Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

O'zbek tili va adabiyot kafedrasi

 

O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri.

Bobojonov Sharipboy Xudoshukirovich

Telefon nomer:  +99890-881-05-70

E-mail: sharifboboionov@mail.ru 

Qabul kunlari: Dushanba-shanba  (9-00 11-00)

 

 

ShAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TILLAR FAKULTETI “O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI”

 KAFEDRASI  TO‘G‘RISIDA

NIZOM

         Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunning yangi tahriri (Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan) qonuniga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi  09.02.2003 yildagi №9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan  Nizom hamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 apreldagi № 267 – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibi” ga muvofiq  ishlab chiqildi.

  1. Umumiy qoidalar
  2. “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi ShDP Instituti Tillar fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

 “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi bundan buyon kafedra deb yuritiladi.

  1. Kafedra tarkibiga professor-o‘qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlar hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, injener-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlar kiradi.
  2. Kafedraning professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralida 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
  3. Kafedra o‘quv va ilmiy jarayonlarini ta’minlovchi o‘quv xonalari va ilmiy laboratoriyalar, kabinetlar, o‘quv markazlar va boshqa bo‘linmalariga ega bo‘lishi mumkin.

Umumkasbiy, ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan dars olib boriladigan kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona (tashkilot)lar hududida filiallar  tashkil etishi va ularning moddiy-texnik bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.

Kafedra faoliyati institut va korxona (tashkilot) o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.

  1. Kafedra faoliyati tegishli Nizom asosida tashkil etiladi.
  2. Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish
  3. Kafedra kamida yetti nafar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ularning bir nafari, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori va (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, kamida ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (Rh.D) ga ega bo‘lganda tashkil etiladi.

Bulardan istisno holatlar bo‘yicha kafedralarni tashkil etish bo‘ysunishiga ko‘ra tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

  1. Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita institut direktori (o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari)ga bo‘ysunadi.
  2. Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (Rh.D)ga ega bo‘lgan hamda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi Kengashida tanlovdan o‘tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.
  4. Kafedra mudiri bo‘lmagan vaqtda (ta’til, kasallik, xizmat safari va boshq.) yoki muddatidan oldin lavozimidan ozod etilganda uning vazifalari kafedra jamoasi taklifi asosida fakul’tet dekani yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tavsiyasiga ko‘ra direktor tomonidan tayinlangan shaxsga vaqtincha yuklatiladi.

III. Kafedra mudirining vazifalari

 

  1. Kafedra mudiri:

-bevosita kafedra faoliyatini tashkil etadi;

-institut miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;

-kafedra ish rejasi,  professor-o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;

-kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qiladi;

-ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni o‘rnatadi va muntazam rivojlantirib boradi;

-kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarlarni yangi lavozimga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy  rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi direktoriga takliflar kiritadi;

-institutning tegishli xizmat bo‘linmalari bilan birgalikda o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlash choralarini ko‘radi;

-belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayorlaydi, kengash majlislarida hisobot beradi.

Kafedra mudirining shaxsiy ish rejasi fakultet dekani (yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor) tomonidan tasdiqlanadi.

Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shimcha vazifalar oliy ta’lim muassasasi direktori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.

 

  1. Kafedra faoliyatini tashkil etish

 

  1. Kafedra faoliyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, qamrab olgan istiqbolli va joriy o‘quv yili bo‘yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.

 Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy hujjat hisoblanib, u o‘z ichiga  o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, qamrab oladi.

Professor-o‘qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o‘tish, lavozimlarga tavsiya etish jaryonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilish darajasi asosiy mezonlar hisoblanadi.

  1. Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;

yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning rivojlangan horijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;

turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;

o‘quv adabiyotlarini tayyorlash hamda o‘quv adabiyotlariga xulosalar berish; 

talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

talabalar bilimini xolis va obyektiv baholanishini ta’minlash va nazorat qilish;

iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;

zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh professor-o‘qituvchilarga pedagogik  malaka va ko‘nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;

o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

institut bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;

institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirilib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;

ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama etish;

professor-o‘qituvchilarning tizimli ravishda respublika va horijda malakasini oshirib borishini ta’minlash;

fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi horijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;

tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqishga joriy etishga ko‘maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

         Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shimcha ishlar oliy ta’lim muassasasi direktori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.

  1. Kafedra mudiri:
    • -o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan rahbariyatning qarorlari bilan tanishib chiqish;

-o‘z lavozimiy vazifalaridan kelib chiqib, kafedra ish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga taklif va tavsiyalar berish;

-o‘z majburiyatlarini bajarish jarayonida sodir etilgan xato va kamchiliklar to‘g‘risida fakultet dekaniga ma’lumot berish;

-kafedra professor-o‘qituvchilari va o‘quv-yordamchi xodimlari tarkibidan o‘quv jarayoni bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tushintirish talab qilish;

-o‘z lavozimiy majburiyatlarini bajarish jarayonida universitet va fakultet rahbariyatidan yordam ko‘rsatilishini talab qilish va xokazolar.

  1. Kafedra mudirining majburiyatlari

 

  1. Kafedra mudiri:
  • o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va kafedraning istiqboliy va yillik ish rejalarini tuzish;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarini shtatlar jadvalini shakllantirish;
  • yillik o‘quv yuklamalarini hisob-kitobini va kafedrada proffessor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamalarini to‘g‘ri va bir tekis taqsimlash;
  • kafedrada soatbay fondni ishlatilishini nazorat qilish;
  • malakaviy, o‘quv-tanishuv, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish va ularni bajarilishi ustidan nazorat qilish;
  • talabalarni o‘zlashtirishi (JN, ON va YANlar) bo‘yicha ma’lumotlarni olish va ularni  tahlil qilish;
  • talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va o‘zlashtirishini tahlil qilish;
  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv dasturlarini bajarilishini nazorat qilish;
  • o‘quv jarayoniga tegishli hujjatlarni saqlanishi va zaruriy hujjatlarni tezda taqdim qilishni amalga oshirish;
  • o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha universitet, fakultet Kengashlari qarorlari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining farmoyishlari, hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogrammalarini bajarish;
  • pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda ilmiy-metodik yordam berish;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha rejalarni bajarilishini nazorat qilish;
  • xorijiy ta’lim muassasalarining ish tajribasini yoritib borish, ularning ilg‘or tajribalaridan foydalanish va xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
  • kafedra bilan boshqa oliy o‘quv yurtlari kafedralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hokazolar.
  1. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
  2. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; (elektron papka)
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlari; (elektron papka)
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; (elektron papka)
  5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari; (elektron papka)
  6. OTM direktori buyruqlari; (elektron papka)
  7. Kafedra ish rejalari (o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha);
  8. OTM Kengashi qarorlari;
  9. O‘quv rejalar va o‘quv yuklamalar;
  10. Doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar va magistrantlar bilan ishlash;
  11. Kafedraning hamkorlik aloqalari;
  12. Pedagog xodimlar, o‘quv - yordamchi xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar to‘g‘risida ma’lumot;
  13. Amaliyot;
  14. Bayonnomalar;
  15. Topshiriq va ijro;
  16. Yakunlovchi qoidalar
  1. Mazkur Nizom amaldagi qonunchilik hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganda qayta ishlab chiqiladi.

            Izoh: Ushbu Nizom Shahrisabz davlat pedagogika instituti Kengashining 2022- yil    ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­                         №    - sonli majlisi  qarori bilan tasdiqlangan.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali