Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Marketing bo`limi

 

 

Marketing bo`limi boshlig`i

Qudratov Nurbek Ermatovich

Telefon nomer : 90-517-15-55

E-mail : nurbek.kesh@yandex.ru

Qabul kunlari : Dushanba, juma (9:00-17:00)

 

 

 

ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Barcha turdagi amaliyotlarni ishga yo‘llanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada o‘tashni yo‘lga qo‘yishni tashkillashtirish;

1.     Navbatdagi o‘quv yili uchun malaka amaliyotiga qabul qiluvchi tashkilot bilan shartnomalar tuzish;

2.     Malaka amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha qabul qiluvchi tashkilotlarni rasmiy xat bilan amaliyotni o‘tash to‘g‘risida xabardor qilish;

3.     Malaka amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini o‘rganish, o‘rganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga taqdim etib borish;

4.     Talabalar malaka amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish hamda uni tadbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

5.     Shaxrisabz davlat pedagogika institutida kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish;

6.     Institut bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash;

7.     Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;

8.     Bandlikka ko‘maklashish markazlari va ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning ishga joylashuv jarayoni bo‘yicha monitoring yuritish;

9.     Bitiruvchi talabalarga yirik, o‘rta va kichik davlat va nodavlat korxona va muassasalarida mavjud ish joylari haqida davriy yangilanib boradigan axborot ma’lumotlarini taqdim etib borish;

10.Tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish;

11.Mehnat organlari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida institutda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish;

12.Talabalarni kasbga yo‘naltirish maqsadida ish beruvchilar tomonidan talab etilayotgan bilim, ko‘nikma va malakadan talabalarni xabardor qilib borish;

13.Talabalar uchun kelgusidagi proffessional faoliyatida kasb tanlash, ishga kirishdagi suhbat jarayonida zarur bo‘ladigan tavsiya va vaqt unumdorligini oshiruvchi maslahatlar berib borish, o‘quv seminarlar o‘tkazish hamda kasbiy sinovlar tashkil etish;

14.Talabalarning ishga munosabati va yondashuvini aniqlab beradigan testlar to‘plamini ishlab chiqish.

 

Yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK
2024-12-03
  • 0
  • XALQARO HAMKORLIK

    Foydali sahifalar