Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARGA TAYYORGARLIK HOLATI KO'ZDAN KECHIRILDI

Shahrisabz davlat pedagogika institutida joriy yilning 8-iyul kuni kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start beriladi. Bugun Institut rektori Sh.Nematov ijodiy imtihonga tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirdi. Abituriyentlar uchun mazkur imtihonlarda barcha sharoitlar ko'ngildagidek bo'lishi kerakligini alohida ta'kidladi. Mas'ullarga ijodiy imtihonlarni shaffof, xolisona, munosib shaklda o'tkazish borasida zarur tavsiya va ko'rsatmalar berdi. 

Ma'lumot uchun Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2024-yil qabul jarayonlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 60110600 - "Musiqa ta'limi" hamda 60110500 - "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" ta'lim yo'nalishlaridan bo'lib o'tadi. Ijodiy imtihonlar dasturi va baholash mezonini Institutning shdpi.uz saytidan olishingiz mumkin.

Foydali sahifalar