Ishonch telefon: (75) 522–40–58
Elektron pochta: info@shdpi.uz
16°C
Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Xorijiy til amaliyoti kafedrasi

 

XORIJIY TIL AMALIYOTI

 

 

    

    Kafedra mudiri 

     Tilavov Davronbek Davlat o‘g‘li

    Telefon: +998977158606

    Elektron manzili:  dtilavov14@gmail.com

    Qabul kunlari: Har kuni (09:00 – 17:00)

 

 

    BIOGRAFIYA

2014-2018 yillar O'zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti talabasi
2018-2020 yillar O'zbekiston Davlat Jahon tillar Universiteti magistranti
2020 -2021 Nizimiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Shahrisqbz filiali Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi
2021-2022 yillar Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi
2022-2024 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Xorjiy tillar nazariyasi kafedrasi katta o'qituvchisi 
2024 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Xorjiy til amaliyoti kafedrasi mudiri

KAFEDRA TARIXI

Xorijiy til amaliyoti kafedrasi 2023 yil 1 – dekabrda tashkil topgan. 2021-yilda Qarshi davlat universiteti pedagogika institutida Xorijiy tillardan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili va adabiyoti) yo’nalishiga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish uchun va Respublikamiz janubidagi ilmiy salohiyatni birlashtirish uchun Xorijiy tillar kafedrasi bazasidan Xorijiy til amaliyoti kafedrasi mustaqil kafedra sifatida 2023-yilda ajralib chiqdi.

Kafedraga 2021-yildan PhD, katta o‘qituvchi Z.B.Allayorova mudirlik qilgan.

Kafedrada 1 nafar filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, 2 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent o‘qituvchi va 3 nafar stajyor o’qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedra O‘zbekistondagi Gyote instituti bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ular bilan hamkorlikda tashkil etilgan turli mavzudagi seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra Respublikamizdagi qator oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zDJTU va SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

KAFEDRA TARKIBI

Xorijiy til amaliyoti kafedrasida jami professor-o‘qituvchilar 16 nafarni tashkil etadi. Asosiy shtatda– 15 nafar. Ichki o‘rindoshlar–1 nafar. Kafedraning ilmiy salohiyati 6.2%. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi

1.      Bozorov Orif Chamanovich                               – kafedra mudiri, f.f.f.d. (PhD)

2.      Abdurahmonov Mirshod Olimjon ogli            – katta o‘qituvchi

3.      Pardayev O’tkir Ismatullayevich                        – katta o‘qituvchi

4.      Qilichev Amirxon Raxmatillo o’g’li                  – assistant o‘qituvchi

5.      Qosimov Anvar Bahron ogli                            assistant o‘qituvchi

6.      Temirova Gavhar Temirovna                             – assistant o‘qituvchi

7.      Xolyorov Xolbek Murodovich                           – assistant o‘qituvchi

8.      Ergashev Bunyod Xidirqulovich                         – assistant o‘qituvchi

9.      Eshmuminov Elbek Uktamovich                        assistant o‘qituvchi

10.  Shamsiyev Fazliddin Isomovich                         assistant o‘qituvchi

11.  Rasulova Surayyo Farhod qizi                           – assistant o‘qituvchi

12.  Islomova Zahro Shuhrat qizi                              – assistant o‘qituvchi

13.  Shodiyeva Guzal Baxtiyorovna                           stajyor o‘qituvchi

14.  Avlayorova Gulshoda Ochilboy qizi                  stajyor o‘qituvchi

15.  Hamzayeva Zebo Shuhrat qizi                            stajyor o‘qituvchi

16.  Xamrayeva Charoc Norboyevna                         assistant o‘qituvchi (ichki o‘rindosh)

 Kafedra dars o’tadigan ta’lim yo’nalishlari: Kafedra 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti, 60110200 – Xorijiy til va adabiyoti, 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti, 5111300 –  Ona tili  va adabiyot (Rus tili va adabiyoti o`zga tili guruhlarda), 60112300 – Texnologik ta`lim, Tillar fakultetining 60111700 – Руский язык и литература в иноязычных группах (второе высшее образование), 60112100 – Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq, 60111400 – O`zbek tili va adabiyoti, 60111200 – Tasviriy sa`nat va muhandislik grafiksi, 60111100 – Tarix, 60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 60110900 – Biologiya 60110700 – Fizika va asronomiya, 601106600-Matimatika va informatika, 601105500 – Boshlang`ich ta`lim, 601102200 – Maktabgacha ta`lim, 601101100 – Pedagogika, 60111300 – Musiqa ta`limi professor – o’qituvchilari ta’lim yo’nalishlariga  dars o’tib kelmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

BAKALAVRIYAT

O’qish va yozish amaliyoti

Amaliy ingliz tili

Amaliy tilshunoslik (Roman-german tillari)

Amaliy fonetika

Amaliy nemis tili

Nemis tili amaliy grammatikasi

Mustaqil ta’lim ko’nikmalari

Til ko’nikmalari integratsiyasi

Til aspektlarini o’rgatish amaliyoti kompetensiyasi

Xorijiy tilni intensiv o’qitish

Boshlang’ich sinflarda  chet tili o’qitish  metodikasi

Til aspektlarini o’qitish amaliyoti

Xorijiy til

 

MAGISTRATURA

Xorij tilni intensiv o’qitish.

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

Хорижий тил ўқитиш амалиёти ва методикаси масалалари va Germanistikaning dolzarb muammolari”.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

Kafedra katta o‘qituvchisi  M. Abdurahmonov Qarshi davlat universiteti professori Xujamurod Jabborov ilmiy rahbarligida “Ta’lim tizimiga oid terminlarning lingvistik xususiyatlari (ingliz,rus,o’zbek tillari misolida)” va kafedra assistant o‘qituvchisi Ch. Xamroyeva Qarshi davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Tojiyeva Gulbahor Nomozovna ilmiy rahbarligida “Ingliz va o‘zbek tillarida "sadoqat" konseptining lingvokulturologik tadqiqi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Kafedrada tayyorlanadigan ilmiy-uslubiy ishlar

1.      Bozorov O.Ch. – “Deutsche Grammatik in Übersichten” – o‘quv qo‘llanma

2.      Abdurahmonov M.O., Pardayev O‘.I. – “Chet tili nasariy aspekti 3 kurs talabalari uchun” o‘quv – uslubiy qo‘llanma

 

Kafedra manzili: Tillar fakulteti binosi, 312-xona

 

 

 

 

 

 

 

Foydali sahifalar