Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta'lim kafedrasi

 

 

 

    Maktabgacha ta'lim kafedra mudiri 

     Arzikulova Surayyo Fayzullayevna

  • Qabul vaqti: Har hafta juma kuni (09:00-17:00)
  • Telefon:        +998 94 527-70-72
  • Elektron pochta: surayyoarziqulova1972@gmail.com

 

Biografiya

1989- 1993 yy    Toshkent Davlat Pedagogika  instituti   talabasi

1993-2010 yy   Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani 7-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi

2010-2018 yy -Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani 6-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi

2018-2018 yy -Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani Maktabgacha  ta’lim  bo‘limi  Nodavlat MTMlar shu’ba mudiri

2018 -2019 yy Qashqadaryo viloyati,  Shahrisabz tuman  Maktabgacha  ta’lim  bo‘limi  tasarrufidagi  10-maktabgacha ta’lim  muassasasi  tarbiyachisi

2019 -2020 yy -Shahrisabz tuman  YATT “ARZIQULOVA   SURAYYO  FAYZULLAYEVNA”   oilaviy nodavlat maktabgacha  ta’lim    muassasasi  rahbari

2020 -2021 yy Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitituti  Shaxrisabz filiali o`qituvchisi     

2021 yil 6 yy : - Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‘ich ta’limmetodikasi kafedrasi o‘qituvchisi  

 2022- 2023 yy  Shahrisabz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’limkafedrasi katta o‘qituvchisi

 2023-yy         Shahrisabz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudirasi 

Maktabgacha ta’lim” kafedrasida jami professor-o‘qituvchilar 27 nafarni tashkil etadi. Asosiy shtatda – 9 nafar. Ichki o‘rindoshlar – 2 nafar. Tashqi o‘rindoshlar – 16 nafar.Soatboy o’qituvchilar -7 nafarni tashkil etadi. Asosiy shtatda ilmiy darajali (fan nomzodi, dotsent) professor-o‘qituvchilar – 2 nafar. Ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ilmiy darajali (fan nomzodi, dotsent) professor-o‘qituvchilar – 1 nafar. Tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ilmiy darajali (fan nomzodi, dotsent) professor-o‘qituvchilar – 7 nafar.

Kafedraning ilmiy salohiyati 11,1%.  Ichki o‘rindoshlar ilmiy salohiyati – 100%. Tashqi o‘rindoshlar – 87,5 %. Soatbay ilmiy darajali professor-o’qituvchilarning 100% ni tashkil qiladi. 

Turli yillarda kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishgan: Kafedraga 2019-2022yillarda Katta o`qituvchi  Z.K.Alimova, 2020-2022 katta o`qituvchi S.F.Arzikulova, 2021-2022 yillarda Katta o`qituvchi M.SH.Alikulova  , 2021-2022 yillarda o`qituvchi  A.T.Kobilova , 2022  yildan o`qituvchi  SH.A.Sattorova , 2021-2022 yillarda o`qituvchi  B.S.Ashirovna ,

2021-2022 yillar o`qituvchi  G.Abdullayevalar faoliyat olib bormoqda .

Kafedraning hozirgi kundagi tarkibi: Pedagogika fanlari bo‘yicha (PhD)v/b dotsent P.M.Imomov kafedra mudiri, Katta o`qituvchi  Z.K.Alimova, katta o`qituvchi S.F.Arzikulova, Katta o`qituvchi M.SH.Alikulova  , o`qituvchi  A.T.Kobilova , o`qituvchi  SH.A.Sattorova , o`qituvchi  B.S.Ashirovna ,o`qituvchi Jabborova Maftuna ,o`qituvchi  G.Abdullayevalar  faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari.  Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari “ Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy,huquqiy,iqtisodiy,madaniy,ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirish innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” nomli ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilmoqda. Kafedraning 7 nafar professor-o‘qituvchisining dissertatsiya mavzusi (9 ta PhD) Institut Kengashidan tasdiqlangan. 2 nafar professor-o‘qituvchining dissertatsiyasi himoyaga tayyor.

Kafedradagi yosh olimlar faoliyati ko‘rsatkichi.

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar mustaqil tadqiqotchilik asosida doktorlik (PhD/DSc)  dissertatsiya ishlari bilan shug‘ullanishmoqda:

- kafedra mudiri M.P.Imomovning ilmiy rahbari TDPU huzuridagi tarmoq markazi direktori, p.f.dok., professor N.A.Muslimov. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi Professional ta`lim muassasalari o`quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish mavzusidagi. 13.00.05 – kasb-hunar ta`limi nazariyasi va metodikasi.

- kafedra katta o‘qituvchisi Alimova Zulfiya Karimovnaning ilmiy rahbari - ShDPI, “Pedagogika” kafedrasi mudiri, DSc, professor Z.T.Raximov. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi “Oliy ta’limni kredit modul tizimi sharoitida talabalar o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirish”. (Maktabgacha ta’lim misolida). 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(PhD).

- kafedra katta o‘qituvchi Arzikulova Surayyo Fayzullaevnaning ilmiy rahbari – ShDPI, “Pedagogika” kafedrasi mudiri, DSc, professor Z.T.Raximov. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi “Kredit modul tizimi sharoitida talabalarning o’z-o’zini personallashtirish metodikasini takomillashtirish”. (Maktabgacha ta’lim misolida). 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(PhD).

- kafedra katta o‘qituvchi Alikulova Muxayyo Sherovnaning ilmiy rahbari – QarDU, “Maktabgacha ta`lim” kafedrasi mudiri,  p.f.n., dots. N.X.Oripova. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi “Oila akseologiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasini modellashtirish tizimini takomillashtirish”. 13.00.08-Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligida(PhD).

- kafedra katta o‘qituvchi Abdullayeva Gavhar Ro‘zimirod qizining ilmiy rahbari – QarDU, “Maktabgacha ta`lim” kafedrasi dotsenti P.f.n. U.LYoziyeva. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi “Boshlang’ich sinfda tabiatshunoslik darslarini adekvat modellashtirish tizimini takomillashtirish”. 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. (PhD).

- kafedra katta o‘qituvchi Ashirova Sojida Baxramovnaning ilmiy rahbari – QarDU, “Maktabgacha ta`lim” kafedrasi dotsenti p.f.n. D.T.Kenjayeva. Doktorlik dissertatsiya ishi mavzusi “Maktabgacha yoshdagi bolalarda pozitiv-kommunikativ sifatlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) (PhD).

Kafedrada faoliyat yuritayotgan ilmiy to’garak va seminarlar:

Kafedrada 2 ta  to`garak faoliyat olib borilmoqda:

  1. “Mohir qo`llar “
  2. “Yosh pedagoglar ”

            Kafedra a’zolari tomonidan olib borilgan ilmiy hamkorlik ishlari:

 2022-yil 6-dekabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika insitutiga Koreyadagi Montessori iqtidorli  bolalar ta’lim muassasasi direktori, KOICA xalqaro tashkilotida 1-darajali Maktabgacha ta’lim mutaxassisi Lee Youngil tashrif buyurdi. Insitutning Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim  kafedrasi o’qituvchilari, bakalavriyat va magistratura talabalari uchun  “Koreyada ta’lim tizimi  va Montissori dasturi” asosida master klass tashkil etildi. Master klass davomida Koreyadagi ta’lim tizimi hamda Montissori dasturi haqida qiziqarli ma’lumtlar berildi. Bundan tashqari master klass qatnashchilari o’zlarini qiztirgan masalalar  yuzasidan  savollar berishdi. Bu jarayonda Lee Youngilga maktabgacha ta’lim 2-bosqich magistranti Qodirova Lobar tarjimonlik qildi.  Master klass davomida Montissori dasturining taqdimoti namoyish etildi va ushbu dastur yuzasidan tushunchalar berildi. Tadbir qatnashchilari QDUda tashkil etilgan Montissori o’quv xonasiga taklif etildi. Tadbir yakunida xorijlik mutaxassis Lee Youngilga  Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri: M.Imomov  tomonidan estalik sovg’alari taqdim etildi. Tashkil etilgan master klassdan barcha qatnashuvchilar ijobiiy ta’surot olishdi. O’zlashtirilgan ma’lumotlar Maktabgacha ta’lim kafedrasi va talabalari o’rtasida ommalashtirilishi maqsad qilib olindi.

Kafedrada olingan patentlar, guvohnomalar, litsenziyalar. 2022 yilida  kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan  quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

- Ashirova Sojida Baxramovna “Maktabgacha yoshdagi bolalarda pozitivlik sifatlarini shakllantiruvchi harakatli” mavzusida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelliktual mulk agentligi № DGU 18569 raqamli mualliflik guvohnomasini;

- Alikulova Muxayyo Sherovna “Oila pedagogikasi” mavzusida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelliktual mulk agentligi № DGU 17947 raqamli mualliflik guvohnomalarini olgan.

Kafedrada ilmiy jurnallar faoliyati, nashr faolligi (ilmiy maqolalar, tezislar, darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, monografiya va boshqa).

 Kafedrada 2022 yilining yanvar-dekabr oylarida 1 ta darslik,  4 ta o’quv qo’llanma, mahalliy OAK ro‘yxati turgan jurnallarda 8 ta, xalqaro jurnallarda 16 ta (barcha ilmiy maqola va tezislar quyida jadval shaklda ko‘rsatilgan), Respublika miqyosidagi konferensiyalarda (tezis)  19 ta, xalqaro konferensiyalarda (tezis) 27 ta maqola chop ettirilgan.

 

Kafedra dars o’tadigan ta’lim yo’nalishlari:  “5111800 – Maktabgacha ta`lim ”, “6011200”– Maktabgacha ta`lim” “70110501- Ta`lim nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta`lim ) ” yo’nalishlariga talabalariga dars o’tib kelmoqdalar.

Kafedra o’tadigan fanlar:

BAKALAVRIYAT:

  • Maktabgacha pedagogika
  • Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish
  • Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari
  • Nutq o’stirish metodikasi va nazariyasi
  • Bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatish
  • Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish
  • Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyasi
  • Xorijda ta’lim tizimi
  • Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash
  • Maktabgacha ta`limda o`yin texnologiyalari
  • Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi
  • Maktabgacha ta’limda bolalar gimnastikasi
  • Maktabgacha ta`limni boshqarishning me`yoriy asoslari

MAGISTRATURA

  •  Maktabgacha ta`limni boshqarishning ilmiy asoslari
  • Xorijda ta`lim tizimi
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Pedagogik Modellashtirish
  • Ta`limda pedagogik o`lchovlar  zamonaviy  test texnoloyilari
  • Oliy ta`limda mutaxassislik  fanlarini o`qitish metodikasi
  • Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik
  •  Pedagogik mahurat
  • Maktabgacha ta`limda innavotsion faoliyat
  • Pedagogik akmiologiya
  • Jadid pedagogikasi

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali