Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi

 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi boshlig`i

Qo'qonboyeva Durdona Faxriddin qizi

Telefon nomer : +998 94 339-95-20

E-mail : dqoqonboyeva@mail.ru

Qabul kunlari : Dushanba-Shanba (9:00-17:00)

 

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

- iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi – iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy markazdir.

- bo’lim kafedralar va dekanatlar yordamida iqtidorli talabalarni aniqlaydi va tayinlaydi, ularni o’zlari qiziqqan fan sohalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltiradi va buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda faol ishtirok etadi;

- bo’lim professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilg’or ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni jalb qiladi va ularning to’la ishtirokini ta’minlaydi.

- iqtidorli talabalar ilmiy ilmiy- tadqiqot ishlarining mamlakatimizdagi boshqa ilmiy markazlar va institutlar hamda xorijda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan aloqasini o’rnatadi.

- iqtidorli talabalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish nizomini ishlab chiqish;

- iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

- iqtidorli talabalarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishni tashkil etish;

- muammolar kengashi bilan hamkorlikda tanlab olingan talabalarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;

- muammolar kengashi, kafedra va dekanat takliflariga binoan talabga javob bermagan talabani iqtidorli talabalar guruhidan chiqarish;

- iqtidorli talabalarni kafedralarda va ilmiy markazlarda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishini ta’minlash va nazoratga olish;

-O’zbekiston Respublikasi “Yoshlar ittifoqi” jamg’armasi grantlariga, Davlat stipendialariga nomzod sifatida tavsiya qilish;

-ilmiy markazlarga iqtidorli talabalarning borishiga tavsiya berish va tashkil etish;

-kafedralar va laboratoriyalarda iqtidorli talabalar bilan ishlovchi mas’ul xodimning olib borayotgan ishlari nazorat qilish, u yerda yaratilgan muhit va sharoitni o’rganish;

- “Eng yaxshi ma’ruzachi”, “Eng yaxshi mavzu” va shunga o’xshash turli tanlovlarni tashkil etish va o’tkazish hamda iqtidorli talabalar orasida muntazam ravishda tadqiqotlar olib borish;

-iqtidorli talabalarga mualliflik diplomlari va guvohnomalarini hujjatlashtirish (rasmiylashtirish);

- iqtidorli talabalarning ilmiy ishlarini va ishlanmalarini chop etishda hamda amaliyotga joriy etishda yaqindan yordan ko’rsatish;

- fakultetlar bilan birga o’zaro hamkorlikda ish olib borish. O’zaro fikr almashish, takliflarni qo’llab – quvvatlash.

- kafedrada iqtidorli talabalar bilan ish olib boruvchi professor-o’qituvchilarning nomzodi kafedra mudiri va xodimlar tomonidan kafedra yig’ilishida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi;

- kafedra javobgar (mas’ul) professor-o’qituvchi iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha kasbga yo’naltirilgan dastur ishlab chiqadi, uni o’quv va ilmiy bo’limlarda tasdiqlatib oladi, talabalarning faoliyati bo’yicha yarim yillik va yillik hisobotlarni bo’limga topshiradi;

- kafedra iqtidorli talabalarni aniqlash uchun maxsus imtihon savollari tuzadi va kafedraning yetuk professor- o’qituvchilari ularni imtihondan o’tkazadi. Ilmiy bo’lim kafedra xohishiga binoan imtihonga o’z vakilini yuborishi mumkin;

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali