Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Informatika va uni o'qitish metodikasi

 

“Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, i.f.f.d.(PhD)

    Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

    Telefon: (+99897) 967-02-03

    Elektron manzili:   farruxqodirov0902@gmail.com

    Qabul kunlari: Har kuni (09:00 – 16:00)

 

BIOGRAFIYA

2015-2019 yy. -     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari  

                               universiteti Qarshi filiali talabasi

2019-2020 yy. -     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari  

                               universiteti Qarshi filiali Magistranti

2020-2021 yy. -     TATU Qarshi filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi stajyor o‘qituvchisi

2021-2023 yy. -     TATU Qarshi filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti

2023 yil 04.09 dan 2023 yil 29.12 gacha - Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti “Kompyuter  

                               tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

2024y.- h.v.         Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti “Informatika va uni o‘qitish       

                                metodikasi” kafedrasi mudiri

 

KAFEDRA TARIXI

Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi 2024 yil 3yanvarda tashkil topgan.

2021-yilda Qarshi davlat universiteti pedagogika institutida Informatika hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Matematika va informatika yo‘nalishiga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia texnologiyalari, robototexnika, dasturlash tillari, kompyuter texnologiyalarini yanada chuqurlashtirib o‘tish uchun Matematika va informatika kafedrasi bazasidan Informatika va uni o‘qitish metodikasikafedrasi mustaqil kafedra sifatida 2024-yil 3-yanvarda ajralib chiqdi.

Kafedrada 2024-yildan i.f.f.d PhD, F.E.Qodirov kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedrada 1 nafar iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 2 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent o‘qituvchi va 1 nafar stajyor o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedra Respublikada bo‘lib o‘tayotgan va tashkil etilayotgan innovatsion haftaliklarda, IT loyihalarda hamda turli xil IT tadbirlarda va ilmiy va amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra Respublikamizdagi qator oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zDJTU va SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

 

KAFEDRA TARKIBI

Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasida jami professor-o‘qituvchilar 14 nafarni tashkil etadi. Asosiy shtatda – 13 nafar. Ichki o‘rindoshlar–1 nafar. Kafedraning ilmiy salohiyati 7.14%. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi

1.      Qodirov Farrux Ergash o‘g’li                                   – kafedra mudiri, i.f.f.d. (PhD)

2.      Yaxyoxonova Muhiba Maxmudjonovna                  – katta o‘qituvchi

3.      Normurodova Sadoqat Xoliqulovna                         katta o‘qituvchi

4.      Kodirov Akbar Shuxratovich                                    – assistent o‘qituvchi

5.      Rahmatov Sherquzi Olimovich                                 – assistent o‘qituvchi

6.      Vasiyeva Dilfuza Dilshod qizi                                   assistent o‘qituvchi

7.      Tursunova Luiza Komilovna                                    – assistent o‘qituvchi

8.      O‘ktamov Madad O‘ktamovich                                – assistent o‘qituvchi

9.      Musurmonov Shaxboz Usmon o‘gli                         – assistent o‘qituvchi

10.  Jurayev Suxrobjon Saloxiddin o‘gli                          assistent o‘qituvchi

11.  Aliqulov Shukrullo Fayzullo o‘gli                            assistent o‘qituvchi

12.  Shamsiddinov G‘iyos Xusniddin o‘g‘li                    – stajyor o‘qituvchi

13.  Jurayeva Feruza Baxtiyor qizi                                  – assistent o‘qituvchi

14.  Berdiyeva Gulnoza Rizoqulovna                              assistent o‘qituvchi

 

Kafedra dars o‘tadigan ta’lim yo‘nalishlari: Kafedra professor-o‘qituvchilari Tillar va Pedagogika fakultetlarining 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim,  60112200 - Jismoniy madaniyat, 60112300 - Texnologik ta’lim, 60110600 - Matematika va informatika, 60110200 - Maktabgacha ta’lim , 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 60110100 - Pedagogika va psixologiya, 5110200 - Fizika va astronomiya, 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 60111300 - Musiqa ta’limi, 60110100 - Pedagogika, 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60110900 - Biologiya, 60111100 - Tarix, 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti, 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi, kechgi va sirtqi ta’lim talabalariga dars o‘tib kelmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

BAKALAVRIYAT

Dasturiy vositalarni yaratish texnologiyalari

Dasturlash tillari 1

Dasturlash tillari 2

Informatika va raqamli texnologiyalar

Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish

Kompyuter ta’minoti

Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti

Ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari

Mediasavodxonlik va axborot madaniyati

Pedagogik amaliyot

Pedagogik dasturiy vositalar

Ta’limda axborot texnologiyalari

TF: Axborot tizimlari  Axborot xavfsizligi

TF: Kompyuter arxitekturasi Tarmoq texnologiyalari

TF: Mobil texnologiyalari Office dasturlari

TF: Tarmoq texnologiyalari Multimediya texnologiyalari

TF: Web dasturlash asoslari Axborot xavfsizligi

TF: Web texnologiyalari Axborot xavfsizligi

TF: Web texnologiyalari

TF: Xalqaro baholash tadqiqotlari (TIMS, PISA, TALIS)

TF: Zamonaviy dasturlash tillari

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar

Professor-o‘qituvchining FISH.

Lavozimi

Ilmiy ish mavzusi

Ilmiy rahbari

1

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

i.f.f.d PhD Kafedra mudiri

Hududlarda tumanlararo ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)

i.f.d, professor

Muxitdinov Xudayar Suyunovich

2

Yaxiyaxonova Muhiba Maxmudjonovna

Katta o‘qituvchi

“Ma’lumotlarni vizuallashtirish orqali oʻquvchilarning ijodiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish usullarini takomillashtirish(1-sinf “Informatika va AT” fanining “Biz olamni qanday anglaymiz” bobi misolida)”

Pedagogika fanlari doktori (DSc) professor

G‘aniyev Abduqahhor Gadoyevich

3

Tursunova Luiza Komilovna

Assitsent o‘qituvchi

“Методика развития профессиональной компетентности студентов на основе технологии Scribing(на примере предмета Применение информационных технологии в профессиональной деятельности”

Dotsent, Marasulova U.N

4

 Berdiyeva Gulnoza Rizoqulovna

Assitsent o‘qituvchi

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini  AKTdan foydalanish asosida kasbiy faoliyatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish

p.f.f.d PhD dotsent: Sh.R.Turdiyev

5

O‘ktamov Madad O‘ktamovich

Assitsent o‘qituvchi

“Pedagogika oliy  ta’lim  muassasalari  talabalarining  informatikadan  axborot-texnologik  kompetentligini  rivojlantirish  metodikasi”  (pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi misolida).

p.f.f.d  (PhD),  dotsent  D.M.Ismoilov

6

Aliqulov Shukrullo Fayzullo o‘gli

Assitsent o‘qituvchi

Multimedia texnologiyalari vositasida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Padagogika ta’lim yo‘nalishi misolida)

p.f.f.d PhD

S.J.To‘rayev

 

Kafedrada tayyorlanadigan ilmiy-uslubiy ishlar

Kafedra 2024 yil 3-yanvarda yangi tashkil etilganligi munosabati bilan 2024-2025 o‘quv yiliga qadar mutaxassislik fanlari bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy uslubiy ishlar tayyorlash va chiqarish reja qilingan.

Kafedra manzili: Pedagogika fakulteti binosi, 410-xona

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali