Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

San'atshunoslik kafedrasi

 

San'atshunoslik kafedrasi mudiri Ismoilova Mahbuba Ilamanovna Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 

Telefon nomer : 91-643-13-62

E-mail : ismoilovamahbuba33@mail.com 

Qabul kunlari : Har kuni (8:30 -16:00)

Biografiya

1979-1983 yy. - Qarshi davlat pedagogika instituti talabasi

1983-1988 yy. - Qarshi davlat pedagogika instituti musiqa kafedrasi o‘qituvchisi

1988-1992 yy. - Qarshi davlat dagogika instituti musiqa va ashula kafedrasi o‘kituvchisi

1992-1996 yy. - Qarshi davlat universiteti musiqa va ashula kafedrasi o‘kituvchisi

1996-1999 yy. - Qarshi davlat universiteti aspiranti

1999-2007 yy. - Qarshi davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi

2007-2016 yy. - Qarshi davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi

2016-2022 yy. - Qarshi davlat universiteti musiqa ta’limi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi

2022 y.30. 04. -Qarshi davlat universiteti Cholg‘u ijrochiligi va vokal san’ati kafedrasi dotsenti

2022-y 24.10. h.v- Shahrisabz davlat pedagogika instituti San’atshunoslik kafedrasi mudiri

 SAN’ATSHUNOSLIK KAFEDRASI TARIXI

San’atshunoslik kafedrasi Qarshi davlat universiteti Pedagogika Institutida  dastlab tashkil etilgan kafedralardan biri bo‘lib, u 2019-yilda tashkil qilingan. Birinchi kafedra mudiri Homudjonova Feruza Komiljon qizi ish faoliyatini olib borgan. Dastlab kafedra tarkibida Jismoniy tarbiya, Tasviriy san’at, Musiqa ta’limi va Texnologik ta’lim yo‘nalishlari bo‘lgan.

2022-yil sentabr oyida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti-Shahrisabz davlat pedagogika instituti bo‘lib ajralib chiqdi. 2022-yil 24-oktabrdan kafedra tarkibidagi Jismoniy tarbiya yo‘nalishi alohida kafedra bo‘ldi va San’atshunoslik kafedrasi tarkibida  Tasviriy san’at, Musiqa hamda Texnologik ta’lim yo‘nalishlari saqlanib qoldi. Shu kundan boshlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ismoilova Mahbuba Ilamanovna kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraning hozirgi kundagi tarkibi: Kafedra mudiri, p.f.n.,dots. Ismoilova Mahbuba Ilamanovna,  t.f.n. katta o`qituvchilar Ruziev.I.S., A.A.Pulatov, katta o‘qituvchi O.I.Ruzieva, o‘qituvchilar N.M.Azizov, H.I.Tursunov, Q.Q.Vohidov, E.Mirzayev, P.Z.Qurbonov, R.Mardonov, M.Y.Abdullayev, M.E.Haydarova, L.Sh.Xalilov, A.Raxmatov, D.Ergasheva. F.Salomova, N.Suyunov, E.Boymurodov.

Kafedraning ilmiy salohiyati 17% tashkil qiladi.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan ilmiy to‘garaklar va ilmiy seminarlar:

Kafedrada 3 ta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi to‘garaklar tashkil etilgan va hozirda faoliyat olib borilmoqda:

  1. Mohir qo‘llar (rahbar Qurbonov P.)
  2. Fayzinur ansambli(rahbar Tursunov H..)
  3. Yosh duradgorlar (rahbar Mardonov R.
  4. Kesh navolari (rahbar Azizov N..)
  5. Raqs musiqiy ritmik harakatlar(rahbar Ruziyeva O.)
  6. Qalamtasvir (rahbar Haydarova M.)
  7. Nomli to`garaklar yuqorida nomlari keltirilgan o`qituvchilar rahbarligida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ilmiy seminar fakultet bo`yicha tashkil etilgan.

Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv-qo‘llanma va monografiyalar:

  1. I.Ismoilova “Xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish” O‘quv qo‘llanma.Toshkent “Istiqlol” nashriyoti 2006 yil. -136 bet.
  2. I.Ismoilova “Vokal o‘qitish metodikasi” O‘quv qo`llanma Toshkent “Musiqa” nashriyoti 2011 yil -63 bet
  3. I.Ismoilova “Bayramjonim-bayramjon” O‘quv qo‘llanma. Toshkent “Musiqa” nashriyoti 2016 yil -232 bet
  4. I.Ismoilova “Musiqaning elementar nazariyasi” Darslik Nashr etishga tayyorlangan 2023 yil -178 bet
  5. E.Haydarova “Minyatura san’ati” Uslubiy qo‘llanma (Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi oliygoh talabalari uchun).Shahrisabz 2022.
  6. I.Ishmuradova, G.M.Mirzayeva E.M.Mirzayev “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” Darslik Qarshi “Nasaf” NMIU 2021. 344 b.
  7. E.M.Mirzayev “Теоретичискиe основы построение линии взаимного пересечения поверхностей с исползованием новых методов педагогических технологий” Monografiya. Qarshi “Intellekt” nashriyoti 2022.
  8. E.Tashimov, S.R.Zaitov, E.M.Mirzayev “Amaliy geometriya” Nizomiy nomidagi TDPU 2020.
  9. Muhiddin Abdullayev, Husniddin Tursunov “Maktab repertuari” O`quv qo`llanma. Qarshi “Nasaf” NMIU 2022.
  10. Elova Sitora Tursunov Husniddin “Shaxmat saboqlari” O`quv-metodik qo`llanma. Qarshi “Nasaf” NMIU 2022.

Kafedra dars o`tadigan ta’lim yo‘nalishlari: Kafedra professor-o‘qituvchilari Pedagogika fakultetining bakalavr ta’lim yo`nalishi “60111300 –musiqa ta’limi”, “60111200 –Tasviriy san’at va muhandslik grafikasi”, “60112300 – Texnologik ta’lim”, Magistratura yo`nalishi 70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi, 70111201-Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati, 70112301-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) yo‘nalishlariga dars o‘tib kelmoqdalar.

Kafedra  o‘tadigan fanlar:

BAKALAVRIYAT:

  • Musiqa ta’limi yo`nalishi
  • Vokal ijrochiligi.
  • Cholg`u ijrochiligi
  • Xor va xorshunoslik
  • Bolalar musiqa adabiyoti
  • Musiqa tarixi
  • Musiqaning elementar nazariyasi
  • O`zbek xalq musiqa ijodi.
  • Notalashtirish va kompyuter dasturlarida ishlash
  • Maktab repertuari
  • Musiqa to`garaklarini tashkil etish
  • Musiqa o`qitish metodikasi
  • Bolalarning musiqiy ta’limi
  • Maktabgacha musiqiy-estetik ta’lim nazariyasi va metodikasi
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo`nalishi
  • Rangtasvir
  • Qalamtasvir
  • Plakat san’ati
  • Chizmachilik
  • Chizma geometriya
  • Tasviriy san’at tarixi
  • Muhandislik kompyuter grafikasi
  • Perespektiva
  • Haykaltaroshlik
  • Amaliy perespektiva va soyalar nazariyasi
  • Plastik anatomiya
  • Texnologik ta’lim yo`nalishi
  • Texnologiya ta’lim praktikumi
  • Maxsulot tayyorlash texnologiyasi
  • Materialshunoslik va polimer materiallar
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar
  • Polimer materialshunosligi
  • Texnik mexanika
  • Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash
  • Uy ro'zg'or asoslari
  • Texnik ijodkorlik va dizayn
  • Texnologik ta'limda tarbiyaviy ishlar metodikasi

 MAGISTRATURA

  • Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  • Dizayn nazariyasi va tarixi
  • Muhandislik kopyutr dasturlarida zamonaviy loyihalar
  • Yaqqol tasvirlar nazariyasi
  • Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati
  • O`zbekiston san’ati tarixi
  • Akademik rangtasvir
  • Akademik qalamtasvir
  • Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta'lim)
  • Robotexnika asoslari va ularni hayotga tadbiqi
  • Patentshunoslik  letsiziyalash asoslari
  • Xalqaro tadqiqotlar va ta'limda innovatsion texnologiyalar
  • Texnologik ta'lim prognostikasi

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali