Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Xalqaro hamkorlik bo`limi

 

Xalqaro hamkorlik bo`limi boshlig`i

G’aniyeva Shaxlo Abduqahhor Qizi

Telefon nomer : +99897 799 95 01

E-mail : tdpukesh@mail.ru

Qabul kunlari : Dushanba, Payshanba (14:00-15:00)

 

 Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iktisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.

Xalqaro aloqalar bo‘limining vazifalari

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Xalqaro hamkorlik bo‘limi to‘g‘risidagi

NIZOM

  1. UMUMIY QOIDALAR
  • Shahrisabz pedagogika institutining Xalqaro hamkorlik bo’limi (XHB) Shahrisabz pedagogika institutining tizimli bo’linmasi hisoblanadi.
  • Ushbu Nizom XH bo’limining faoliyatini boshqaradi, uning vazifalarini, haq- huquqlarini, majburiyatlarini aniqlab beradi.
  • Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida PF-5349-sonli Farmoni, 2018 yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish” to‘g‘risidagi PF-3549 sonli qaroriga muvofiq Xalqaro hamkorlik yo‘nalishini optimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
  • XH bo’limi to‘g‘risidagi ushbu Nizom, unga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar institut direktorining buyrug’iga asosan Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
  1. XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMINING MAQSADI VA VAZIFALARI
  • Xorijiy universitet va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash va shu shartnomalar asosida o‘zaro do‘stona va samarali almashinuv ishlarini yo’lga qo‘yish Shahrisabz pedagogika instituti jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini ta’minlash.
  • Xalqaro hamjamiyatida o‘zining obro‘-e’tiborini mustahkamlash.
  • XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMINING TARKIBIY TUZILISHI
  • Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Shahrisabz pedagogika instituti rektori tavsiyasiga binoan tayinlanadi va institut rektori buyrug’iga asosan lavozimidan ozod etiladi.
  • Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Shahrisabz pedagogika instituti rektoriga bo‘ysunadi hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha rektor o‘rinbosari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
  • Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i bo’lim faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Nizomda ko‘rsatilgan vazifalar bo‘yicha yuritadi, bo’limning ishlarini tashkillashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek institut rahbari tomonidan berilgan buyruq, topshiriq, ko‘rsatmalarni, hamda kengash tomonidan chiqarilgan qarorlarni bajarilishini ta’minlaydi.
  • XH bo’lim boshlig’i quyidagi vazifalarni to’liq va sifatli qilib bajarishga mas’uldir: Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i bo’lim Nizomida ko‘rsatilgan vazifalar, institut

rahbari tomonidan berilgan qarorlarning bajarilishini to’liq hajmda, hamda berilgan muddatdan kechikirmasdan bajarilishini ta’minlashga;

  • Institut rahbariyatiga taqdim etilayotgan ma’lumotlarni ishonchliligini ta’minlashga;
  • Bo‘limda hujjatlarning saqlanishi va bo‘lim tomonidan boshqariladigan hujjatlar hamda ma’lumotlarni oshkor etmaslik.
  • XH bo‘lim boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:
  • XHB boshlig‘i bo‘lim xodimlarining vazifalar yo‘riqnomasidan kelib chiqib bajarayotgan ishlarini to‘liq hajmda bajarilishini talab qilish;
  • XHB boshlig‘i bo‘lim xodimlariga institut Nizomiga bo‘yso’nish, institut rahbari tomonidan berilgan buyruq, topshiriq, ko‘rsatmalami bajarish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash;
  • XH bo‘limi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun SHDPI Xalqaro aloqa bo’limi rahbariyatidan xalqaro hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda kerak bo’ladigan dastur va loyihalarni rasmiy so‘rab olish.
  • Rektorning hamda kengashning XHB faoliyatini amalga oshiruvchi dastur va loyihalarni takomillashtirilishiga yo‘naltirilgan qaror va ko‘rsatmalarini bajarilishining nazoratini ta’minlash;
  • XHB xodimlarining ish majburiyatlari lavozim yo‘riqnomasi bo‘yicha aniqlanadi.
  1. IV. XALQARO HAMKORLIK BO’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI
  • Institutda XHning barcha shakllarini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi. Xalqaro hamkorlik jabhasiga tegishli bo’lgan bitim, kelishuv dasturlarini tayyorlaydi.
  • Ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, moddiy texnika bazasini yanada

takomillashtirish uchun, institutning obro‘-e’tiborini qo’llab quvvatlash maqsadida, jahon hamjamiyatida nufuzli o‘rinlarda bo’lgan OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatishga yordam beradi.

  • Xalqaro hamkorlik ishlarinining rivojlanishiga o‘z tashabbuslari bilan hissa qo‘shgan institutning fakultet, kafedra professor-o‘qituvchilariga hamda bo’lim xodimlariga yordam berishni tashkillashtiradi.
  • Xorijiy universitet va tashkilotlardan keluvchi deligatsiyalarni rahbariyat orqali qabul qiladi, hisobga oladi va ro’yxatdan o‘tkazadi. Xorijiy talabalarni hisobga oladi va ro‘yxatdan o‘tkazadi.
  • XH bo’limi faoliyatini halqaro axborot bilan ta’minlash. XH grantlari, tanlovlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, rahbariyatga taqdim etish va tarqatish ishlarini tashkillashtiradi.
  • Xalqaro hamkorlikning ilmiy va ta’lim dasturlarini amalga oshirishni yo’lga qo‘yish bo‘yicha institut kafedra va bo’limlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
  • Xorijiy OTMlar manfaatdor shaxslari va tashkilotlar bilan xalqaro yozishmalarni amalga oshiradi, institutga kelgan Xorijiy hamkorlik xatlarni, yozishmalarni ko‘rib chiqadi.
  • Institutning pedagogik kadrlar, hamda talabalar tarkibini, xalqaro faoliyatning turli jabhalari, jumladan tilni o‘rganish bo‘yicha ham chet elga malaka oshirishlarini tashkil etishni ta’minlash.
  • Institut XHB faoliyatini tashkil etishni tartibga soluvchi normativ hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlaydi.
  1. XHB HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

     Xalqaro xamkorlik bo’limi zimmasidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi huquqlarga ega:

  • Yuqori tashkilotlardan kelayotgan qaror, Farmoyish, buyruqlar bilan tanishish va ulaming ijrosini ta’minlash, bo‘limning ish faoliyatiga taalluqli bo‘lgan zaruriy ma’lumot va hujjatlar bilan tanishish va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlab borish.
  • XHB faoliyatini institutning o‘quv bo‘limi va boshqa bo’limlari bilan hamkorlikda, institut boshqaruvi tartib qoidalariga, tashkiliy-huquqiy va me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshirish.
  • XHB faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun belgilangan tartibda institut va uning tarkibiy bo‘lim, fakultet, kafedralari tomonidan barcha kerakli hujjatlarini qabul qilish.
  • Institut XH bo‘limining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan yig‘ilish, majlislarning o‘tkazilishini tashkillashtirish va ishtirok etish.
  • XH Bo‘limning ish faoliyatini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflarni institut direktoriga taqdim etish.
  • O‘z vakolatlari doirasida tegishli davlat organlari, elchixonalar, ta’lim muassasalari, korxonalar, fondlar va xorijiy OTM va tashkilotlar vakillari bilan xalqaro hamkorlik masalalarini, ular bilan muzokaralar o‘tkazish va yozishmalarini muhokama qilish.
  • Institut direktoridan lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifalarni bajarishda yordam so‘rash.
  • O‘zining vakolati doirasida bo‘lgan barcha hujjatlar bilan tanishish va imzolash.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali