Pedagogika kafedrasi
Kafedra mudiri Soxibov Akram Rustamovich Manzil: Shahrisazb shahri, Shahrisabz ko’chasi 10-uy Pochta indeksi: 181302 Dushanba-Juma: 9-00 - 16-00 Telefon raqam: +998 90 617-99-09 e-mail: akramsoxibov1964@bk.ru Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: rus tili va adabiyoti. Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari nomzodi Ilmiy unvoni: dotsent
|
Soxibov Akram Rustamovich-Kafedra mudiri
1964-yil 23-fevralda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.
1989 -yilda H.Olimjon nomli Qarshi davlat Pedagogika institutini rus tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tugatgan. Diplom bo‘yicha mutaxassisligi:
(PB №855600. 28 -iyun 1989 -yil) rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi kvalifikatsiyasiga ega bo‘lgan.
1996-1999 yillarda Qarshi davlat universitetining Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi asperanti. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Nomzodlik dissertatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2004 -yil 27- maydagi 105/1-sonli bayonnomasiga asosan 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika
fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2006 -yil 30 –mart 123/1-son bayonnomasiga asosan 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha
dotsent ilmiy unvoni berilgan. Umumiy ish staji–43 yil. Pedagogik ish staji–36 yil.
Mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy bosqichlari:
1989-1992- yillar – Qarshi davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilingan.
1994-1996- yillar – Nizomiy nomli TDPI “Odobnoma” kafedrasi stajyor tadqiqotchi
1996-1999- yillar– 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha Qarshi davlat universiteti asperanti.
1999-2001- yillar– Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi
2001-2003 –yillar– Qarshi davlat universiteti Marketing bo‘limi boshlig‘i
2004- yil 27 –may O‘zbekiston Respublikasi OAKning 105/1- son bayonnomasiga asosan Pedagogika fanlari ilmiy darajasi berildi
2004-2005-yillar– Qarshi davlat universiteti maxsus sirtqi fakulteti dekani oʻrinbosari vazifasida ishlagan.
2006-2007- yillar– Pedagogika kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
2006- yil O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2006- yil 30- mart 123/1 –son bayonnomasiga asosan 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berilgan.
2007-2013- yillar– Qarshi davlat universiteti Pedagogika kafedrasi mudiri vazifasiga tayinlangan
2013-2018-yillar– Qarshi davlat universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti lavozimiga oʻtkazilgan
2018 -2023- yillar– Qarshi davlat universiteti Pedagogika kafedrasi mudiri vazifasiga tayinlangan
2023-yil 6-dekabrdan h.v.Shahrisabz davlat pedagogika institute Pedagogika kafedrasi mudiri vazifasiga tayinlangan
A.Soxibov muallifligida 12 ta tayyorlangan metodik tavsiyanoma, uslubiy qo’llanma, uslubiy ko’rsatma, monografiya va darsliklar nashr etilgan. Bugungi kunda oʻz navbatida bu manbalar
magistrlar hamda bakalavr ta'lim yo‘nalishlari talabalarining o‘quv-tarbiya jarayonlarida samarali foydalanib kelmoqdalar. Yaratilgan o‘quv–uslubiy va ilmiy ishlar kurs ishi, bitiruv
malakaviy ishlar hamda magistrlik dissertatsiyalarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. A. Soxibov 130 ta ilmiy-uslubiy, ilmiy maqolalar muallifi. Jumladan uning ilmiy maqolalari
Rossiya, Anglya, Amerika, Finlandiya, Polsha, Chexoslovakiya, Hindiston va bir qancha qator mamlakatlar nufuzli jurnallarida chop etilgan va katta anjumanlarida ma’ruzalar qilingan. O’zbekiston
Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginind dasturiga muvafiq ko’plab xalqaro ilmiy-amaliy konfresiyarni yuqori saviyada o’tazishga muvofiq boʻlgan.
Foydali sahifalar