Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C

SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI RESPUBLIKA YOSH IJODKORLARINING ZOMIN SEMINARIDA ISHTIROK ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilib, bir necha yillardan buyon o‘tkazib kelinayotgan Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari boshlandi. Ushbu ma’rifiy loyiha natijasida xalqimiz orasida bugungi kunda alohida e’tirof etilgan, o‘z muxlislariga ega bo‘lgan ijodkorlar yetishib chiqqani ahamiyatga molik. 

Bu yil ham seminarda qatnashish uchun ko‘plab qalamkashlar orasidan eng iste’dodli yoshlar saralab olindi. Xususan, Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti yetakchisi Sh.Usmonova, ijodkor talabalari D.Shodmonova va R.Luqmonovalar ishtirok etishmoqda. Ijodkorlarni bir joyga jamlagan mazkur seminarda ishtirokchilarning ijodiy intilishlari, mashqlaridan namunalar, rejalariga alohida e’tibor qaratildi. 

 

Foydali sahifalar