Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Axborot resurs markaz

 

Axborot Resurs Markaz direktori

Djabborova Maftuna G'ayrat qizi

Telefon nomer : +998977998353

E-mail : dmaftuna68@gmail.com

Qabul kunlari : Seshanba – Payshanba (14:00-16:00)

 

Axborot-resurs markazining sig‘imi va kerakli badiiy adabiyotlarining mavjudligi

Shahrisabz davlat pedagogika institutining axborot-resurs markazining (ARM) umumiy kitob fondi 1010 nomda 16125 nusxada adabiyotlar fondi mavjud bo‘lib, shulardan o‘zbek (kirill) tilida 220 nomda 4789 nusxada, o‘zbek (lotin) tilida 450 nomda 7985 nusxada, rus tilida 95 nomda, 2996 nusxada, boshqa tillarda 50 nomda 355 nusxada adabiyotlar mavjudligi aniqlandi. Mavjud adabiyotlarning 150 nomda 821 nusxada ilmiy adabiyotlar, 486 nomda 12854 nusxada o‘quv adabiyotlari, 250 nomda 950 nusxada badiiy adabiyotlar, 124 nomda 1500 nusxada siyosiy adabiyotlardan borat.

Fanlarni adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasi 95 % ni tashkil etadi, Elektron darsliklani ta’minlanishi 100 % ni tashkil etadi.

2023-yil 16-sentabrda Institut va PROINFO MCHJ o’rtasida shartnoma tuzildi. Shartnomaga asosan RFID texnologiyalari xarid qilindi va axborot-resurs markaziga o’rnatildi.

Institut axborot-resurs markazi 2023-yil 1-oktabrda IRBIS64+ dasturi ta’minoti ishga tushdi. 250 nomdagi o’quv adabiyotlarning to’liq matni dasturga joylandi. 1-kurs talabalariga ID karta joriy qilindi.

2023-2024 o‘quv yili davomida 72 nomda 5270 nusxadagi yangi adabiyotlar xarid qilindi. Shundan: o‘quv qo‘llanma 35 nomda 2185 nusxa; darsliklar  37 nomda 3085 nusxada.

2023-yilda Respublikada chop etilgan 28 nomda 69 nusxada vaqtli matbuot nashrlariga obuna bo‘lgan. Shundan jurnallar 14 nomda 15 nusxada, gazetalar 14 nomda 54 nusxani tashkil etadi. 

2023-yil 20-avgustda 300 o’ringa mo’ljallangan zamonaviy axborot-resurs markazi binosi foydalanishga topshirildi. Axborot-resurs markazi RFID texnologiyalari, kompyuterlar, tezkor skaner va yumshoq mebillar bilan jihozlangan. WiFi ham mavjud.

Axborot-resurs markazida jami 9118 ta foydalanuvchi mavjud, shundan 8677 nafari bakalavriat, 95 nafari magistratura talabalari, 185 nafari professor-o‘qituvchilar,  161 nafari ishchi-xodimlar tashkil qiladi.

Talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yartilgan. Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i manbalaridan foydalanish imkoni yaratilgan va milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun kitob fondlari, ma’lumotlarning elektron bazalari, internet resurslari orqali zarur darajadagi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Institut Axborot-resurs markazi EBSCO, ProQuest kabi xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga obuna qilingan. Ushbu bazalardan ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan talabalar, magistrlar hamda professor-o‘qituvchilarning foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Institut Axborot-resurs markazi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi avtomatlashtirilgan tizimda xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali