Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

INSTITUTDA “KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKASI

Mamalakatimizda  yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalasi – dolzarb vazifaga aylangan. Prezidentimiz yaratgan imtiyozlar asosida endilikda yoshlarimiz ishlash uchun oliy ta’lim muassasasini bitirishni kutmaydilar. Ular o‘qishni tamomlamasdanoq mehnat qilish huquqiga egadirlar.

Shu munosabat bilan ularga yangi imkoniyatlarni taqdim etish, bandligini ta’minlash maqsadida bugun 30-aprel kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida viloyatimizdagi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

Tadbirni o’z kirish so’zi bilan institut rektori v.v.b. J.Shonazarov ochib, talaba-yoshlarni o’zlari qiziqqan kasbni egallash yo’lida ilm olishga, kuchli salohiyat bilan mehnat bozorida munosib o’rin egallashiga chaqirdi. Bitiruvchilarni bugungi kun talabiga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlashda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, ularni sifatli ta’lim olishlari uchun institutda yaratilgan shart-sharoitlar xususida to’xtalib o’tdi.

Ushbu tadbir talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida qator yetakchi ish beruvchi tashkilot, muassasa va idoralar bilan birgalikda talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalariga e'tibor qaratildi.

Bugungi kunda Shahrisabz davlat pedagogika institutida 3 ta fakultet, 16 ta kafedra faoliyat yuritib kelmoqda. Institutda umumiy 8675 nafar talabalar tahsil olmoqda. 2023-2024-o’quv yilida institutda jami 1062 nafar bitiruvchuvchilar bo’lib, shundan 1052 nafar kunduzgi bakalavriat ta’lim shakli talabalari, 10 nafari magistrlardir.

Ushbu tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi bosh boshqarmasining barcha hududiy bo‘limlari hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 6ta tuman va shahar bo‘limlari tomonidan Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlarining maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida  mavjud vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari ro‘yxati bilan  faol ishtirok etdi. Tadbir davomida ish beruvchi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega mutaxassis kadrlar tayyorlash - bosh vazifamiz.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali