Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va marifat bo`limi

 

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va marifat bo`lim boshlig`i

Berdiyev Azamat Axmatovich

Telefon nomer : 906076972

E-mail : berdiyev_72@mail.ru

Qabul kunlari : Dushanba-Juma

BО‘LIM FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar mazmunini talabalar va professor-o‘qituvchilar ongiga yetkazishni amalga oshirish;

Mustaqil dunyoqarshga ega bo‘lgan, ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri asosida yashaydigan, vatanparvar, insonparvar, milliy o‘zligini anglaydigan, milliy g‘urur va o‘z millatiga sadoqatli bo‘lishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shavqat, poklik va halolik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan va ularga hayotda amal qiladigan, ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat, bag‘ri keng, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amalda ajrata oladigan shaxsni shakllantirishga ko‘maklashish;

Vatan mustaqilligiga tahdid soladigan ekstremistik oqimlar, har xil buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirish, bu borada psixologik texnologiyalarga asoslangan tizimni yaratish va takomillashtirish tadbirlarini olib borish;

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­5 ta muhim tashabbus  bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

Talabalarning ma’naviy-ahloqiy saviyasi va madaniy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida davriy ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va monitoring olib borish;

Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

Talabalarning siyosiy madaniyati, dunyoqarashi, ma’naviyati, siyosiy etukligi, axloqiy barkamolligi va ijtimoiy faolligini shakllantirish, ularni Vatanga, xalq va millatga yuksak mehr-muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan ehtirom ruhida tarbiyalash, erkin, mustaqil, ijodiy fikrlaydigan komil inson etib tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan filial rahbarlarining amaliy uchrashuvlarini tashkil qilish, talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-ijodiy mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlar, bayram kechalari tashkil qilish va o‘tkazish;

ShDPI talaba-yoshlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, turli yo‘nalishdagi badiiy-ijodiy to‘garaklar,  san’at va teatr jamoalari tuzish hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Respublika, viloyat va shahar miqyosida o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash;

ShDPI miqyosida turli ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-ijodiy, sport-sog‘lomlashtirish mavzularida konkurslar, festivallar, ko‘rik-tanlov va musobaqalar tashkil qilish;

SHDPIda ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalariga oid boshqa vazifalarni bajarish.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali