Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"UMUMJAHON PUL HAFTALIGI” (GLOBAL MONEY WEEK) DOIRASIDA TALABALAR UCHUN MAHORAT DARSLARI O‘TKAZILDI

“Global Money Week” –  aholining moliya boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan har yili oʻtkaziladigan global taʼlim kampaniyasi. Ushbu ta'lim dasturida moliyaviy taʼlimning hamda bolalar va yoshlarni moliya sohasiga jalb qilishning muhim ahamiyati toʻgʻrisida so'z yuritiladi.

2024-yil 23-aprel kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Global Money Week” xalqaro ta’lim kompaniyasi tomonidan talabalarni moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida o’quv-seminar tashkil etildi.

Unda raqamli moliyaviy savodxonlik, bank kartalari va moliyaviy xavfsizlik borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarga raqamli moliyaviy xizmatlar, masofaviy bank xizmatlari, jumladan, onlayn kredit, omonatlar, plastik kartalar, mobil ilovalar orqali amalga oshiriladigan raqamli moliyaviy xizmatlar hamda turli moliyaviy firibgarliklarning oldini olish bo‘yicha batafsil maʼlumotlar tushuntirildi.

“Raqamli moliyaviy savodxonlik” mavzusi bo‘yicha turli viktorina va interfaol o‘yinlar o‘tkazilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda tashkilotchilar tomonidan faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Foydali sahifalar

KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
KUTUBXONA TIZIMI unilibrary.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIK MA’LUMOTLARI MILLIY BAZASI
Ta'lim portali
Ta'lim portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali