Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

MAʼNAVIY-MAʼRIFIY YOʻNALISHDAGI ISHLARNI TIZIMLI YOʻLGA QOʻYISHDA TYUTORLARNING OʻRNI VA ROLI

Shahrisabz davlat pedagogika institutida tyutorlarining 2023-2024 o'quv yili davomidagi faoliyati tahliliga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi o'tkazildi. Unda institutning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor J.Shonazarov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i A.Berdiyevlar tomonidan tyutorlarning faoliyati tahliliy o'rganildi.

Har bir tyutorlar o'quv yili davomida o'zlariga biriktirilgan talabalar bilan o'tkazgan tadbirlari, ijara xonadonlariga tashriflari umumiy olganda yoshlar bilan ishlash jarayonida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot tarzida ma'lumot berdi. Hisobotlar tinglangach erishilgan yutuqlar bilan birgalikda bir qator mavjud kamchiliklar ham aytib o'tildi. 

Tahliliy tarzda o‘tgan yig'ilishda J.Shonazarov tyutorlarga talabalarning ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazish, yoshlarning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarishda tanlovlar tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbirlarni tizimli ravishda o‘tkazish shartligi kabi qator takliflar berdi. Yig‘ilish so‘ngida tyutorlar oldiga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan taklif va topshiriqlar berildi.

Foydali sahifalar