Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C

"MA'RIFAT ULASHIB" LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 23-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutiga biriktirilgan Yakkabogʻ tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Institutning Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi N.Bobojonov, Pedagogika fakulteti Yoshlar yetakchisi, "Yuzma-yuz" loyihasi muallifi Sh.Usmonova, Intelektual loyihalar koordinatori N.Raximberganov, "Navoiy" nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, 4-kurs talabasi R.Luqmonovalar va Maktab direktori O.Usmonova, maktab maslahatchisi G.Seytniyazova hamda o'quvchilar ishtirok etdi.

Suhbatda institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud toʻgaraklar, amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida oʻtkazilayotgan tanlov hamda tadbirlar, institutda tahsil olayotgan talabalarning yutuqlari, imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, muloqotda yurt tuyg‘usi, vatanparvarlik, ilm-tarbiya mavzulari doirasida ham so‘z bordi. 

Uchrashuv teran mulohazalarga, o‘zaro savol-javob va dilbar qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Tadbir soʻngida esa kichik semenar mashgʻuloti oʻtkazilib, maktab kutubxonasida Pedagogika fakulteti yetakchisi Sh.Usmonova tomonidan sara adabiyotlar sovgʻa qilindi.

 

Foydali sahifalar