Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy - tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida maqolalar tanlovi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusidagi tanlovni e'lon qiladi. Tanlovda Shahrisabz davlat pedagogika institutida  tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar ishtirok etishlari mumkin

Tanlov shartlari;
Ishtirokchilar bosh qomusimizda aks etgan moddalar yuzasidan maqola yozishlari va belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim.
Maqolalarga qo‘yilgan asosiy talabalar: 
Maqolalar joriy yilning 5-dekabr kuniga qadar onlayn tarzda quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi: (https:// https://t.me/durdonafaxriddinovna)@ Durdona Faxriddinovna

Tanlov g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Ushbu tanlovda yoziladigan maqolalarga qo‘yilgan talablar:
1. Maqola 3-6 sahifa hajmda, o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin. Maqola MS Word matn muharririda, Times New Roman shriftda, 14 o‘lchamda, 1 intervalda, sahifaning tomonlari, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm joy qoldirgan holda yoziladi.
2. Maqolada keltiriladigan rasmlar, grafiklar sifatli bo‘lishi kerak. Maqola sarlavhasida talabaning familiyasi, ismi, sharifi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.
3. Maqola elektron shaklda mas’ul shaxslar tomonidan elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qilib olinadi va ro‘yxatga olinadi.
4. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda maqola va uning muallifi tanlovdan chetlatiladi.

Foydali sahifalar