SIZ BIZNING FAXRIMIZSIZ!!!
Kuni kecha Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yengil atletika sport turi bo'yicha Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi Hukumova Jonbibi Mahmud qizi faxrli birinchi o'rinni egallab, Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.
Bugun Institutda chempionni tantanali kutib olish marosimi o'tkazildi. Unda Shahrisabz shahar hokimi Sh.Bo'riyev, institut rahbariyati, professor-o'qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbrida so'zga chiqqanlar Jonbibi Hukumovaning muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, bundan ham yuksak marralarga erishishi uchun omad tiladi. Chempionning ustozlariga, ota-onasiga mana shunday farzandni voyaga yetkazib, tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, Institut tomonidan Jonbibi Hukumovaga esdalik sovg'alari topshirildi. Biz siz bilan faxrlanamiz!
Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek "Bizning tanimizda Jaloliddin Manguberdi, bobomiz Amir Temur, Paxlavon Mahmud qoni oqayapdi. Biz shunga munosibmiz va shunga munosiblikni har daqiqada butun dunyo hamjamiyatiga, xalqimizga ham tarannum qilishga shoshilishimiz kerak"
Foydali sahifalar