Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Matematika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

 

 
Matematika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

Boqiyev Xushrud Xushvaqtovich

Telefon nomer : 99-330-38-66

E-mail: xushrudboqiyev@gmail.com

Qabul kunlari : Har kuni (8:00 -16:00)

Biografiya

2001-2005 yillar Qarshi davlat universiteti matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabasi;

2005-2012 yillar Shahrisabz tuman 34-maktabda o’qituvchi;

2012-2014 yillar Samarqand davlat universiteti “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi magistri;

2014-2017 yillar Qarshi davlat universiteti “Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim” kafedrasi  assitenti;

2017-2019 yillar TATU Qarshi filialida “Dasturiy injenering” kafedrasi assistenti, katta o’qituvchisi;

2020-2021 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali “Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasi mudiri;

 2021-2022 yillar Qarshi davlat universitetining pedagogika institutining “Tabiiy va aniq fanlar”  kafedrasi mudiri;

2022-yil setntabr oyidan Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Matematika-informatika” kafedrasi mudiri.

SHAHRISABZ PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA  FAKULTETI  “Matematika va informatika”  KAFEDRASI  TO‘G‘RISIDA

MATEMATIKA-INFORMATIKA KAFEDRASI TARIXI

Matematik-informatika kafedrasi dastlab 2020-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filialida “Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasi bo’lib shakllandi. Bu kafedra Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, Biologiya va Fizika kabi fanlardan tarkib topgan. Unda kafedra mudiri X.X.Boqiyev va fan o’qituvchilaridan dots. A.G.G’aniyev, M.Yaxiyaxonova, G.Berdiyeva, Z.Avulova, Z.Murtazayev, Z.Abdunazarova, U.Raximov, Sh.Mirzayeva  va boshqalar mehnat faoliyetlarini olib borishgan.

2021-yil institut nomi Qarshi davlat universitetining pedagogika inistitutiga o’zgarishiga qaramasdan kafedra nomi o’zgarmadi. Kafedra o’qituvchilar safi kengaydi va quyidagi o’qituvchilar safga qo’shildilar: D.Xayrullayev, D.Toshpo’latova, K.Bobomurodov, Sh.Sultonov, K.Negmatova, D.Vasiyeva, A.Qodirov, Sh.Raxmatov va boshqalar.

2022-yil institut nomi Shahrisabz davlat pedagogika instituti nomiga o’zgarishi hamda kafedra o’qituvchilar safi 40 nafardan oshganligi sababli Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi “Tabiiy fanlar” va “Matematika va informatika” kafedralariga bo’lindi.

Bugungi kunda Matematika va informatika kafedrasida jami 21 nafar asosiy va 2 ta o’rindosh matematika va informatika fani o’qituvchilaridan tashkil topgan bo’lib ular xozirgi kunga qadan ish faoliyatlarini davom ettirib kelmoqdalar.

Kafedraning hozirgi kundagi tarkibi: X.X.Boqiyev, M.Yaxiyaxonova, G.Berdiyeva, Sh.Mirzayeva, D.Xayrullayev,  K.Bobomurodov, Sh.Sultonov, K.Negmatova, D.Vasiyeva, A.Kodirov, Sh.Raxmatov, L.Tursunova, S.Jo’rayev, F.Jo’rayeva, Sh.Musurmonov, M.O’ktamov, Sh.Aliqulov, Sh.Umarova, A.Amirov, G.Jovliyeva, D.Hoshimova

Kafedra dars o’tadigan ta’lim yo’nalishlari: Kafedra professor-o’qituvchilari Tillar va Pedagogika fakultetlarining 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim,  60112200 - Jismoniy madaniyat, 60112300 - Texnologik ta’lim, 60110600 - Matematika va informatika, 60110200 - Maktabgacha ta’lim , 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 60110100 - Pedagogika va psixologiya, 5110200 - Fizika va astronomiya, 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 60111300 - Musiqa ta’limi, 60110100 - Pedagogika, 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60110900 - Biologiya, 60111100 - Tarix, 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti, 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi, kechgi va sirtqi ta’lim talabalariga dars o’tib kelmoqdalar.

Kafedra o’tadigan fanlar:

BAKALAVRIYAT:

  • Algebra va sonlar nazariyasi
  • Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash
  • Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi
  • Dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari
  • Differensial tenglamalar
  • Elementar matematika
  • Fizikada axboorot komunikatsiya texnologiyalari
  • Geometriya
  • Informatika o‘qitish metodikasi
  • Informatika va raqamli texnologiyalar
  • Informatikaning nazariy asoslari
  • Kompleks analiz asoslari
  • Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti
  • Ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari
  • Masalalar yechish bo'yicha praktikum
  • Matematik analiz
  • Matematik mantiq va algoritmlar
  • Matematika
  • Matematika o'qitish metodikasi
  • Oliy Matematika
  • Oliy matematika va uni boshlang‘ich ta’limda qo‘llash
  • Ta’limda axborot texnologiyalari
  • Xalqaro baxolash asoslari

 

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali