Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Geografiya kafedrasi

 

      Fayzullayev Maqsud Abdullayevich

      Geografiya kafedrasi mudiri,

      geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.

      Telefon:  95-772-10-01

      E-mail: strongwill001@mail.ru

      Qabul kunlari: Har kuni (15:00 -17:00)

 

 Mehnat faoliyati

1993-1998 yy. - Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) talabasi

1999-2000 yy. - Qashqadaryo viloyati Nishon tumani 5-o‘rta maktab geografiya o‘qituvchisi

2000-2005 yy. - Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 17-o‘rta maktab geografiya o‘qituvchisi

2005-2010 yy. - Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi o‘qituvchisi

2010-2013 yy. - Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

2014-2016 yy. - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi

2017-2018 yy. - Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

2018-2021 yy. – Qarshi davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

2021-2022 yy. - Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

2022y. – Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti

2023-y 5-dekabrdan h.v. Shahrisabz davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi mudiri

Geografiya kafedrasi tarixi;

Geografiya kafedrasi 2023-yil 5-dekabrdan alohida kafedra sifatida faoliyat yuritmoqda. Kafedra mudiri geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Fayzullayev Maqsud Abdullayevich.

|Kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda: g.f.f.d., dots. M.Fayzullayev, g.f.n., dots v.v.b. I.Jonqobilov, g.f.f.d., dots v.v.b. X.M.Boyqobilov, o’qit. D.Olimova, o’qit. L.Xudoyorov, o’qit. N.Suyarqulov, o’qit. N.Nurmatov, o’qit. Sh.Mavlonov, o’qit. S.Normatov, o’qit. D.Davlatova, i.f.f.d. N.Qudratov, o’qit. Sh.Ruziyev.

Kafedrada 4 nafar professor-o’qituvchi ilmiy darajali bo’lib, keyingi yillarda yosh o’qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi uchun salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Ilmiy faoliyat

Kafedrada 11.00.01-Tabiiy geografiya, 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 13.00.02 - Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisliklari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Umumiy o'rta, o'rta maxsus, oliy ta'lim va malaka oshirish kurslari uchun o'quv, o'quv-metodik, darsliklar va elektron darsliklar yaratish, ilmiy maqolalar nashr qilish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o`tkazish kafedraning asosiy ilmiy faoliyatidagi vazifalari hisoblanadi. Bundan tashqari ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqishga joriy etishga ko`maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash bo’yicha amaliy va ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Ta'lim faoliyati

"Geografiya" kafedrasida 60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.

Bitiruvchilar ishlashi mumkin bo’lgan sohalar:

• umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida Geografiya va iqtisod fanlaridan o’rnatilgan tartibda dasr berish.

• umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaidan tashqari muassasalarda tarbiyachi bolib ishlash;

• ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;

• tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarda kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash;

• o’rta, o’rta-maxsus , kasb-hunar ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ishlash.

Kafedraning o'quv faoliyati quyidagilardan iborat:

- ta'lim yo`nalishi bo`yicha davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta`lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo`yicha o`quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o`quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o`quv, uslubiy va ko`rgazmali qo`llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o`quv qo`llanma va o`quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish.

ILMIY SEMINAR VA TO`GARAKLAR

"YOSH GEOGRAF" ilmiy to'garagi.

Maqsad: Talabalarni ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy anjumanlar ishida ishtirok etishi, ilmiy-metodik ishlar tanlovi va ko`riklarida ishtirok etish, nomdor stipendiyalar tanlovida, magistraturaga kirish uchun imtiyozli tavsiyadan foydalanish hamda Respublika va universitet axborot resurs markazlari fondlaridan foydalanishda imtiyozlarga ega bo`lishdan iborat.


ILMIY SEMINAR

Maqsad: ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo`yicha doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta`lim hujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo`yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etishdan iborat.

Kafedra a’zolari tomonidan olib borilgan ilmiy hamkorlik ishlari: Kafedra bir qancha xorijiy va  OTM lar va ilmiy tekshirish institutlari bilan xamkorlik ishlarini olib bormoqda. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Tojikiston OTM lari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Kafedra professor - o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv-qo‘llanma va monografiyalar:

Fayzullayev M.A. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma. 2023 y.

Fayzullayev M.A. Jahon xo’jaligi geografiyasi. Darslik. 2023 y.

Eshboyev B.T., Baykabilov X.M. Toponimika. O’quv qo’llanma. 2023 y.

Oʼqitiladigan fanlar:

• Geografiya oʼqitish nazariyasi va metodikasi

• Umumiy tabiiy geografiya

• Gidrologiya va iqlimshunoslik

• Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

• Geomorfologiya va geologiya asoslari

• Topografiya, kartografiya va GIS

• Shaharlar geografiyasi va geourbanistika

• Tuproqlar geografiyasi

• Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi

• Oʼrta Osiyo tabiiy geografiyasi

• Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi

• Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi

• Oʼzbekiston geografiyasi

• Landshaftshunoslik

• Jahon geografiyasi

• Аholi geografiyasi va demografiya asoslari

• Qashqadaryo geografiyasi

• Geoekologiya va landshaft ekologiyasi

• Biogeografiya

• Toponimika

• Oʼlkashunoslik

• Geografiyaning asosiy muammolari

• Turizm va rekreatsion geografiya

• Transport, sanoat va qishloq xoʼjalik geografiyasi

 

 

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali