Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

Joriy yilning 3-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida  "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida "Yuzma-yuz" ijodiy kechaning navbatdagi soni o'tkazildi. Tadbirga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo'limi raisi G'ulom Abdiyev, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Davron Sulton, Abdinabi Boboyorov, shoir va yozuvchi Xabib Abdiyev, shoira Munira Muhiddin, shoir va jurnalist Qurbonali Azizov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo'limi bosh mutaxassisi Elboy Qulmonov, TAFU O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi Oydin Rahmatullayeva, Ko'kdala tumani 6-umumta'lim maktabi o'quvchisi Xulkar Abdullayeva, 47-umumta'lim maktabi o'quvchisi Asila G'aniyeva, Tillar fakulteti dekani Ahadxon Muhammadiyev, institutning professor-o'qituvchilari, tyutorlar va ijodkor talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida bayramona kutib olindi.

Yuqori kayfiyatda boshlangan "Yuzma-yuz" loyihasini institut rektori v.v.b. J.Shonazarov ochib berdi va bu kabi tadbirlar Yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashini kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligini haqida to'xtalib o'tdi.

Tadbir davomida "G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi" direktor o'rinbosari, bosh muharrir, shoir va yozuvchi Xabib Abdiyevning "Shamol aytgan qo'shiq" nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Uchrashuvda so‘z olganlar Xabib Abdiyevning ijodiyoti, uni o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni va yosh avlodni vatanparvar etib tarbiyalashda asarlarining ahamiyati haqida to‘xtalib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijodkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va sohadagi islohotlar haqida so‘z yuritdilar. San'atshunoslik kafedrasi o'qituvchisi N.Azizov boshchiligidagi talabalardan iborat "Kesh navolari" ansambli tomonidan ijro etilgan diltortar navolar tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, so'zga chiqqanlar o'z ijod namunalaridan o'qib eshittirishdi. Tadbirda yosh ijodkorlar ham o'zlarining she'riy namunalar o'qib berdi. Tadbir yakunida mehmonlarga Institut tomonidan tashakkurnomalar, o'z suratlari aks etgan portretlar va milliyligimiz an'anasini aks ettiruvchi esdalik sovg'alari topshirildi. 

Yosh ijodkorlar, adabiyotshunos olimlar, yozuvchilar uyushmasining a’zolari, professor-o‘qituvchilar, she’riyatga ixlosmand talabalar, shoirlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etgan ushbu uchrashuv tom ma’noda adabiyot bayramiga aylanib ketdi.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali