Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

YOSHLAR BAYRAM MUBORAK!

Mamlakatimizda bugun aholining 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Albatta, yoshlar bugun bizning faxrimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz! 

Bugun yoshlarimiz muhtaram Prezidentimizga monand tarzda marrani keng olmoqdalar. Ilmda, sportda, she’riyatda, ijodda va shu kabi boshqa sohalarda yoshlarimiz tom ma’noda o‘zlarini yuksak salohiyatga ega ekanliklarini ko‘rsatib isbot qilib kelmoqda.         

Yoshlarimiz tashabbuskor, shijoatkor, tafakkuri keng. Albatta, ana shunday sifat va tasniflar natijasida yoshlarimiz dunyoda millatimiz nomini keng yoymoqda va yurtimiz bayrog‘ini baland ko'tarmoqda. Ana shunday shijoatli yoshlardan biri kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Mard o'g‘lon” mukofotini olgan institutimiz yosh o‘qituvchisi va tadqiqotchisi Jo‘rayev Suhrob, talabalarimiz avgust oyida Peruda oʻtkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lgan Hukumova Jonbibi, sport ustasi maqomiga ega bo‘lgan Mamedov Shoxrux kabi talabalarimiz institutimizning faxri va iftixoriga aylanishdi. Bugun yoshlarimiz uchun o‘zlarining imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha imkoniyatlar va shart sharoitlar yaratilmoqda. 

Men bugun yoshlarimizga aytmoqchimanki, har bir daqiqadan unumli foydalanish zarur, o‘zimizning ilmimiz bilan, zukkoligimiz bilan Uchinchi renessansga qanot bo‘laylik.  

Hurmatli yoshlar, bugungi bayramingiz, yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Ishlaringizga, o‘qishlaringizga ulkan zafar yor bo‘lsin! Doimo sog‘ va omon bo‘ling!

Hurmat bilan, 
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor 
Jamshid Shonazarov Shuhratovich

Foydali sahifalar