Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MUAMMOLAR, TAHDIDLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Joriy yilning 2-may kuni Institutda “Talabalar xavfsizligi kuni” doirasida "Axborot xavfsizligini ta’minlashda muammolar, tahdidlar va ularning yechimlari" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda Rektor maslahatchisi M.Turayev, profilaktika inspektorlari R.Islamov, G.Muhammadiyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat- ma'rifat bo'limi uslubchisi E.Nuraliyev hamda Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i Sh.Muhammadiyevlar mavzu yuzasidan ma'ruza qildi. 

Ma'ruzalarda axborotlashgan zamonda axborot kommunikasiya texnologiyalariga extiyoj juda yuqori darajadaligi, bunday tezkor axborot almashinuvi davrida axborot xavfsizligini ta’minlash, turli tahdid va hodisalarni oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etishi haqida so'z yuritildi. 

Shuningdek hozirgi kunning dolzarb muammolardan biri bo‘lgan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari bo‘yicha tavsiyalar hamda sohaga doir me’yoriy huquqiy hujjatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.  Tadbir davomida qizg‘in munozaralar olib borildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali