Informatika va uni o'qitish metodikasi
Kafedra mudiri i.f.f.d.PhD) Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li Telefon: (+99897) 967-02-03 Elektron manzili: farruxqodirov0902@gmail.com Qabul kunlari: Har kuni (09:00 – 16:00)
|
BIOGRAFIYA
2015-2019 yy. -Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talabasi
2019-2020 yy. -Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Magistranti
2020-2021 yy. - TATU Qarshi filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi
2021-2023 yy. - TATU Qarshi filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti
2023 yil 04.09 dan 2023 yil 29.12 gacha - Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
2024y.- h.v. - Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti “Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri
KAFEDRA TARIXI
“Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi 2024 yil 3 – yanvarda tashkil topgan.
2021-yilda Qarshi davlat universiteti pedagogika institutida Informatika hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Matematika va informatika yo‘nalishiga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia texnologiyalari, robototexnika, dasturlash tillari, kompyuter texnologiyalarini yanada chuqurlashtirib o‘tish uchun Matematika va informatika kafedrasi bazasidan “Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mustaqil kafedra sifatida 2024-yil 3-yanvarda ajralib chiqdi.
Kafedrada 2024-yildan i.f.f.d PhD, F.E.Qodirov kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedrada 1 nafar iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 2 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent o‘qituvchi va 1 nafar stajyor o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Kafedra Respublikada bo‘lib o‘tayotgan va tashkil etilayotgan innovatsion haftaliklarda, IT loyihalarda hamda turli xil IT tadbirlarda va ilmiy va amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra Respublikamizdagi qator oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zDJTU va SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
KAFEDRA TARKIBI
“Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasida jami professor-o‘qituvchilar 14 nafarni tashkil etadi. Asosiy shtatda – 13 nafar. Ichki o‘rindoshlar–1 nafar. Kafedraning ilmiy salohiyati 7.14%.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi
1. Qodirov Farrux Ergash o‘g’li – kafedra mudiri, i.f.f.d. (PhD)
2. Yaxyoxonova Muhiba Maxmudjonovna – katta o‘qituvchi
3. Normurodova Sadoqat Xoliqulovna – katta o‘qituvchi
4. Kodirov Akbar Shuxratovich – assistent o‘qituvchi
5. Rahmatov Sherquzi Olimovich – assistent o‘qituvchi
6. Vasiyeva Dilfuza Dilshod qizi – assistent o‘qituvchi
7. Tursunova Luiza Komilovna – assistent o‘qituvchi
8. O‘ktamov Madad O‘ktamovich – assistent o‘qituvchi
9. Musurmonov Shaxboz Usmon o‘gli – assistent o‘qituvchi
10. Jurayev Suxrobjon Saloxiddin o‘gli – assistent o‘qituvchi
11. Aliqulov Shukrullo Fayzullo o‘gli – assistent o‘qituvchi
12. Shamsiddinov G‘iyos Xusniddin o‘g‘li – stajyor o‘qituvchi
13. Jurayeva Feruza Baxtiyor qizi – assistent o‘qituvchi
14. Berdiyeva Gulnoza Rizoqulovna – assistent o‘qituvchi
Kafedra dars o‘tadigan ta’lim yo‘nalishlari: Kafedra professor-o‘qituvchilari Tillar va Pedagogika fakultetlarining 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim, 60112200 - Jismoniy madaniyat, 60112300 - Texnologik ta’lim, 60110600 - Matematika va informatika, 60110200 - Maktabgacha ta’lim , 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 60110100 - Pedagogika va psixologiya, 5110200 - Fizika va astronomiya, 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 60111300 - Musiqa ta’limi, 60110100 - Pedagogika, 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60110900 - Biologiya, 60111100 - Tarix, 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti, 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi, kechgi va sirtqi ta’lim talabalariga dars o‘tib kelmoqdalar.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
BAKALAVRIYAT
Dasturiy vositalarni yaratish texnologiyalari
Dasturlash tillari 1
Dasturlash tillari 2
Informatika va raqamli texnologiyalar
Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish
Kompyuter ta’minoti
Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti
Ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
Pedagogik amaliyot
Pedagogik dasturiy vositalar
Ta’limda axborot texnologiyalari
TF: Axborot tizimlari Axborot xavfsizligi
TF: Kompyuter arxitekturasi Tarmoq texnologiyalari
TF: Mobil texnologiyalari Office dasturlari
TF: Tarmoq texnologiyalari Multimediya texnologiyalari
TF: Web dasturlash asoslari Axborot xavfsizligi
TF: Web texnologiyalari Axborot xavfsizligi
TF: Web texnologiyalari
TF: Xalqaro baholash tadqiqotlari (TIMS, PISA, TALIS)
TF: Zamonaviy dasturlash tillari
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar
№ |
Professor-o‘qituvchining FISH. |
Lavozimi |
Ilmiy ish mavzusi |
Ilmiy rahbari |
1 |
Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li |
i.f.f.d PhD Kafedra mudiri |
Hududlarda tumanlararo ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida) |
i.f.d, professor Muxitdinov Xudayar Suyunovich |
2 |
Yaxiyaxonova Muhiba Maxmudjonovna |
Katta o‘qituvchi |
“Ma’lumotlarni vizuallashtirish orqali oʻquvchilarning ijodiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish usullarini takomillashtirish(1-sinf “Informatika va AT” fanining “Biz olamni qanday anglaymiz” bobi misolida)” |
Pedagogika fanlari doktori (DSc) professor G‘aniyev Abduqahhor Gadoyevich |
3 |
Tursunova Luiza Komilovna |
Assitsent o‘qituvchi |
“Методика развития профессиональной компетентности студентов на основе технологии Scribing(на примере предмета Применение информационных технологии в профессиональной деятельности” |
Dotsent, Marasulova U.N |
4 |
Assitsent o‘qituvchi |
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini AKTdan foydalanish asosida kasbiy faoliyatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish |
p.f.f.d PhD dotsent: Sh.R.Turdiyev |
|
5 |
Assitsent o‘qituvchi |
“Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining informatikadan axborot-texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” (pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi misolida). |
p.f.f.d (PhD), dotsent D.M.Ismoilov |
|
6 |
Aliqulov Shukrullo Fayzullo o‘gli |
Assitsent o‘qituvchi |
Multimedia texnologiyalari vositasida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (Padagogika ta’lim yo‘nalishi misolida) |
p.f.f.d PhD S.J.To‘rayev |
Kafedrada tayyorlanadigan ilmiy-uslubiy ishlar
Kafedra 2024 yil 3-yanvarda yangi tashkil etilganligi munosabati bilan 2024-2025 o‘quv yiliga qadar mutaxassislik fanlari bo‘yicha
kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy uslubiy ishlar tayyorlash va chiqarish reja qilingan.
Kafedra manzili: Pedagogika fakulteti binosi, 410-xona
Foydali sahifalar