Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Monitoring va ichki nazorat bo`limi

 

Bo'lim boshlig'i

Vasiyev Ravshan Usmonovich

Telefone raqami: 93-248-02-78

E-mail: Vasiyev1978@mail.ru

Qabul kunlari: Payshanba-shanba

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
     

Shahrisabz davlat pedagogika instituti monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy maqsadi - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qaror va farmoyishlari, olib borilayotgan islohotlar, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalash, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, ishni izchil tashkil eta oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlarini, me’yoriy-huquqiy hujjat va uslubiy ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida va talab darajasida ijro etilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borishdan iborat.
ShDPI monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
ShDPIda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid Qonunlari, yuqori tashkilotlarning farmon, qaror va farmoyishlarini,
vazirlik Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemnoma va
telefonogrammalarini, shuningdek, ShDPI buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish;
 universitet filiali tasarrufidagi tegishli bo‘linmalar tomonidan kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish, institut moddiy-texnika bazasini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borish;
 professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish.
ShDPIda Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.
ShDPIda ijro va mehnat intizomi holati haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab borish.
ShDPIda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish.
ShDPIda mehnat va ijro intizomi holatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
 Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik ilmiy-pedagogik yuklamalarining bajarilishi holatini o‘rganish va ular faoliyatini reyting asosida baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
ShDPI moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish hamda istiqbol taraqqiyotiga amaliy takliflar berish.
Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha SHDPI rahbariyatiga yozma takliflarni taqdim etish.
Monitoring va ichki nazorat bo‘limi tahliliy va nazorattadbirlarining natijalari bo‘yicha:
ShDPIda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemnoma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Nazorat va monitoring boshqarmasiga o‘z muddatida sifatli taqdim etilishini ta’minlaydi.
Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi va SHDPI rektoriga taqdim etadi

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali