Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Xodimlar bo`limi

 

Xodimlar bo`lim boshlig`i

Ruziyev Shuxrat Islamovich

Telefon nomer : 97-383-25-52

E-mail : Shuxrat0706@mail.ru

Qabul kunlari : Dushanba, juma (9:00-17:00)

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Xodimlar boʼlimi boshligʼining lavozim vazifalari:
• Maʼmuriy-boshqaruv,professor-oʼqituvchilar,oʼquv-yordamchi, muhandis-texnik va xoʼjlik xodimlari tarkibini universitet rahbariyati bilan birgalikda tanlash;
• Universitet talabalari va xodimlarining shaxsiy hujjatlarini yurgizilishini nazorat qilish;
• Belgilangan meʼyoriy hujjatlar asosida universitet xodimlarining statistik xisobotini tayyorlash;
• Mehnat daftarchalarini yurgizishni Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisobini olib borishni nazorat qilish;
• Kadrlar boʼlimi xodimlari ish faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish;
• Shtatlar jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga oʼtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda buyruq loyihasini tayyorlash;
• Xodimlarning mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini universitet kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish;
• Professor-oʼqituvchilar tanlovini tashkil qilish va boʼsh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan oʼtuvchi professor-oʼqituvchilar roʼyxatini shakllantirish;
• Universitetda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnoma va maʼlumotnomalar berish (berish tartibini va unga mutasaddi shaxsni rektor belgilaydi).
• Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar, namunalar asosida talabalarning qabul qilinishi va oʼqitilishi bilan bogʼliq boʼlgan ish yurituv hujjatlarini boʼlim xodimlari tomonidan yuritilishini nazorat qilish;

Bilishi kerak:
Boʼlim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hayʼat qarorlari, buyruqlari, Institut rektori buyruqlarining mohiyatini.

Malaka talablari:
• Oliy taʼlim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʼlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, taʼlim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʼnikmalarga;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlari;
• Oliy maʼlumot;
• Boʼlim yoʼnalishi boʼyicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʼlishi zarur.

Klassifikator boʼyicha:
T/r Lavozim nomi MMSK boʼyicha kod Xodimlar toifasi Maʼlumotining eng past darajasi OʼMKTMTYKM va OTYMK boʼyicha kodi
2055 Boʼlim boshligʼi 1229 B Oliy maʼlumot Bilimlarning qoʼllanish sohasiga koʼra

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali