish rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada oʼtkazilishini taʼminlash.
• Fakultet va kafedralarda talabalar ilmiy toʼgaraklari, yosh olimlar va talabalar jamiyatlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish. Yosh olimlar va iqtidorli talabalarni mablagʼli ilmiy ishlarga jalb qilinishini muvofiqlashtirish.
• Yosh olimlar, iqtidorli talabalar va magistrantlarning fan olimpiadalari, stipendiya tanlovlari va boshqa turli ilmiy tanlovlarda faol ishtirokini taʼminlash hamda ularni bu jarayonga maqsadli tayyorlashni tashkillashtirish. Iqtidorli yoshlarni fan olimpiadalari, Prezident nomidagi va atoqli shaxslar nomidagi stipendiyalarga tayyorlash va ularni faol ishtirokini taʼminlash.
• Ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga koʼra monografiya, maqola va konferentsiya materiallarini nashr qilish rejasini ishlab chiqish va bajarilishini taʼminlash.
• Kafedralarda “Oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” sohasida olib borilayotgan ishlar monitoringini olib borish.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali